O‘quv qo‘llanma 5111800 Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Toshkent 2019 Annotatsiya



Download 14,18 Mb.
bet15/67
Sana28.03.2022
Hajmi14,18 Mb.
#513702
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67
Bog'liq
71499 болаларни сахналаштириш ва ижодий фаолиятга ургатиш укув кулланма

Yakka tartibdagi ish.Tarbiyachi va tarbiyalanuvchining yakkama yakka ishlashi – teatrlashtirilgan faoliyatning yana bir muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Bunday ta’limni ko‘p hollarda yakka tartibdagi ta’lim deb ham atashadi. Yakka tartibdagi faoliyat davomida tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasida uzviy aloqa yuzaga keladi. Bu tarbiyachiga bolani yanada chuqurroq o‘rganish, uning ichki kechinmalarini tushunish, anglashga harakat qilish; ta’lim jarayonidagi bo‘shliqdarni aniqlash, mashg‘ulotlar davomida ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish imkoniyatini beradi. Shuningdek, yakka tartibdagi ta’lim mashg‘ulot, dramatizatsiyalashtirilgan o‘yinlar, tomoshaga tayyorlanishga yordam beradi. Mashg‘ulot jarayonida olingan bilim, ko‘nikma va malakalar keyingi faoliyat davomida mustahkamlanadi, boyitiladi, tizimlashtiriladi.
Teatrlashtirilgan o‘yin – bolalarning mustaqil faoliyati.Teatrlashtirilgan o‘yinlar bolalarda katta qiziqish va bu foliyatga nisbatan muhabbat uyg‘otadi. Teatrlashtirilgan o‘yinlarning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini kuchli pedagogik vosita sifatida foydalanish imkonini beradi, chunki, bolalar o‘yin davomida o‘zlarini erkin, tabiiy his etadilar. Shunday qilib, o‘yin jarayonida bolalarda mustaqil harakatlanish ko‘nikmalari shakllanadi, bu bolalarning kattalarning yordamisiz biror ertak qahramoni yoki sahna ko‘rinishini erkin ko‘rsatib bera olish, o‘zi o‘ylab topgan harakatlarni nazorat qilish, mazkur harakatlarni ketma ketlikda teatrlashtirilgan faoliyatning turli ko‘rinishlarida ko‘rsatib bera olish ko‘nikmalari shakllanadi. Buyuk rejissyor va aktyor K. S. Stanislavskiy o‘zining «Aktyorning o‘z ustida ishlashi» («Rabota aktera nad soboy») nomli asarida bolalar o‘yinini ta’riflab shunday degan: bolalar o‘yini haqiqiyligiga ishonch va to‘qib chiqarilgan narsaning rostligiga ishonish. Bolaning o‘ziga o‘zi «huddi…» deyishi bilan u shu to‘qima ishttirokchisiga aylanadi. Shu bilan birga bolalar nimaga ishonish va nimaga e’tibor bermasilik lozimligini juda yaxshi bilishadi.
Bolalarning teatrlashtirilgan faoliyatga qiziqishlari so‘nmasligi uchun muntazam ravishda yangiliklar ustida ishlash, bolalarga yangi ertak, to‘qima, asar qahramoni va boshqalar haqida yangidan yangi ma’lumotlarni berib borish lozim. Ijodkorlik ko‘nikmalarini, bolaning yakka tartibdagi bilimlari va ijtimoiy tajribasini rivojlantirishda, bolaning shaxs sifatida shakllanishida mavzu-makon haqidagi tushunchalarni to‘g‘ri anglashi muhim hisoblandi. Bu muhit nafaqat teatrlashtirilgan faoliyatni ta’minlab beradi, balki, mustaqil ta’limning o‘ziga hos yo‘nalishi hisoblandi. Shuning uchun mavzu-makon muhitini shakllantirishda bolaning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini esdan chiqarmagan holda, ya’ni o‘rtoqlari bilan birga teatrlashtirilgan faoliyatda ishtirok etishni qanchalik xoxlasa, shu bilan birga ayrim holda bolaning o‘z istagiga asosan yakkalanish holatlarini esdan chiqarmagan holda hissiy-irodaviy xususiyatlarini, qiziqishlarini, ijodkorlik qobiliyatlarini, afzallik va kamchiliklarini inobatga olish lozim bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim muassasasining turli yosh guruhlarida birgalikdagi va yakka tartibdagi teatrlashtirilgan faoliyat (teatrlashtirilgan o‘yin)ni ta’minlashda har bir guruhda maxsus burchak, ya’ni kichik sahna tashkil etilgan bo‘lishi, va u aynan tomosha ko‘rsatishga moslashtirilgan bo‘lishi lozim. Shu bilan bir qatorda bolaning yakka tartibda berilgan asar qahramonini oynaga qarab tayyorgarlik ko‘rib olishi uchun yana bir maxsus joy biriktirilgan bo‘lmog‘i lozim.
Shunday qilib, mustaqil teatrlashtirilgan faoliyatda bola nafaqat atrof olam, hayot tajribalari, insonlar orasidagi munosabatning go‘zaligi haqidagi tushunchalarga ega bo‘ladi, balki, bu jamiyatda yashashga, o‘z shaxsiy hayotlarini qurishga o‘rganadilar, bu esa shaxsdan ijodiy faollikni (e’tibor, tasavvur, mantiq, hissiy hotira, yaxshi rivojlangan nutq, mimika) talab qiladi, ya’ni jamiyatni o‘zini munosib tuta olishag yordam beradi.

Download 14,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish