O’quv soati: 80 daqiqa
|
O’quvchilar soni:__
|
O’quv mashg’uloti shakli va turi
|
Amaliy. Yangi bilimlarni egallash bo’yicha о‘quv mashg‘uloti.
|
Мashg’ulot rejasi
|
1. Egri chiziqqa o’tkazilgan urinma tenglamasi.
2. Egri chiziqqa o’tkazilgan normal tenglamasi .
3. Hosilaning geometrik va fizik ma’nolari
4. Funksiyaning berilgan to’g’ri chiziqqa parallel urinma tenglamasini tuzish
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Funksiyaga berilgan nuqtada urinma va normal tenglamalarini tuzishni o’rgatish
|
Pedagogik vazifalar:
1.Berilgan nuqtada funksiyaga o’tkazilgan urinma va normal tenglamalarini keltirib chiqarishni o’rgatish;
2.Biror to’g’ri chiziqqa bog’langan holda funksiyaning urinma va normal tenglamalarini tuzishni o’rgatish.
3.Hosilaning geometrik va fizik ma’nolarini tushuntirish.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
1.Berilgan nuqtada funksiyaga o’tkazilgan urinma va normal tenglamalarini keltirib chiqarishni biladi;
2.Biror to’g’ri chiziqqa bog’langan holda funksiyaning urinma va normal tenglamalarini tuzishni bajara oladi;
3.Hosilaning geometrik va fizik ma’nolarini tushuntira oladi.
|
O’qitish metodlari
|
Мa’ruza, tushuntirish, aqliy hujum
|
O’qitish shakli
|
Jamoaviy, yakka tartibda ishlash.
|
O’qitish vositalari
|
Kompyuter, videoproyektor, ekran, slaydlar, darslik, yozuv taxtasi.
|
O’qitish shart –sharoitlari
|
Texnik vositalardan foydalanishga mo’ljallangan auditoriya.
|
Qaytar aloqa usul va vositalari
|
Og’zaki nazorat: Savol-javob,
Yozma nazorat: Misollar yechish.
|
Ish
Bosqichlari va vaqti
|
Faoliyatning mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1- bosqich O’quv mashg’ulotiga kirish
(10 daqiqa)
|
1.1.Salomlashadi. Davomatni aniqlaydi.
1.2. O’quv mashg’uloti mavzusi nomi va rejasini doskaga yoziladi. (1- ilova).
1.3. Adabiyotlar ro’yxati doskaga yoziladi. (2-ilova ).
1.4. Baholash mezonlari bilan tanishtiriladi. (3- ilova).
|
Tinglaydilar.
O’qiydilar, yozib oladilar.
Yozib oladilar.
Tinglaydilar, yozib oladilar.
|
2- bosqich Asosiy
bosqich
(45 daqiqa)
|
2.1. Аqliy hujum usuli yordаmidа ushbu mаvzu bo’yichа mа’lum bo’lgаn tushunchаlаrni аytishni tаklif etаdi. Аqliy hujum usuli qоidаsi eslаtilаdi. (4-ilоvа).
2.2. Mavzu matnini tarqatadi, reja va asosiy tushunchalar bilan tanishtiradi.
2.3. Ma’ruza rejasining hamma savollari bo’yicha ketma-ket foydalangan holda, tushuncha beradi. Ma’ruzada berilgan savollar yuzasidan umumlashtiruvchi xulosa beradi. Muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni va daftarga yozib olishni qayd etadi. (5-ilova)
2.3. Ma’ruza bayon qilinayotgan paytda misollar ham yechib beradi. ( 5-ilova).
|
Tinglaydilar.
doskaga qaraydilar.Muhim tushunchalarga e’tibor qaratadilar va ularni daftarda qayd etadilar.
Misollarni daftarga ko’chiradilar.
|
3- bosqich Yakuniy bosqich
(25 daqiqa)
|
3.1. Mavzuga oid savollarni tarqatma material va o’quv adabiyoti orqali tarqatiladi. (6- ilova).
3.2. Mavzuga oid misollarni doskaga yozadi. (7- ilova).
3.3. Darsda olingan bilimlar baholash mezonlari bo’yicha baholaydi va baholarni e’lon qiladi.
3.4. Uy vazifasini beradi. (8- ilova).
|
Savollarga javob beradilar.
Misollarni mustaqil yechadilar.
Tinglaydilar.
Yozib oladilar.
|