4. SAXNALASHTIRISH FAOLIYATI JARAYONIDA BOLALARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANISHINING O‘ZIGA XOSLIGI
Reja:
1.Saxnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishning afzaliklari
2. E.G.Churilovaning teatrlashtirilgan faoliyatga oid «Art-fantaziya» dasturi
Tayanch tushunchalar: rasm, loy, applikatsiya, tahlil, sintez, taqqoslash, estetik sezgi, badiiy ijod, ekskursiya, qog‘oz, mel, bo‘yoqlar, mazmunli-rolli, dramalashtirish, didaktik.
Saxnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishning afzaliklari. Bolalar ijodkorligi teatrlashtirilgan faoliyat orqali yuzaga chiqadi va rivojlanadi, u bola shaxsiyatini rivojlantiradi, adabiyot, teatr, musiqaga nisbatan qiziqish uyg‘otadi, o‘yin jarayonida aniq bir xissiyotni ifoda etish ko‘nikmasini shakllantiradi, fikrlashga, yangi obrazlar yaratishga yo‘naltiradi. Pedagog, psixolog va ota-onalarni o‘ylantirgan bir muammo borki, u ham bo‘lsa ayrim bolalarda ro‘y beradigan qurquv, qo‘zg‘alish, sustkashlik kabi holatlarning paydo bo‘lishi, boshqa bolarda ro‘y beradigan lanjlik, shoshma shosharlik kabi holatlarning baydo bo‘lishidir. Bolalarda ko‘p hollarda o‘zini tuta bilish ko‘nikmalari shakllanmagan, xotira, diqqat va nutq yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Bolani hissiy chiniqtirish, siqilgan holatni yo‘qotish, badiiy tafakkur va his qilishni tarbiyalashning eng yaxshi yo‘li – o‘yin, fantaziya va to‘qib chiqarish orqali amalga oshiriladi. Buning barchasini teatrlashtirilgan faoliyat bera oladi. Bolalar ijodiyotining eng ko‘p tarqalgan turi sifatida aynan drammatizatsiya badiiy ijodiyotni bolaning ichki kechinmalari bilan bog‘laydi, chunki teatr bolaning hissiy dunyosiga ta’sir qila olishga ega bo‘lgan katta kuchdir.
Shuningdek, teatrlashtirilgan faoliyat bolalarni har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Bolalar ijodiy faoliyatining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun tarbiyachi quyidagi mezonlarga amal qilishi lozim:
teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligini rivojlantirishga sharoit yaratish (ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sahnadagi ijro jarayonida o‘zini erkin tutish va ijrodan zavqlanish, mimika, intonatsiya, ahamiyatli harakatlar va h.k bilan improvizatsiya qilishga yo‘naltirish va sh.k.);
bolalarni teatr madaniyati bilan tanishtirsh (teatr faoliyati, teatr janrlari, qo‘g‘irchoq teatri ko‘rinishlari va turlari);
teatrlashtirilgan faoliyatni boshqa faoliyat turlari bilan yaxlit pedagogik jarayon sifatida uyg‘unlashtirish;
kattalar va bolalarning birgalikda teatrlashtirilgan faoliyat olib borishlariga sharoit yaratish.
Mazkur mezonlarni amalga oshirishda bir qator sharoitlarni yaratish lozim. Bu, birinchi navbatda, barcha talablarga javob bera oladigan ish jarayoni. Bizning fikrimizga ko‘ra, bolalarning teatrlashtirilgan faoliyatini to‘g‘ri tashkil etilishi pedagogik jamoaning mazkur ish yuzasidan kadrlar salohiyatini to‘g‘ri taqsimlanishiga va yo‘nalish, shakl va ish uslublarini to‘g‘ri tanlanishiga yordam beradi. Bu bolalar bilan muloqotning yangi usullarini amalga oshirishga, har bir bolaga individiual yondashishiga, oilalar bilan noan’anaviy tarzda birgalikda ish olib borishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni fikrlovchi va his qiluvchi, sevuvchi va faol inson, har qanday holatda ijodiy faoliyatga tayyor qilib tarbiyalashni asosiy maqsad qilib quyish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |