O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019



Download 0,96 Mb.
bet199/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Muammoni qo‘yish va hal etish
Muammo – javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va echish usuli nomalum bo‘lgan savoldir.
SHuning uchun ham muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud bilimlarni qayta ishlash, bazi hollarda esa, hatto, ular doirasidan chetga chiqishni, yangicha echish usuli, metodlarini qidirib topishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surish va muhokama qilish xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz ehtiyojlari belgilab beradi.
Ko‘lamiga ko‘ra shaxsiy, xududiy, bir davlat yoki bir necha davlat miqyosidagi va umuminsoniyat muammolarini ajratish mumkin. Bu muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishning zarur shartlaridan biri uni to‘g‘ri qo‘yish va aniq bayon qilishdan iborat. To‘g‘ri qo‘yilgan savol muammoning yarim echimi hisoblanadi. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasavvur qilishning o‘zi etarli emas. Har qanday muammoning echimi ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak. Buning uchun muammoni hal qilishning turli xil usullari va vositalarini ham oldindan ko‘ra bilish muhim ahamiyatga ega.
Muammolarni qo‘yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bilimlari va qobiliyati muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Odatda, ko‘p hollarda yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu sohasining yirik mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur bilimli olimlar tomonidan ilgari suriladi hamda ular bazan uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi. Buni, masalan, milliy manaviyatimizga yot g‘oyalarning yoshlar ongiga salbiy tasiri muammosining qo‘yilishi va tadqiq etilishi misolida ko‘rish mumkin. Malumki, OAV, Internetdagi ayrim malumotlar endigina manaviy olami shakllanayotgan, shaxsiy tajribasi haqiqatni yolg‘on, uydirmadan farqlashga etarli bo‘lmagan yoshlarda hayotiy tushunchalarning shakllanishiga salbiy tasir ko‘rsatmoqda. YOsh avlod manaviy olamining daxlsizligini asrash jamiyatimiz oldida turgan muammolardan biridir. Bu muammo faylasuflar, gumanitar fan vakillari tomonidan tadqiq etilmoqda.
Muammoli vaziyatni tahlil qilishga turli xil tomondan yondashish mumkin bo‘lganligi uchun ham hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi mumkin. Bunda bazi muammolar asosiy vazifani ifoda qilsa, bazilari bu vazifaning ayrim tomonlarini aks ettiradi va Shuning uchun ham juziy xususiyatga ega bo‘ladi. Ko‘p hollarda bir-biri bilan bog‘lanib ketgan mana shunday juziy muammolar hal qilingandan keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va echish imkoniyati vujudga keladi.
Muammolarni to‘g‘ri qo‘yish va bayon qilish ularni echishdan kam ahamiyatga ega emas. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun uning ilmiy bilish taraqqiyotida, jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini to‘g‘ri baholash, uni hal qilishning metodlarini topish zarur. Bu amalda qo‘yilishi mumkin bo‘lgan turli xil muammolar ichidan eng muhimi va to‘g‘risini tanlab olishni bildiradi. Muammoni tanlash malum bir darajada tadqiqotning umumiy yo‘nalishi va xususiyatlarini belgilab beradi.
Oxir-oqibatda qaysi muammoni qo‘yish amaliy faoliyatimiz ehtiyojlariga bog‘liq. CHunki faqat amaliy faoliyatdagina kishilarning ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal qilish vositalari o‘rtasidagi ziddiyat yaqqol namoyon bo‘ladi, ilmiy izlanish predmeti aniqlanadi va shu asosda bilish oldiga konkret vazifalar qo‘yiladi.
Ilmiy muammo, odatda, malum bir nazariya doirasida vujudga keladi va uning yordamida hal qilinadi. Bazi hollarda esa muammo mavjud nazariyani o‘zgartirish va muammoni echishga moslashtirishni talab qiladi.
Muammoni echish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bo‘lmaydigan fakt va hodisalar aniqlanadi;
b) muammoni hal qilish g‘oyalari va metodlarini tahlil qilib, ularga baho beriladi;
v) muammoni hal qilish turi, maqsadi, olingan natijani tekshirish yo‘llari belgilab olinadi;
g) muammoning negizi bilan uni echish uchun ilgari surilgan g‘oyalar o‘rtasidagi aloqaning xususiyatlari ko‘rsatiladi.
Bu ishlar amalga oshirilgandan keyin bevosita muammoni echishga kirishiladi.
Barcha muammoning echilishi nisbiy xususiyatga ega. Boshqacha aytganda, muammoning mutlaq to‘la echimini topish qiyin. CHunki o‘rganilayotgan hodisaning barcha tomonlarini qamrab olib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ilmiy izlanish davomida yangi muammolar vujudga kelishi mumkin bo‘lib, u mavjud muammoni boshqacha talqin qilishni taqozo etadi.
Bazi hollarda muammolarning echimini uzoq vaqtgacha topib bo‘lmaydi. Masalan, rak kasalining sababini o‘rganish bilan bog‘liq muammo hozirgacha to‘la hal bo‘lmagan.
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay echimiga ega emas, degan fikrni bildirmaydi, balki ularni mavjud metodlar, vositalar yordamida echib bo‘lmaslikni ko‘rsatadi xolos, va shu tariqa echishning yangi vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak, muammo hal qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish