Muammoni aniqlash va echimini asoslashda savol-javobning o‘rni. Inson dunyoqarashini kengaytiruvchi va chuqurlashtiruvchi eng asosiy vositalardan biri - savol-javob (dialog)dir. Savol-javobni tashkil eta bilish insonda voqelikka mos (adekvat) tushunchalarning shakllanishiga, mulohazalarini to‘g‘ri qurishga va xulosa chiqarishga o‘rgatadi.
Savol-javob, dialog erotematik (grek. erotematikos – savol shaklida) mantiqda o‘rganiladi. Savol mantiqiy reallikning o‘ziga xos alohida ko‘rinishidir. Savol berish yani fikrni to‘g‘ri javobga yo‘naltirish sanati - tafakkurlash madaniyatining zaruriy elementidir. Mantiqan to‘g‘ri savollarni qo‘ya bilish aqllilik, farosatlilikning muhim belgisidir. Savol nima? Savol – keng manoda tafakkur shakli bo‘lib, uning yordamida qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun malum turdagi bilimlarning etishmaslik (tanqislik) xolati tilda ifodalanadi.1Inson bilimi predmet va hodisalar haqida avvalgi hosil qilingan mulohazalardan yangi, ularni to‘ldiradigan, kengaytiradigan mulohazalarni yaratishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon malum bir savollarni qo‘yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo‘ladi. Savol so‘roq gap yordamida ifoda qilingani uchun, undagi malumot yakunlanmagan bo‘ladi. Mulohaza va so‘roq gap bilishda turlicha vazifalarni bajaradi. Mulohazaning vazifasi predmet haqidagi mavjud bilimlarni qayd qilishdan iborat bo‘lsa, savol uning yangi xususiyatlari, aloqalarini qidirib topishga, aniqlashga, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Savollar iltimos yoki talab qilib beriladi. Demak, savol avvaldan malum bo‘lgan axborot –asosida qo‘shimcha axborot olish uchun iltimos yoki talabni ifodalovchi nutq shaklidir. Savolda malum bir boshlang‘ich bilim mujassamlangan bo‘ladi, yani savol berish uchun malum bilimga ega bo‘lish talab qilinadi.
Savol va javob insonlarning dialog ko‘rinishidagi muloqat shaklidir.Uning muhim funksiyalaridan biri kommunikativlikdir. Axborotni qidirish vositasi sifatida ham savolning ahamiyati beqiyosdir. Savol bo‘lmasa bilish ham bo‘lmaydi. Lingvistikadan yaxshi malumki, gapning har bir bo‘lagiga nisbatan va umuman gapning o‘ziga nisbatan savol berish mumkin. Masalan, “Professor Azlarov 314- auditoriyada fizikadan 3-kurs talabalariga maruza o‘qiydi.” Ushbu gap bo‘yicha 9ta savol tuzish mumkin. Mantiqda savollarning tasnifi lingvistik tasnifdan farq qiladi. Savollarni chin yoki yolg‘on deb tasniflash mumkin emas. Buning uchun ko‘proq o‘rinli-o‘rinsiz, manoli-manosiz, to‘g‘ri-noto‘g‘ri, to‘liq-to‘liqsiz kabi tasniflardan foydalaniladi.
Mantiqda savollar har xil asoslarga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |