O‘quv qo‘llanma 5111800 Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Toshkent 2019 Annotatsiya


«Gullagan shaftolining novdasi» ni yasash



Download 14,18 Mb.
bet31/67
Sana28.03.2022
Hajmi14,18 Mb.
#513702
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
Bog'liq
71499 болаларни сахналаштириш ва ижодий фаолиятга ургатиш укув кулланма

«Gullagan shaftolining novdasi» ni yasash
Mashg‘ulot vazifalari: bolalarda qog‘ozni bir necha marotaba buklab qirqish asosida gul barglarini hosil qilish‚ gul barglarini novdaga yelimlab, chiroyli gullagan shaftoli novdasini yasash malakalarini o‘stirish.
Mashg‘ulotga tayyorgarlik.
Bolalar bilan hovli yoki ko‘chadagi gullagan shaftoli daraxtini kuzatish. Gullarning tuzilishiga, rangiga, novdada joylashishiga bolalarni e’tiborlarini jalb qilish.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: bolajonlar, mana o‘lkamizda bahor fasli. Bahorda tabiatda juda katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Shoirlarimiz aytganidek:
Keldi bahor, gul bahor‚
Erib bitdi, oppoq qor.
Uchib keldi, qushlarjon
Daraxtlar taqdi marjon.
Ha, «daraxtlar taqdi marjon». Shoirlarimiz, daraxt kurtaklarini marjonga o‘xshatishyapti, bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng, daraxtimiz chiroyli bo‘lib, chaman - chaman gullaydi. Keling, bugungi mashg‘ulotda, xuddi shunday gullagan daraxtlarning novdasini biz ham tayyorlashni o‘rganamiz. Biz sizlar bilan gullagan shaftoli novdasini yasaymiz. Kerakli ashyolar oldingizdagi stolga qo‘yilgan. Novdani oldimizga qo‘yib, pushti rangdagi g‘ijim qog‘ozdan kvadrat shaklini qirqib olamiz. Uni ikkiga, so‘ng to‘rtga buklaymiz, natijada kichik kvadratchalar hosil bo‘ladi. Buklangan kvadratchaning bir uchini ushlab turib, ochiq uchlarini qaychi bilan yarim doira tarzida qirqib olamiz, buklangan kog‘ozni ochamiz. O‘rtasiga barmog‘imizni qo‘yib tursak gul bargining cheti qayrilib qoladi. Chuqur joyining orqasiga ozgina yelim surtiladi. So‘ngra novdaga yelimlanadi. Gullarni yelimlashdan oldin tarbiyachi bolalarga shaftoli guli novdada qanday joylashganligini eslatib, tabiiy holiga o‘xshatib, ketma-ket yelimlash kerakligi uqtiriladi. Gul yaprog‘ini qirqa olmagan bola­larga yakka holda yordam ko‘rsatiladi. Mashg‘ulot davomida bolalarning yaxshi ishlari rag‘batlantirilib boriladi.
Tayyor novdalarni solib qo‘yish uchun xar bir stolga, bolalarning o‘zlari yasagan guldonlar qo‘yib chiqiladi. Bolalar gullagan novdani guldonlarga solib qo‘yadilar.
Tarbiyachi: bolalar‚ qarang, siz yasagan gullab turgan shaftoli novdachalaringiz xonamizni yana ham chiroyli qilib yubordi.
Bolalarni o‘z ishlari natijasidan zavqlanishga o‘rgatib boriladi. Shu tariqa mashg‘ulot yakunlanadi.








Download 14,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish