II. Argument (asos)larga taalluqli xatolar:
1.Asoslarning xatoligi. Tezis isbotlanganda yoki rad etilganda xato argumentlarga chin deb asoslanish natijasida ataylab yoki bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, qadimgi grek faylasufi Fales o‘z talimotini hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan, degan fikrga asoslanib yaratgan.
2.Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis isbotlanmagan argumentlarga asoslansa, bunday argumentlar tezisning chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi taxminlanadi, xolos.
3.«Aylanma isbot etish» deb nomlanuvchi xato. Tezisning chinligi argumentlar orqali, argumentlarning chinligi tezis orqali isbotlansa mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, «So‘zning qudrati fikr bilan o‘lchanadi», degan tezisni «Fikrning qudrati so‘z bilan o‘lchanadi», deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo‘l qo‘yiladi.
III. Isbotlash usuli (demonstratsiya) bilan bog‘liq xatolar.
1.«YOlg‘on (soxta) isbotlash». Agar tezis uni isbotlash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tezisga aloqador bo‘lmagan argumentlarga asoslaniladi. Masalan, «A shaxs yomon odam», degan tezis «Tunda yomon odamlargina ko‘chada yuradi», «A shaxs ko‘chada tunda yuribdi» degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan bo‘ladi.
2.SHartlangan fikrdan shartlanmagan fikrga o‘tish. Muayyan vaqt, munosabat doirasida chin bo‘lgan (shartlangan) fikrni, doimiy, o‘zgarmas chin fikr deb qabul qilish natijasida mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi.
3.Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar.
Argumentlashning strategiyasi va taktikasi. Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar.
Argumentlashning strategiyasi – argumentlashning maqsadi bo‘lib, ishontirish, g‘alaba qozonish, kelishish, echimni topish, o‘ziga nisbatan ishonchni mustahkamlash va shu kabilarda namoyon bo‘ldi. Mantiq qonunlari, isbotlovchi muhokama yuritish argumentlashning strategik prinsiplari hisoblanadi. Konkret vaziyatga mos bo‘lgan kommunikativ modelni tanlash ham argumentlashning strategiyasiga kiradi. Argumentlashning strategiyasi ishtirokchilarning maqsadi orqali aniqlanadi. SHunga ko‘ra haqiqatga, ishonchni shakillantirishga, g‘alabaga va kelishuvga qaratilgan strategiyalarni farqlash mumkin. Bazan bu strategiyalar birlashib ketishi kuzatiladi.
Argumentlash strategiyasi maruza, suhbat, dialog, bahs-munozara, yozma argumentlash, o‘zi uchun argumentlashda turli xil bo‘ladi. Argumentlash strategiyasini belgilab olganda argumentlovchi dalillar asosiy va qo‘shimcha turlarga ajratiladi, asosiy dalillar etarli bo‘lmasa qo‘shimchalaridan foydalanish yoki asosiy dalillar etarli bo‘lsa, qo‘shimchalarini qo‘llamaslik rejalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |