O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019


Materiya tushunchasining vujudga kelishi va uning funksiyalari. “



Download 0,96 Mb.
bet48/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Materiya tushunchasining vujudga kelishi va uning funksiyalari. “Materiya” atamasi lotincha materia so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, modda degan manoni anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida “materiya” tushunchasining mazmuni bir necha marta o‘zgargan, tabiatshunoslikning va falsafaning rivojlanishiga muvofiq rivojlangan.
Hamma narsalarning asosi bo‘lgan birinchi modda haqidagi tasavvur materiya bilan bog‘langan. Materiya yuzaga keluvchi hamma narsalarning substrati sifatida namoyon bo‘lgan.
Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari farqlanadi.


Birinchi bosqich antik falsafa davrini qamrab oladi. Falsafa tarixida materiya haqidagi dastlabki tasavvurlar «stixiyali materializm»deb ataladi. Ushbu materializm o‘z rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining Cheksiz rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol deb hisoblaydi va uning sabablarini muayyan moddiy, o‘ziga xos narsadan izlaydi. Antik qarashlarga ko‘ra materiya – jismlar va narsalarning o‘zagini belgilovchi birlamchi materialdir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Fales suv o‘simliklar, hayvonlar va odamlarga zarurligini qayd etib, suvni barcha narsalarning asosi deb elon qilgan. Geraklit Quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olov hamma narsaning asosi deb hisoblagan.
Qadimgi yunon faylasuflari orasida Anaksimandr o‘zining materiya haqidagi fikr-mulohazalari bilan alohida ajralib turadi. Uning uchun materiya yoki birinchi modda sezish mumkin bo‘lgan konkret jism emas, balki ayrim nomuayyan o‘zgaruvchi mohiyatga ega bo‘lgan apeyrondir. Atomistlarda materiya tabaqalashgan substrakt ko‘rinishini kasb etadi.
Materiyaning birinchi ilmiy konsepsiyasini miloddan avvalgi V asrda qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan.



Demokrit barcha narsalar oddiy ajralmas zarralar – atomlardan iborat, degan g‘oyani ilgari surgan. Uning tasavvurida bu zarralar bir-biri bilan to‘qnashib, bir-biriga yopishib va bir-biri bilan birikib, biz ko‘radigan narsalarni hosil qilgan. Narsalarning xossalari pirovard natijada ularni tashkil etuvchi atomlar shakli, kattaligi, o‘zaro joylashuvi va harakatiga bog‘liq. Bu barcha narsalarni tavsiflash va tushuntirishga asos qilib yagona umumiy sxemani – bilish obektining har qanday obektni atomlar birikmasi sifatida aks ettiruvchi modelini olish imkonini beradi. Shunday qilib, antik faylasuflar nuqtai nazaridan, materiya – bu barcha narsalar asosi. Odatda bular qadimgi donishmandlarning farazlari bo‘lgan va ularning materializmi o‘ta sodda xususiyat kasb etgan, chunki nazariy xulosalar borliqni kuzatish natijasi, tabiatni eksperimental o‘rganish mavjud emasligi mahsuli bo‘lgan.
Demokrit, Epikur, Lukretsiy Karning atomistik nazariyasida barcha narsalarning substrati sifatidagi materiya atomlar yig‘indisi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ular shakli, katta-kichikligi, og‘irligiga ko‘ra har xil, lekin bo‘linmas va yo‘q bo‘lmasdir. Obektlarning rang-barangligi atomlar konfiguratsiyasining turliligi bilan izohlanadi.

Materiya falsafiy kategoriyasini ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi. Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari (massa, energiya, ko‘lam) bilan bog‘langan va muayyan turlari (modda, atomlar, korpuskulalar va sh.k.) bilan tenglashtirilgan.
Platonning «Timey» dialogi mazmunidan kelib chiquvchi materiya haqidagi talimot qadimgi yunon falsafasida alohida o‘rin tutadi. Birinchidan, Platon «materiya» tushunchasini ifodalash uchun maxsus atama qo‘llamagan, bu borada tushunish ancha mushkul bo‘lgan «tur» ekani haqidagi ishoradan boshqa aniqroq tushuntirishlar ham bermagan. Ikkinchidan, u har qanday tug‘ilishning «doya»si va «enaga»si bo‘lish materiyaning doimiy vazifasidir, deb hisoblagan. Qaysidir manoda bu asos, lekin shaklsiz asosdir. Hamma narsalarni o‘z ichiga olishi lozim bo‘lgan asos o‘zi har qanday shakldan mahrum bo‘lishi lozim bo‘lganidek, uning vazifasi abadiy yashaydigan barcha mavjud narsalarning shakl-shamoyilini o‘zida aniq va to‘liq mujassamlashtirishdan iborat bo‘lganligi uchun tabiatan har qanday shakldan mahrum bo‘lmog‘i kerak.
Platonning materiya –haqidagi mashhur talimoti o‘zining borliqqa asoslangan mustahkam negizini yo‘qotgan. Uningcha, materiya –tushunchasi aql (demiurg) – birlamchi, sof materiya (etilish joyi va «doya») - ikkilamchi sof materiya (moddiy narsalar) uchligida oraliq o‘rin egallaydi1. Platon doimo mavjud bo‘lgan va hech qachon shakllanmaydigan narsalarni va doimo shakllanuvchi va hech qachon mavjud bo‘lmaydigan narsalarni farqlashga chaqiradi. Uning fikricha, narsalarning ular ichida tug‘iluvchi va o‘lganidan keyin unga qaytuvchi mohiyatini «u» yoki «bu» so‘z bilan ifodalash, shu tariqa ularga barqarorlik hamda muayyanlik baxsh etish mumkin2.
Platon fikriga ko‘ra, borliqning moddiy narsalar dunyosi sifatida shakllanish mexanizmi shundan iboratki, g‘oyaning juda aniq tariflangan birinchi andozasi moddiy borliqdan o‘rin oladi va materiyaga g‘oyalar etiladigan joy, ularning «doya»si va vazifasi bo‘lish majburiyatini yuklaydi. Dunyodagi barcha jarayonlarning maqsadga muvofiqligi haqidagi tasavvur g‘oya va narsalarning o‘zaro bog‘lovchi aloqasi bilan asoslanadi. G‘oya narsalarning Cheksiz hissiy ko‘rinishlarining asosiy manosini belgilovchi asos sifatida va har qanday yakka narsa uchun qonun sifatida tushuniladi.
Platonning muhim, lekin ayni paytda ikkinchi darajali rol o‘ynovchi materiya haqidagi talimoti Aristotelning shu mavzudagi fikr-mulohazalariga bevosita turtki bo‘lgan. Aristotelda «hyule» tushunchasi «morfe» yoki «eydos» («morphe» yoki «eydos») tushunchasi bilan uzviy bog‘liq. Garchi Aristotelning ontologik konsepsiyasida materiya va shaklning dualizmi aniq-ravshan sezilib tursa-da, u hech qachon «hyule»ni mustaqil borliq sifatida tavsiflamagan. Uning fikricha, amalda materiya faqat shakl bilan birikkan ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Materiya «hyule» va «morfe» (shakl) bilan uyg‘unlikda har qanday yuzaga kelish va o‘zgarishning zarur universal negizi hisoblanadi.
Aristotelning materiya haqidagi tasavvuri o‘rta asr falsafasiga ancha o‘zgargan ko‘rinishda o‘tdi. O‘rta asr teologlari Aristotelning ilmiy merosidan foydalanib, uning «morfe» (shakl) haqidagi g‘oyasini o‘zlashtirdilar. Ushbu g‘oya boshqa qarashlardan ustun qo‘yildi, u manaviy asos sifatida qarala boshlandi. Mazkur talqin materiyasiz sof shakllar, chunonchi: xudolar, ruhlar, farishtalar, odamlarning o‘lmas ruhlari mavjudligini elon qilish imkonini berdi. Materiya doimiy, u dunyo yaralgunga qadar ham mavjud bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari suruvchi «dahriylar» haqida malumotlar «cherkov rahnamolari» o‘rtasidagi munozaralar orqali bizgacha etib kelgan bo‘lsa-da, dunyoning moddiyligini o‘rganish bilan bog‘liq muammolar bu davrda ham to‘la-to‘kis barham topmadi. Materiyaning tabiati haqidagi masalada ular bir to‘xtamga kelmagan bo‘lsalar-da, uni echish fanning rivojlanishida muhim rol o‘ynashiga, zero bilish qaysi yo‘ldan rivojlanishi lozimligini belgilashiga ularning ishonchi komil bo‘lgan. Ular avval barcha narsalarning asosi sanalgan materiyaning nimaligini aniqlash va shundan keyingina bunga asoslangan holda ayrim narsalarning kelib chiqishi va xossalarini tushuntirish lozim, deb hisoblaganlar. Jumladan, bu xususda Aristotel shunday deb yozgan: «Avvalo birinchi asos va sababni bilish kerak, zero ular orqali va ularga muvofiq qolgan barcha narsalar anglab etiladi...»1.
Uyg‘onish davri faylasuflari izchil materialistlar bo‘lmasalar-da, o‘rta asrlarning quruq muhokamaga asoslangan, spekulyativ tafakkurini yakdillik bilan inkor etdilar. Mustaqil faol asos sifatidagi shakl g‘oyasi chetga surib qo‘yildi, materiya nafaqat potensial, balki amalda ham mavjud bo‘lgan narsa sifatida tushunila boshlandi. Shunisi ajablanarliki, alximiya sohasidagi eksperimentlar amaliyoti tasirida shakl-materiya mahsuli, degan yondashuv yuzaga keldi. Uyg‘onish davrining Bernardino Telezio, Fransiska Patritsiya, Jordano Bruno kabi faylasuflari ijodida «materiya» tushunchasi yangicha mazmun kasb etdi. Materiyaning yaralishi g‘oyasi inkor etildi, materiya boqiy deb elon qilindi, harakat tabiiy kuchlar tasiri natijasi sifatida tushunila boshlandi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish