O‘quv qo‘llanma 5111800 Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Toshkent 2019 Annotatsiya


QO‘LDA TIKILADIGAN ChOKLARNING TURLARI



Download 14,18 Mb.
bet52/67
Sana28.03.2022
Hajmi14,18 Mb.
#513702
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67
Bog'liq
71499 болаларни сахналаштириш ва ижодий фаолиятга ургатиш укув кулланма

QO‘LDA TIKILADIGAN ChOKLARNING TURLARI
Tepchima chok. Bu chok qanday vazifada ishlatilishiga qarab, 1,5mm dan to 3sm gacha uzunlikdagi qaviq bilan tikiladi. Bunda igna bitta yo‘nalishda – buyumga nisbatan o‘ngdan chapga qarab harakatlantiriladi. Bu chok bilan ko‘pincha buyumning ikkita qismi vaqtincha ko‘klab qo‘yiladi va undan keyin shu chok izidan pishiq tikiladi. Tepchima chok turlari rangdagi iplar bilan mayda qilib tikilsa, bezash choki vazifasini ham bajarishi mumkin. Tepchima chok qaviqlarini bir necha qator qilib bir-biriga parallel holda tikish mumkin. Bunda quyidagi qoidaga rioya qilish lozim: qaviqni tortib tikmaslik va ignaga ipni bir me’yorda o‘tkazish kerak.
Tepchima chok bilan oralatib tikishning ahamiyati shundaki, buyumning ikki bo‘lagi ancha pishiq ulanadi. Bu chok ikki marta tikiladi. Avval buyum mayda qaviqli “tepchima chok” bilan tikilib, keyin buyumni 180° ga aylantirib olinadi va ana shu chok bilan orqa tomonga qarab tikib chiqiladi. Yangi qaviqlar avvalgi chok qaviqlari orasiga solinadi; igna esa avvalgi qaviq qadalgan joyga sanchiladi. O‘ngidan ham, teskarisidan ham bahya chokning chap tomoniga o‘xshash chok hosil bo‘ladi.
Tepchima chok bilan jimjima tikish choki. Bu ikki yo‘l tikiladigan elementlar bezak hisoblanadi. Avval buyum o‘ngidan “tepchima chok” tikiladi. So‘ngra igna bilan har bir qaviq ilib chiqiladi. Agar igna ilon izi qilib harakatlantirilsa, spiralsimon bo‘ladi.
Bosma chok. Bu chok o‘ng tomonidan tepchima chokka o‘xshaydi. U quyidagicha tikiladi. Igna gazlamaning teskarisidan qadab, o‘ng tomonidan tortib olinadi. Orqadan ip qalinligini bir necha hissasi qadar joy tashlab, igna sanchiladi va uch hissa joy tashlab, igna o‘ngiga tortib chiqariladi. Keyingi qadash yana orqadan bo‘ladi. Uni birinchi va oxirgi ipga qadalgan joy orasiga qadaladi. Chokning teskari tomonida uchlari ayqash katta-katta qaviq hosil bo‘ladi. Bu chok qalin gazlamalarni pishiq qilib ulovchi chokdir.
Chetlarni yo‘rmash choki buyumning qirqilgan joylari chetlarini yo‘rmash uchun xizmat qiladi. U iplarni titilib ketishdan saqlaydi. Chokni chapdan o‘ngga qarab yoki o‘ngdan chapga qarab tikish mumkin. Ip o‘ramga o‘xshab turadi, buyum cheti qancha zich yo‘rmalansa, chok shuncha pishiq bo‘ladi. Ignani buyum chetidan va bir-birining orasidan baravar masofada olish kerak. Bu chok bilan buyum chetlarini milki bo‘ylab ulash to‘rlarini tikish mumkin.
Chetlarni yo‘rmash chokidan faqat buyum chetlarini teskarisidan yo‘rmash uchungina foydalanilmaydi. “Chetlarni yo‘rmash” choki bilan narsalarning, masalan, dastro‘molchaning chetlarini chiroyli va pishiq qilib yo‘rmab chiqish mumkin‚ bunda chok ikki yo‘l tikiladi. Narsalarning chetlari ikki qavat qilib ingichka qayiriladi va chetlarini avval bir tomonga qarab, keyin ikkinchi tomonga qarab yo‘rmab chiqiladi. Ip chulg‘ami bir-biridan bir xil masofada bo‘lishi kerak.
Halqa choki. Bu chok bilan chetlari yo‘rmab chiqiladi. Shuningdek‚ bu chok bilan buyum chetlarini zich va pishiq qilib ulash ham mumkin. Chok qanday tikilishishga qarab, bir necha variantda bo‘ladi. Chapdan o‘ngga qarab tikiladigan chokni ko‘rib chiqaylik. O‘ngdan chapga qarab tikiladigan halqa choki bir oz boshqacharoq tikiladi. Vertikal qaviqlar bir-biriga qancha yaqin bo‘lsa, chok shuncha pishiq bo‘ladi. Igna buyum chetidan va bir-biridan bir xil masofada qadalishiga rioya qilib borish kerak. Ikki qavat halqa choki buyumlarni bezash uchun ishlatiladi. U ikki yo‘l tikiladi. Avval bir xil rangdagi ip bilan buyum cheti tikib chiqiladi. Vertikal qaviqlar orasidagi masofaning bir xil bo‘lishiga diqqat qilish kerak. Qaviqlarning bo‘yi bir xil bo‘lishi kerak. Keyin boshqa rangdagi ip bilan shu chetning o‘zi yana bir marta halqa choki bilan tikib chiqiladi. Vertikal qaviqlar birinchi qatorning qaviqlari orasiga joylashadi. Farq shundaki, bu qaviqlar yuqoriroqda joylashadi, ya’ni igna material chetidan yuqoriroqqa sanchiladi.

Download 14,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish