I bob. Globallashuv va ta’lim tizimining g`oyaviy asoslari



Download 78 Kb.
bet1/3
Sana16.01.2022
Hajmi78 Kb.
#374717
  1   2   3
Bog'liq
1 bob


1.BOB. GLOBALLASHUV VA TA’LIM TIZIMINING G`OYAVIY ASOSLARI

1.Globallashuv hamda ta’lim tushunchasining mazmun - mohiyati.

2.Ta’lim tizimining milliy va umuminsoniy tamoyillari.

I. BOB. GLOBALLASHUV VA TA’LIM TIZIMINING G`OYAVIY ASOSLARI

1.1.Globallashuv hamda ta’lim tushunchasining mazmun - mohiyati

Frantsuz faylasufi Rene Dekart “Tushunchalar ma’nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi” – deganida nechog`liq haq ekanini davrning o`zi isbotlab turibdi. Ayni shu ma’noda dastlab biz “globallashuv” tushunchasining istilohiy ma’nosini izohlashga harakat qilamiz. Mazkur atama dastlab 1983 yili amerikalik olim T.Levitt tomonidan «Garvard biznes revьyu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. U yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan1. Ushbu ta’rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tomonlariga e’tibor berilgan. Vaholanki, globallashuv yaxlit jarayonlarni o`z ichiga qamrab oladi. A. Ochildiyevning ta’kidlashicha, “...eng umumiy ma’noda, globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanini anglatadi”2. V. I. Danilov-Danilьyanning fikricha “Globallashuv ko`proq mantiqdan emas, balki tarixiy paradigmadan kelib chiqqan so`zdir. Globallashuv jihatlarining o`zaro aloqadorligining aniq va ravshan tahlili mavjud emas”3. Yuqoridagi ta’riflardan ko`rinadiki, globallashuv jarayoni o`zining murakkabligi va serqirraligi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham S.Otamuratov takidlaganidek, “...globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. Chunki uning makon va zamonda sodir bo`lish xususiyatlari turlicha bo`lib, dunyoning o`zgarishiga o`tkazayotgan ta’sirida ham yangi-yangi imkoniyatlari namoyon bo`lmoqda”4.

Globallashuv sharoitida tashqi aloqalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, har bir shaxsning ma’naviyati va intellektual salohiyatiga yangicha talablar qo`ymoqda. O`z navbatida, O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`laqonli a’zosi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, yuqori bilimli va xalqaro talablarga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda bunday mutaxassislarga bo`lgan talab kelajakda ham oshib boradi. Shu bois yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash, ularni xalqaro mezonlar asosida tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Chunki Islom Karimov ta’kidlaganidek, “...Har qaysi davlat, har qaysi millat – nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda, o`zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir”5.

Globallashuv butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiyalashuv (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Uning asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlar madaniyatining qo`shilishi va yaqinlashuvidir. Bu ob’yektiv jarayon bo`lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Zero biz A.Toynbi ta’biri bilan aytganda, insoniyat,”umumiy uy”, “umumiy taqdir» va umumiy tashvishlar bilan yashashga kiririshayotgan6, bir so`z bilan aytganda globallashuv deb atalayotgan jarayonlar sodir bo`layotgan zamonda yashamoqdamiz.



Shunday ekan, milliy mafkurani takomillashtirish masalasi ham endilikda nafaqat milliy, balki global xarakter ham kasb etadi. Lekin, globallashuv jarayoni N.Jo`rayev7 to`g`ri qayd etganiday, hozircha faqat qandaydir mavhum ijobiy jihatlari bilangina emas, balki ko`proq “hozirgi davr global muammolari”ni vujudga keltirgani bilan xarakterlidir. Ko`pchilik mutafakkirlar bu davrni xatto global kriziz (buxron) davri deb atamoqdalar. “XX asr krizisni kuchli his etish bilan boshlangan edi va shu hissiyot bilan poyoniga yetdi”,8 - deb yozadi, masalan, rus faylasufi S.I.Dudnik. Darhaqiqat, globallashuv zamonaviy jamiyatga ko`plab ijobiy jihatlar olib kirish bilan birga, insoniyat taraqqiyotidagi shunday pallani ham o`zida aks ettiryaptiki, endilikda dunyo xalqlari vujudga kelayotgan muammolarga qarshi yolg`iz kurasha olmaydi, ularni birgalikda hal qilish mumkin.

Globallashuvning salbiy oqibatlari asosan, quyidagi sohalarda namoyon bo`lmoqda: ekologiya, sog`liqni saqlash, demografik, resurslar, axloq, oila, ta’lim-tarbiya, ma’naviy, dunyoqarash va boshqalar shular jumlasidandir. Ayni shu ma’noda bugungi kunda eng yangi fani sinergetika ham shu krizis holatini ifodalash uchun “global bifurkatsiya nuqtasi” degan maxsus yangi tushunchani kiritgani, “katastrofalar nazariyasi”ni ishlab chiqqani bejiz emas. Chunki S.P.Kapitsa, S.P.Kurdyumov, G.G.Malinetskiy ta’kidlaganlaridek, “Olimlar siyosatchilarning qo`liga butun Planetadagi hayotni bir emas, birnecha necha bor yo`q qilish quvvatiga ega bo`la oladigan qurollarni tutqazdilar, vaholanki, kelajakda ularni qanday yo`qotish va nima qilish mumkinligini aniqlashga harakat qilmadilar..., ular energiyaning yangi manba’larini kashf etdilar va emoqdalar, shuning bilan birga radioaktiv chiqindilar va yadroviy terrorizmdan qutilishday juda jiddiy muammolarini ham vujudga keltirdilar..., ular odamlarga antibiotiklarni sovg`a qildilar, ayni paytda, zararli mikroorganizmlarning tabiiy tanlanish jarayonini kuchaytirdilar”9

Oksford universiteti direktori, professor Nik Bostrom bu ishlarning salbiy oqibatlari haqida o`ylab ko`rilmayotgani haqida shunday deydi: “Texnologik progressning tezlashuvi tufayli insoniyat hozir o`z taraqqiyotining keskin burilish nuqtasga katta tezlik bilan yaqinlashib kelayotgan bo`lishining ehtimoli katta. Insoniyatga yaxshi tanish bo`lib qolgan yadroviy xavfu xatar yoniga endilikda nanotizimlar va mashina intellekti kabi sohalarning jadal rivojlana boshlagan texnologiyalari misli ko`rilmagan o`z imkoniyatlari va xatarlari bilan qo`shilmoqda. Bizning kelajagimiz, agar u bor bo`lsa, bizning ana shu jarayonlarga munosabatimizga bog`liq. Hamon biz jadal rivojlanayotgan texnologiyalarga bog`liq ekanmiz, insoniyat jamiyatidan “post-insoniyat” (keyingi insoniyat) jamiyatiga o`tish dinamikasini yaxshi anglab yetishimiz kerak. Ayniqsa tuzoq qayerda joylashganini, muqarrar o`limga olib borishi mumkin bo`lgan yo`llarni payqay bilishimiz zarur.”10

Bir necha yillik tadqiqotlari natijasida A.Chumakov shunday xulosaga keladiki, “Globallashuv ijtimoiy hayotning barcha sohalari, ma’naviy qadriyatlar, dunyoqarash yo`nalishlarini universallashuviga olib kelishi bilan birga, an’anaviylik, o`ziga xoslik va madaniy xilma-xillikning saqlab qolishni istisno qilmaydi”11, - degan. Bunday sharoitda shaxs murakkab ijtimoiy muhit sharoitida faoliyat ko`rsatishga majburdir. Inson o`zi yashayotgan zaminning, undagi tinch va barqaror hayotning mohiyatini to`la anglashi, qadrlashi, ya’ni ijtimoiy muhitning ob’yekti sifatida namoyon bo`lishi kerak. Globallashuv jarayonining hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sabablari xususida birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “...shuni ob’yektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo`shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog`lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”12.

Global miqyosdagi muammolar ilmiy munozaralar predmeti sifatida XX asrning 60-70 yillarida jahon hamjamiyatida jiddiy qiziqish uyg`otgan. 1930 yillarda E.Lerua, Teyyar de Sharden va V.I.Vernadskiylarning nazariyalarida insoniyat hamjamiyatning global mohiyati va uning Yerdagi yashash tarixi uchun mas’uldir, degan fikrlar ilgari surilgan. Keyinchalik bu masalaga e’tibor bir muncha susayganligi ko`zga tashlanadi. Ma’lumki 1970-80 yillarga kelib mazkur masalaga oid tadqiqotlar jonlangan. Bugungi kunda globallashuv jaryonining jadallashuvi o`zaro aloqadorlik va o`zaro ta’sir dialektikasi qonunlari asosida ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga ta’sir o`tkazmoqda, bu o`z navbatida yoshlardagi ijtimoiy mas’ullik jarayoni zamonaviy ilm-fan yutuqlari, texnika-texnologiya, xalqaro axborot almashinuvining jadal rivoji bilan o`zaro aloqadorlikda yuzaga keladi. Shuning uchun ham M.Yoqubova “So`ngi o`n yillikdagi axborot inqilobi, globallashayotgan axborot vositalari, jamiyatni axborotlashtirish jarayonlarini butunlay o`zgartirib yubordi”13 degan xulosaga kelgan edi.

Hozirgi kunda “globalistika” atamasi zamonaviy fan tilining ajralmas qismidir, ammo uning ma’nosi haqida hanuz turlicha fikrlar bildirilmoqda. Ba’zilar bu yangi fan, u hali shakllanish jarayonida, deb ta’kidlasa, boshqalar uni ilmiy bilish integratsiyasi natijasi, deb bilib, o`ziga xos fanlararo tadqiqotlar sohasi, sifatida tan olmoqda14.

Davlatlarning bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy o`sishini ta’minlovchi omillar, aynan ta’lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog`liq. Shu sababli mustaqillikning ilk yillaridanoq iqtisodiyotni tubdan isloh qilish jarayonida ta’lim sohasida jahonda munosib o`rinni egallashga qaratilgan yangi uzluksiz ta’lim tizimini yaratish va rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu borada alohida ahamiyat kasb etadigan siyosiy globallashuv davlatlarning siyosiy tuzilishini, xalqlar va mintaqalar o`rtasidagi siyosiy aloqalarning kengayishini, o`zaro bog`liqligini ifodalaydi va oxir-oqibat, ularning unifikatsiyalashuviga olib keladi. Bunda o`ziga xos siyosiy munosabatlar ko`lamiga ko`ra global va barcha davlatlarning ichki tuzilishi bir tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi. Bu jarayonda milliy davlatchilik suverenitetiga xavf tug`dirishi mumkin bo`lgan bir qancha holatlar mavjud. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

Birinchidan, jahon siyosiy sahnasida transmilliy korporatsiyalar, nodavlat hamda xalqaro tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi qudratli siyosiy sub’yektlar shakllanmoqda. Ular siyosatning an’anaviy sub’yekti — milliy davlatchilik suverenitetining ikkinchi darajaga tushib qolishiga sabab bo`lmoqda.

Ikkinchidan, globallashuv xalqaro huquq asoslariga sezilarli ravishda ta’sir etyapti. Bu esa davlatlarning o`z hududida huquqiy suverenitetidan qisman ayrilishiga olib kelmoqda. Natijada milliy davlatlarning nafaqat tashqi, balki ichki siyosiy masalalarini mustaqil hal etish imkoniyatlari chegaralanmoqda. Muayyan davlatning ichki siyosatini tashkil etadigan muammo (ichki ixtilof, siyosiy kurash, saylov jarayonlari va boshqa) bugungi kunda global ahamiyat kasb etib, boshqa davlatlarning manfaatlariga ham daxl qilmoqda.

Uchinchidan, kishilar ongida davlatchilik suvereniteti asosini tashkil etuvchi hududiy omil globallashuv samarasi o`laroq, o`zining an’anaviy ahamiyatini yo`qotmoqda va tabiiy ravishda davlat hokimiyati mavqeiga ham putur yetmoqda. Boshqacha aytganda, milliy chegaralar tobora shaffoflashib bormoqda.

To`rtinchidan, butun dunyo bo`ylab bir qator g`arb davlatlari rahnamoligida "demokratiyalashuv" jarayoni jadallashmoqda va buning natijasida ayrim davlatlarning o`ziga xos demokratik taraqqiyotiga chetdan kuchli ta’sir o`tkazilyapti. Ya’ni, bu jarayondan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishga urinayotgan globalizm g`oyasi asoschilari boshqa mamlakatlarning siyosiy boshqaruv tizimini o`z qo`llariga olishga urinmoqdalar. Masalan, MDHga a’zo bir qator davlatlarda 2005 -yilda yuz bergan "inqilob"lar, siyosiy globallashuv mahsuli bo`lib, ular ushbu jarayon asoratlarining qanchalar xavfli ekanligidan darak beradi. Ushbu voqealar shundan dalolat beradiki, yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar boshqa davlatlarning suvereniteti va ichki ishlariga aralashmaslik printsipini niqoblangan shaklda buzmoqda. Bunda siyosiy globallashuv jarayonining yana bir mahsuli – nodavlat tashkilotlarning resurslari va nufuzidan tashkiliy niqob sifatida foydalanish dunyo bo`ylab keng tarqalmoqda. Ayni shu ma’noda A.V.Buzgalin ta’kidlaganidek, “Globallashuvning siyosatga ta’siri kuchli bo`lib, u xavfsizlik va iqtisod sohasida davlatlarning bir-biriga tobeligini kuchaytiradi, har birining jahon sahnasidagi ustuvor jihatlarining chuqur o`zgarishiga olib keladi. Tashqi siyosiy vositalar arsenaliga boshqacha nuqtai nazardan qarashga majbur qilib, jahon siyosatining tadrijiylashish jarayonining tezlashib ketishiga olib keladi”15.

Globallashuv fenomenining ob’yektiv va ochiq ekanligi hisobga olinsa, uning turli muqobillarda namoyon bo`lishi tabiiy tus oladi. Shunday ekan, globallashuv jarayonining biror-bir jihatini mutlaqlashtirib, unga mutlaq ijobiy yoki mutlaq salbiy jarayon sifatida qarash nojoizdir. O`z navbatida nemis sotsiolog olimi U.Bek ta’kidlaganidek, “Globalizatsiya shubhasiz eng ko`p qo`llaniluvchi va eng ko`p suiste’mol qilinuvchi va eng kam o`rganilgan, ehtimol “tushunarsiz” mavhum, siyosiy jihatdan samarali so`z (bahs-munozarada kuchli qurol, shior)”16 dir.

Globallashuv jarayonida axborot olishning tezlashuvi, shuningdek internet orqali uzatiladigan turli yangiliklarning ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilish masalalarini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Masalan, globallashuv haqida 1998-yilda Nobel mukofotini olgan Portugaliyalik yozuvchi J.Saramagu: “Men antiglobalistik harakatlar tarafdoriman. Chunki menga hozir sayyoramizda keskin tezlikda shakllanayotgan tartib yoqmaydi” degan bo`lsa, J.Soros “globallashuvning shuncha kamchiliklariga qaramay, men uning rashkchi tarafdoriman. Uni qo`llab-quvvatlashimning sababi nafaqat u beradigan qo`shimcha boyliklar, balki odamlarga berishi mumkin bo`lgan erkinlik sababli hamdir”17, deb yozadi. Ayni shu ma’noda “globallashuv sharoitida - deb yozadi V.Mixeyev, dunyo mamlakatlari va mintaqalarining o`zaro iqtisodiy va siyosiy bog`liqligi mislsiz rivojlanadi va dunyoda yagona huquqiy maydon iqtisodiy va siyosiy boshqaruv masalasini kun tartibiga qo`yish mumkin bo`lib qoladi”18.

Umuman olganda, globallashuv murakkab va serqirra jarayon bo`lib, uning turli mamlakatlar hayotiga o`tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog`liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o`tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish, davlatlar kelajagini belgilab beruvchi asosiy omil bo`lib qolmoqda.

Globallashuvning asosiy ko`rinishlari, tendentsiyalari va oqibatlari tevaragidagi munozaralar so`nggi yillarda nafaqat jonlandi, balki qizg`in tus olmoqda. Natijada bir davlatda emas, balki butun dunyoda bir-biriga qarshi kurash olib borayotgan "globalistlar" va "antiglobalistlar" yuzaga keldi. Ayrim olimlar globalizatsiyani farovon turmush, tanlash huquqi va yanada ko`prok erkinlik, ya’ni ko`chib yurish, to`liq axborot olish, ko`proq xaq to`lanadigan joyda ishlash, eng yaxshi universitetlarda ta’lim olish erkinligi bilan bog`lasalar, boshqalar esa globallashuvni insoniyatga tahdid soluvchi, global isish, atrof muhitning ifloslanishi, nazoratsiz migratsiya omillarining vujudga kelishi, ishsizlarning ko`payishi, an’anaviy qadriyatlarga putur yetishi kabi muammolarni tug`diruvchi jarayon sifatida baholamoqdalar. Bizningcha, globallashuv, eng avvalo, taraqqiyot sur’atlarining tezlashuvi orqali butun insoniyat yalpi Yer shari taqdirini birlashtirayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, madaniy-ruhiy hodisa sifatida o`zini namoyon etayotgan bir paytda, uning yaxlit mohiyatini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etishni taqozo etmoqda. Aynan shu nuqtai-nazardan qaraganda, globallashuv odamlar o`rtasida muayyan universal va umumhajmli aloqani o`rnatishni nazarda tutadi.

Globallashuv jarayonining yana bir o`ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda uning mafkuraviy ta’sir o`tkazishning nihoyatda o`tkir quroliga aylanib, turli siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganligini har qanday odam ham sezishi qiyin albatta. Ana shunday sharoitda milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish yoshlar tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Ayni shu ma’noda, “hozirgi kunda globallashuv jarayoni yangi-yangi hudud va mintaqalarni, inson faoliyatining barcha sohalarini o`z domiga tortmoqda. Ayniqsa, mafkuraviy va ma’naviy sohada o`z g`oya hamda mafkuralarini singdirish, ta’sir doiralarini kengaytirishda globallashuv jarayonlari muhim halqa bo`lib xizmat qilayotgani hammamizga ayon”19.

O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” doirasida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida 2008–2012-yillarda «Uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko`tarish» dasturi ishlab chiqildi. Bu dastur jamiyatdagi zamonaviy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, mehnat bozori va jamiyat ehtiyojlari asosida ta’lim xizmati sifatini takomillashtirish tizimi va tashkiliy-uslubiy asoslarini yaratishni ko`zda tutgan. Dasturda uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning kontseptual asoslari va eng muhimi, istiqbol vazifalari, ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari, amalga oshirish manbalari hamda o`quv-tarbiya jarayoni mazmunini yangilab borish mexanizmlari belgilangan.

Yuqoridagi fikrlardan quyidagi xulosaga kelish mumkin:

Birinchidan, globallashuv o`zini-o`z yangilash, “zamonaviylashtirish”ning muhim resursi bo`lib, bu ikki fenomen bir-biri bilan nafaqat o`zaro bog`langan, balki butun dunyo hamjamiyatini insoniyat yaratgan tsivilizatsiyani saqlab qolish g`oyasi bilan birlashtiradi, ularning istiqbolli rejalari kelgusida «birinchi raqamli» umuminsoniy, umumsayyoraviy muammolarga aylanadi.

Ikkinchidan, globallashuv sharoitida milliy mafkuraning yashovchanligini ta’minlaydigan omil uning zamon talablariga mos ravishda takomillashib borishidir. Buning uchun milliy mafkura o`z tarkibiga yangi ezgu g`oyalarni singdirib borishi zarur. Milliy mafkurani xalq ongiga singdirishda yangi zamonaviy usul va vositalardan, ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur. Shundagina milliy mafkuraning yashovchanligi ta’minlanadi.




Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish