Bog'liq 71499 болаларни сахналаштириш ва ижодий фаолиятга ургатиш укув кулланма
Nonushta solib qo‘yiladigan sumkacha. Nonushta solib qo‘yiladigan sumkacha ham ustamali ustuncha usulida to‘qiladi. Buyumning jimjimador bo‘lishi uchun har bir ustuncha orasiga ikkita havo halqasi to‘qiladi. Sumkachani iris yoki qog‘oz ipdan to‘qish mumkin. sutajdan to‘qilgan sumkacha ancha pishiq, lekin qo‘polroq bo‘ladi. Nonushta uchun sumkacha to‘qish 12-15sm li zanjirdan boshlanadi. Bu zanjir atrofiga oralariga ikkitadan havo halqasi to‘qilgan ustamali ustunchalar to‘qiladi. Burilish joyida asosning bitta halqasiga oralarida ikkitadan havo halqasi bo‘lgan ustamali 4 ta ustuncha to‘qiladi. Ikkinchi qatorlarda keyingi qatorlarda har bir qatorning ustunchalari o‘zidan oldingi qatorning ustunchasiga kiritib to‘qiladi. Sumkachaning oxirgi qatori tutash ustunchalar bilan to‘qiladi. Dastasini bir qatorda 3-4 ustamali ustunchalar bilan to‘qiladi.
S hippak. Bino ichida jismoniy tarbiya mashqlari vaqtida kiyish uchun qulaygina shippak to‘qib olish mumkin. uni istalgan rangdagi har qanday oddiy ipdan to‘qish mumkin. Ish boshlashdan oldin oyoqni o‘lchab olish kerak. Oyoqni bir varaq qog‘ozga qo‘yib chetidan qalam yuritib chiqiladi. Qalam izidan qog‘ozni qirqib oyoqning andazasini olamiz. Shippak to‘qish vaqtida tumshug‘ining enini va butun bo‘yini ana shu andazaga qarab mo‘ljallaymiz. To‘qishni 6 ta havo halqasidan to‘qilgan zanjirdan boshlaymiz. Zanjirning uchlarini biriktirib, berk halqa hosil qilamiz. Bu halqa atrofida ustamasiz 10 ta ustuncha to‘qiymiz, bunda Ilgakni halqaning o‘rtasiga kiritib to‘qiymiz, keyin bu yo‘g‘on halqa atrofini to‘qiymiz va har bir qatorga 3-4 tadan ustun qo‘shib boramiz. Shippakni juda keng yoki tor qilib qo‘ymaslik uchun bajarayotgan ishimizni vaqti-vaqti bilan andazaga solishtirib qo‘ramiz. Shippak tumshug‘ining eni andaza eniga yetmaguncha to‘qishni davom ettira berish kerak. So‘ngra halqa qo‘shmasdan 7-8 qator (yoki andazaga muvofiq ko‘proq) to‘qiymiz. Shippakning tumshug‘i tashqi tomondan xaltachaga o‘xshaydi. Shippakning tumshug‘ini to‘qib bo‘lgach, yon tomonlari va tagini to‘qishga kirishamiz. Agar biz hozirga qalar doira bo‘ylab. Biridan ikkinchisiga o‘tib to‘qiymiz. Bu quyidagicha bajariladi: shippakning tumshug‘i xaltachaning qismini to‘qib bo‘lib halqani aylantiramiz va teskari tomonga ustun to‘qiymiz. Andazaga qarab shippakning yon tomonlari va tagini to‘qiymiz. To‘qilgan shippakning hamma o‘lchamlari andazadagiga mos kelsa, uni ikkiga buklaymizda, tovonini biriktiramiz. Shunday qilib, shippak tayyor bo‘ladi. Ipni uzmasdan turib, ustamasiz ustuncha usuli bilan shippakning oyoq kiradigan og‘zi to‘qiladi. Shippakning ikkinchi poyi ham huddi shunday to‘qiladi.