Me’yor — miqdor va sifat birligi.
Miqdor — narsalarning hajmi, o’lchovi, og’irligi, harakati va shu kabilarni ifodalovchi tushuncha.
Milliy g’oya — millatning orzu umidlari, maqsadlarini ifodalovchi qarashlar, majmui
Milliy mafkura — xalqning, millatning e’tiqodi
Monizm (yunoncha — monos, ya’ni yakka ma’nosini anglatadi) — olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta asosga ega deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir.
Neokantchilik - XIX asr o’rtalarida shakllangan va XX asr boshlarida rivojlangan edi. Uning vakillari I. Kant o’z davrida qo’ygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati haqidagi hamda tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahlil etadilar. Bu ta’limotga ko’ra, inson dunyoga bir marta keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti o’zi uchun eng oliy maqsaddir.
Neopozitivizm - oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitgenshteyn va boshqalardir.
Neo - yangi; pozitiv - ijobiy degan ma’noni anglatadi. Nepozitivizm G’arbda X1X asrning 20 - yillarida paydo bo’lgan, asoschisi XIX asrda yashagan Ogyust Kontdir. Uning fikricha, falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud bo’la olmaydi. Falsafa — ob’ektiv reallikni emas, balki aniq fanlar qilayotgan ilmiy, ya’ni ijobiy (pozitiv) xulosalarni o’rganib, tahlil qilib ularni mantiqan bir tartibga, sistemaga solishi kerak.
Neotomizm — o’rta asr faylasufi Foma Akvinskiy ta’limotini targ’ib etuvchi yo’nalish.
Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo’lib, u o’rta asrlardagi (XIII asr) Foma Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. U (neo - yangi, tomizm - «foma», transkriptsiyada «toma» bo’lib o’zgargan) Foma Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti demakdir. Bu ta’limotga ko’ra, ilm va e’tiqod o’rtasida to’la muvofiqlik, uyg’unlik bor. Ular bir-birini to’ldirib turadi, har ikkisi ham xudo tomonidan berilgan xaqiqat.
Nominalizm — umumiy tushunchalarni faqat ayrim narsalarning nomlari deb hisoblovchi o’rta asr falsafasining bir yo’nalishi.
Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo’lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Masalan, «Mantiq ilmini o’rganish to’g’ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi» degan mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganadi», degan mulohaza murakkab humkmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o’rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o’rganadi», degan ikki oddiy hukmdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |