«Atirgul» gulini yasash.
Mashg‘ulot vazifalari: bolalarga to‘rtburchak shaklidagi qog‘oz ikki buklash, oval shaklida qirqish, gul yaprog‘ini qirqib olish, ishni ozodalik bilan bajarish, boshlagan ishni oxiriga yetkazish malakalarini singdirish.
Mashg‘ulotga tayyorgarlik.
Bolalar bilan tabiat qo‘yinida atirgulning o‘sishini kuzatish, uning turlari haqida so‘zlab berish. Atirgulning tuzilishiga bolalar diqqatini jalb qilish.
Mashg‘ulotni jihozlash:
Mashg‘ulot uchun bolalarga yetadigan miqdorda g‘ijim qog‘oz, yelim, qaychi, sim, ozgina paxta beriladi.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: bolalar, sizlar bilan bugungi mashg‘ulotimizda birga kuzatgan atirgullarni yasashni o‘rganamiz. Kerakli ashyolar oldingizga qo‘yilgan. Sizga atirgulni qanday yasash kerakligini tushuntirib beraman. Diqqat bilan qarab turing, keyin birgalikda yasaymiz. G‘ijim qog‘ozdan 6 ta to‘rt burchak shakl qirqib olinadi. Uni ikkiga buklab, yuqori qismining burchaklari aylana holda qirqib olinadi. Shu tariqa to‘rt-burchak shakl oval shakliga keltiriladi. Har bir qog‘ozning dumaloq tomonini qalamga o‘rab, ochib yuboramiz. Natijada kog‘ozning chetlari qayrilib qoladi. Har bir kog‘ozni qalamga o‘rab, chetini qayirib chiqamiz. So‘ng, o‘rtasidan (bunda qayrilgan tomon yuqorida bo‘ladi) barmoqlarimiz bilan chap va o‘ng tomonga sindirib, tortsak, g‘ijim kog‘oz tekislanadi va atirgulning gultojibargi hosil bo‘ladi. Qolganlariga ham xuddi shunday ishlov beriladi. Navbatdagi ishda qo‘limizga ueunligi 25-30 sm bo‘lgan yo‘g‘on simni olamiz. Sim uchiga sariq rangdagi g‘ijim qog‘oz yoki sariq buyoqqa botirilgan paxtani o‘rnatamiz. Uning atrofiga cheti qayrilgan va pastki qismi bir tutam qilib yig‘ilgan gul yaproqlarini birin-ketin joylashtirib, uni ip bilan mahkamlab qo‘yamiz. Yashil rangdagi qog‘ozdan eni 1 smli kesmalar qirqib, gulning gul osti yaprog‘ini o‘rnatgandan so‘ng, simga yashil rangdagi kog‘ozni o‘rab chiqamiz. Gul osti yaprog‘i bir iecha marotaba buklangan yashil rangdagi qog‘ozdan qirqib olinadi. Atirgul bargi ham alohida tayyorlanadi. Gul bandiga sim o‘ralayotganida gul bargi bandiga qo‘shib, o‘rab yuboriladi. Gul bargi ikki buklangan qog‘ozdan qirqib tayyorlanadi. Barg chetlari kungurali bo‘ladi, har bir gul bargini tabiiy bargga o‘xshatib, orasiga ingichka sim qo‘shib yelimlab, tayyorlab olamiz.
Bolalarga gulning yasalishini tushuntirib bo‘lgandan so‘ng, tushunchalari savollar yordamida aniqlab olinadi. So‘ngra, ularga atirgulni mustaqil ravishda yasashlari tavsiya etiladi. Bolalar gulni yasab bo‘lganlaridan so‘ng, barcha ishlar birgalikda tahlil qilinadi va yaxshi ish bajargan bolalar rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |