Soxibqiron Amir Temurning «Tuzuklari»da vazirning mansab darajasi amirlik mansabi bilan barobar va hatto bazan undan yuqori roq olinib tariflanadi. «Tuzuklar»ning ikki bobi maxsus vazirlik vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan. Bu boblarning biri «Vazir tutish tuzugi», ikkinchisi «Vazirning xizmat qilish tuzugi» deb nomlanadi.2 Asarning boshqa boblarida ham beklar, amirlar, qozi, mufti, muhtasib, sadr, qozikalon mansablari bilan birga vazir haqida ularning axloqiy xatti harakatlari haqida fikrlar bayon etilgan.
Amir Temur, malumki, barcha davlat xizmatchilarini, jumladan, vazirlarni ham «xavfu rajo» (qo‘rquv va umidvorlik) orasida saqlab yurgan. Sohibqironning bu usuli uning «Tuzuklar»da yaxshi yoritilgan. «YAxshi larning boshini siladim, , munofiqlarni jazoladim», - deydi Temur. Bu usul keyingi temuriy podsholar tomonidan ham davom ettirilgan. Husayn Voiz Koshifiy «Axloqi Muhsiniy» asarida bu usulni «lutf va qahr» deb ataydi: «Bahiman podsho bir hakimdan: «Mulozimlar tarbiyasining asosini nimaga qurish kerak? - deb so‘radi. Hakim javob berib dedikim, ikki narsa (asosiga) qurish kerak: biri lutf va biri qahr. Sulton qahrining asari va lutfi hamisha xodimlariga qaratilgan bo‘lsin. Qahr ostida tutsin, tokim, hovliqib kuchayib ketmasinlar va lutf ko‘rsatib tursinkim, noumid bo‘lmasinlar».1
Xulosa qilib aytganda, axloqning kelib chiqishi haqidagi hamda har bir davrda axloqiy tafakkur taraqqiyoti rivojiga hissa qo‘shgan mutaffakirlar fikrlari hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
XXI asr globallashuv asri bo‘lib, insoniyat tarixiy taraqqiyoti, madaniy merosi, ijtimoiy tuzumi va axloqiy qarashlarida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu jarayon shaxs axloqiy madaniyatining shakllanishida ham namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, oilada voyaga etadigan yosh avlodni yuksak axloqiy ideallar asosida tarbiyalash, uni har tomonlama etuk shaxs bo‘lib etishishini taminlash masalalari dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonining jadal suratlar bilan borishida alohida ahamiyat kasb etayotgan globallashuv har bir davlat, xalq, millat yoki shaxs axloqiga ham yangicha talablarni qo‘ymoqda. O‘zbek millatining urf-odatlari, axloqiy madaniyati va manaviyatiga kirib kelayotgan «go‘zal mahsulotlardan» ehtiyot bo‘lmoq kerak. CHunki, chiroyli ko‘ringan biror buyum, multfilm yoki «ommaviy mahsulot» odamlar qalbi va ongiga tasir etishi, milliy-estetik va axloqiy madaniyatiga putur etkazishi mumkin.
Inson tabiatning bir qismi, demak odamlarning o‘zlari, ularning o‘zaro munosabatlari ham atrof-muhitning bir qismi hisoblanganligi uchun inson salomatligining ijtimoiy ekologik muammosi yuzaga keldi.
XX va XXI asrda erishilgan fan-texnika yutuqlari hozirgi paytda inson va u yashayotgan sayyoraning kelajagiga tahdid solmoqda. Atom, vodorod, neytron bombalari, ballistik raketalar, eng yangi texnikaviy ko‘rsatkichlarga ega qiruvchi, bombardimon harbiy uchoqlar, suv osti va suv usti kemalari, eng YAngi rusmdagi tanklar hamda turli-tuman qurollar hammasi insonni yo‘q qilishga qaratilgan. Ularni ishlab chiqarish korxonalari va sinov maydonlari ekologik buhronlarning manbaidir. Bular bir yoki bir necha mamlakat uchun emas, balki global, umumsayyoraviy falokat hisoblanadi. Ularning oldini olishni faqat bir yo‘l bilan biz yashayotgan texnikaviy muhitda (noosferada) axloqiy muhitni (etosferani) barqaror etish orqali hal qilish mumkin. shuningdek, biologik axloq, ekologik axloq, o‘lim jazosini bekor qilish muammolari ham global tabiatga ega. Akademik A.Pokrovskiyning fikriga ko‘ra: «Hozirgi zamon kishisi hamma vaqt tabiatga nisbatan urush holatida bo‘lib kelgan. Uning halokatli oqibatlari yildan-yilga kuchliroq sezilmoqda. Agar insonning tabiatga munosabat madaniyatini tarbiyalamasak, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin».1 «Malum manoda, ekologik inqiroz, nafaqat energoresurslar kamyobligi, atrof-muhit ifloslanishi emas, balki, eng avvalo, insonning uyg‘onish davridan boshlab, ongli ravishda shakllangan, dunyoga va tabiatga munosabatlari tizimi inqirozidir».2
Bizningcha, noosferada, yuqori da aytganimizdek, inson fikri narsalashadi, o‘z intellektimiz narsalarga aylanib, bizni o‘rab oladi. Insonning ichki tabiati muhit mavqeini egallab, tashqi tabiatga tasir ko‘rsata boshlaydi va ko‘p hollarda bundan eng avvalo insonning o‘zi ozor chekadi. Tafakkur biologik xususiyatga ega bo‘lmagani uchun biologik muhitning o‘rnini egallashga, uni asta-sekin siqib chiqarishga harakat qiladi. Bu harakat malum nuqtadan o‘tganidan so‘ng esa o‘z ijobiy xususiyatini yo‘qota boradi va insoniyat uchun salbiy hodisaga aylana boshlaydi. Atom, vodorod, neytron bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning paydo bo‘lishi atmosferani, olamiy okeanni, Yer osti va Yer usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, hatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib kelmoqda. Hozirgi kunda tirik organizmlarning, o‘simliklarning, hayvonlarning ko‘pgina turlari jisman yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa, joy topolmay, okean bo‘ylab kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki ularning kimsasiz go‘zal orollarga ko‘mib tashlanishi, kislota yomg‘irlarining ko‘payib borishi singari hodisalar bag‘oyat xatarli. Afsuski, inson ko‘ra-bila turib, o‘zi o‘tirgan shohga bolta urishni to‘xtatmayotir.
Nemis olimi V. Derngols kishilarda umuman tabiatga, xususan, suvga nisbatan ekologik va gigienik munosabat madaniyatni shakllantirishni hayotiy zaruriyat tarzida qarab: «Erda suvning tozaligini saqlash - inson qonining sofligini taminlashning zaruriy shartidir... Inson suvni ifloslantirishi bilan o‘z umrini qisqartiradi»,1- degan edi.
Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global manoda, XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig‘lantirishni taqozo etadi. YAni, ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa emas, balki tom manodagi axloqiy muammolar sifatida ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorensning: «YOppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasi uchun asosan sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy to‘poslik aybdordir»3 - degan so‘zlari shu nuqtai nazardan diqqatga sazovordir.
YUqori da aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson o‘zini va o‘z sayyorasini muqarrar halokatdan qutqaraman desa – XXI asrdan boshlab etosfera davriga o‘tishi kerak; axloqiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga erishish mumkin.
Etikaning mezonlari, asosiy tushunchalari va meyorlari jamiyat taraqqiyotining umumiy imkoniyatlari va ehtiyojlari, alohida etnik guruhlar yashayotgan, mehnat qilayotgan joylardagi sharoitlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Ularni biron-bir shaxs yaratmagan, u muayyan ijtimoiy munosabatlarga muvofiq, moddiy va manaviy hayot jarayonida kishilar ijtimoiy turmushining, axloqiy munosabatlarining talablarini birmuncha umumlashgan holda aks ettiradigan axloqiy ong shakllari sifatida vujudga kelgan qonun–qoidalar hisoblanadi. Bular orasida axloqiy tamoyillarning muhim o‘rni bor. Tamoyil “prinsip” lotincha so‘z bo‘lib, “nazariya”, “talimot”, fan uchun asosiy qonun- qoida, inson uchun o‘zi og‘ishmay amal qiladigan qoida, nuqtai nazar, maslak degan manoni anglatadi. Axloqiy kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko‘zga tashlanadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yiladigan talab tarzida namoyon bo‘lib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o‘zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarni belgilab beradi. Natijada, tamoyillar inson xatti-harakatining umumiy yo‘nalishini ko‘rsatgan holda, ko‘pgina axloqiy meyorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Quyida biz ana shulardan ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |