O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019


Tariqat — sufiylik yo’li, tarmog’i, bosqichlari. Tasavvuf



Download 0,96 Mb.
bet259/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Tariqat — sufiylik yo’li, tarmog’i, bosqichlari.
Tasavvuf — islomdagi diniy falsafiy oqim. Tasavvuf -oqim va diniy ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko’pgina ichki sabablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neoplotonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo bo’ldi. Tasavvuf uchun vahdoniyat — Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turishi, fano bo’lish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan birlashib ketishi kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini so’fiylar, deb ataganlar va «so’fizm» atamasi shundan paydo bo’lgan. Ilk so’fiylar aholining kambag’al toifasi orasida sh akllangan. Ularning qarashlari istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy tengsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida ham yuzaga kelgan.
Tafakkur shakllari - fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog’lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Tushuncha, hukm(mulohaza), xulosa chiqarish - tafakkur shakllaridir.
Tushuncha – predmetning eng muhim xususiyatni aks ettiruvchi tafakkur shakli.
Uu
Umumbashariy muammolar — jahondagi barcha mamlakatlarga taalluqli muammolar
Urug’, qabila, elat, millat — jamiyat etnik birliklarining shakllari
Usul — o’rganilayotgan ob’ektni tadqiq etish yo’llari va
Utilitarizm — foydalikni aql-odob mezoni deb hisoblaydigan yo’nalish.
Ff
Fazo — narsalarning bir-biridan uzoqligini, ularning ko’lamini, joylashish tartibini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha. Shuningdek, fazo - narsalarning ko’lamini, hajmini, o’zaro joylashish tartibini, uzlukli yoki uzluksizligini ifodalovchi borliqning yashash usullaridan biridir.Fazo va vaqt tushunchalari, ko’p hollarda, forsiy til ta’sirida yozilgan adabiyotlarda makon va zamon deb ham ataladi. Bu tushunchalar fazo va vaqtning tashqi, nisbiy xususiyatlarinigina aks ettiradi, xolos. Fazo narsalar joylashadigan joy ma’nosida, vaqt esa hodisalar bo’lib o’tadigan muddat ma’nosida ishlatiladi.
Falsafa — (yunoncha «fileo» — sevaman va «sofia» —donolik) donolikni sevaman. Tabiat, jamiyat, inson, uning tafakkurida amal qiluvchi eng umumiy qonunlarni o’rganuvchi fandir
Fan — ilmiy bilimlar tizimidir. Fan o’zining ilmiy tushuncha uslublari va metodologiyasiga ega bo’lgan, olamni bilish va o’zlashtirishning maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir. SHuningdek, fan ijtimoiy ong shakllaridan biridir.
Fenomenologiya — «Sof ong» falsafaning predmetini tashkil etadi deb hisoblovchi falsafiy oqim.
Futuvvat — tasavvuf tariqatining bir bo’lagi.
Xx
Xavfsizlik — biror davlatga yoki kimsaga xavf tug’dirmaslik, osoyishtalik holati
Haqiqat — kishilarning tasavvur, tushunchalarining ob’ektiv olamga mos kelishi.
Harakat — borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyatidir. Harakat — narsa va hodisalarning har qanday o’zgarishlarini ifodalovchi tushunchadir. Chunki borliq harakatsiz o’zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.
Hh
Hegel (1770-1831) – nemis klassik falsafasi vakili. Hegel dialektikaning qonunlari va kategoriyalari haqidagi ta’limotni rivojlantirdi. Falsafa tarixida birinchi marta bir tizimga solgan holda dialektik logikaning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi. O’sha davrlarda hukmron bo’lgan metafizik fikrlash uslubini tanqid qildi.
Hukm - predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
Ch
Charvaka — hindcha so’z bo’lib olamning asosini to’rt unsur (tuprok, suv, havo va olov) dan iborat deb qarovchi qadimgi falsafiy ta’limot.
Sh
Shakl – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog’lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va sh akl o’rtasidagi bog’lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish an’anaviy xarakterga ega. Ya’ni, mazmunning o’zgarishi sh aklning o’zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bo’lgan.
shakllarini ifodalovchi tushuncha.
Shariat — (arabcha-to’g’ri yo’l, ilohiy yo’l, qonunchilik) —islom diniy huquq sistemasi. Shariat - Qur’on va sunnadan keyingi muhim manba — shariatdir. Shariat (to’g’ri yo’l, ilohiy yo’l demakdir) — islomda huquqiy, axloqiy me’yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo’nalishlar — sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorlarga oid masalalarda o’zaro farqlanib turadi. Qur’on va hadislarda islomiy ta’limotning asosi bayon qilingan.
Ee
Ekzistentsializm — hozirgi zamon «yashash falsafasi».
Eklektika — narsa va hodisalarning muhim va nomuhim aloqalarini, turli-tuman tomonlarini qo’shib qaraydigan usul.
Eley falsafiy maktabi antik davrning yo’nalishlaridan biridir. Uning namoyandasi Ksenofan (eramizdan avvalgi YI — V asr) shoir va faylasuf bo’lgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy Italiyaga sayohat qilib, umrining so’nggi yillarini Eley shahrida o’tkazgan. Tarixchi Diogen Laertskiyning yozishicha, Ksenofant «Tabiat haqida» asarining muallifidir.
Empirizm — hissiy tajribaning rolini bo’rttirib ko’rsatadigan yo’nalish.
Epikur (341-270 yillar) — qadimgi Yunon mutafakkiri. Demokrit ilgari so’rgan atomchilik ta’limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog’onaga ko’targan va tegishli qarashlar bilan boyitgan faylasuf. Epikur ta’limoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar — bo’linmas, olam — jism va bo’shliqdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni Epikur ikki guruhga bo’lgan.
Qq
Qadriyat - narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo’llanilmasdan, balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini va ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir. Qadriyatlar — inson manfaatlarini ifodalaydigan, shuning uchun ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat hodisalaridir.
Qarama-qarshilik - narsa, voqea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o’zaro munosabatiga aytiladi. Qarama-qarshiliklar o’rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko’p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, me’yoriy o’zgarishlar tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo’lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir.
Qonun -dunyoning mavjudligi botiniy va zohiriy o’zgarishlarning abadiy takrorlanib turishini ifodaloydi.Takrorlanishlar esa o’z mohiyati va xususiyatlarini saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olg’an. Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog’lanishlari, o’zaro aloqalari va munosabatlarining namoyon bo’lishidir.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish