O´quv moduli birliklari: Gazsimon avtomobil yonilg`ilari, neftmas yonilg`ilar. Gazsimon yonilg`ilar



Download 62,72 Kb.
bet3/6
Sana07.04.2022
Hajmi62,72 Kb.
#534698
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-МАВЗУ

Azot N2

Kislorod O2

Tabiy gaz

82-98

0,2-6

0,1-2

0,1-2

0,8 gacha

0,3 gacha

-

0,9 gacha

0,4-9

-

0,68-0,78

30500-36000

110

Buxoro tabiiy gazi

93,8

3,0

0,7

0,5

0,8

-

-

0,6

0,6

-

0,71

35000

110

Farg`ona tabiiy gazi

85,9

6,1

1,5

1,6

1,2

-

-

0,1

3,6

-

0,78

35700

110

Yo`ldosh gaz
(sanoat gazi)

42-86

4-17

2-20

0,8-7

0,6-3,1

2,8 gacha

-

0,2-2,1

1,3-16,2

-

0,80

51600

95-100

Sanoat gazi (sintez gazi)

52

-

-

-

3,4

9

11

-

24,6

-

0,80

22200

95-100

Suyultirilgan gaz

-

-

50

50

-

-

-

-

-

-

2,12

98700

97

Koks gazi

25-35

-

-

-

1,5-3

48-55

5-10

2-4

5-10

0,1-1

2,12

16000-18900

97

Generator gazi (o`tindan olingan)

2,5-3,5

-


-


-


0,1-0,5


9-15


13-18

10-13


53-58

0,5-0,8

1,12


6200-4800

97



Gazning komponent tarkibi. Gaz ballonlari bilan ishlaydigan avtomobillar uchun gaz to`ldirish shahobchalarida barcha mavsumlarda tarqatiladigan suyultirilgan gazning bu ko`rsatkichi belgilangan chegarada o`zgarishi lozim. Suyultirilgan gaz tarkibida (massasi bo`yicha) kamida 805 foiz propan, ko`pi bilan 205 foiz butan va ko`pi bilan 6 foiz boshqa gazlar (propilen, butilen, etilen) bo`ladi. propan bilan butanning nisbati o`zgarsa, gaz yonganda chiqadigan issiqligi va yonuvchi aralashmaning tarkibi o`zgaradi. Oqibatda dvigatelning tsilindrlaridagi yonish jarayoni yomonlashadi va ishlatilgan gazning zaharlilik darajasi ortadi.
To`yingan gaz bosimi. Bu ko`rsatkich yilning sovuq kunlarida dvigatelning tsilindrlariga gazning ishonchli uzatilishiga ta`sir qiladi. Masalan, -30 0C haroratda bu bosim 0,07 Mpa dan past bo`lmasligi lozim. Bundan pasayib ketsa, gazning ballondan uzluksiz uzatilib turilishi buziladi. Bug` bosimi 45 0C da 1,6 Mpa dan oshib ketmasligi kerak, chunki avtomobillarda ishlatiladigan gaz ballonlari ko`pi bilan shunday bosimga mo`ljallangan.
Suyuq qoldiq. Gaz tarkibida 40 0C haroratda suyuq qoldiq bo`lmasligi kerak.
Gaz tarkibida oltingugurt, ishqorlar va erkin suvning bo`lishi. Gazda oltingugurt miqdori ortib ketsa, yonilg`i apparatiga o`tib, u quvur o`tkazgichlarning kesimini toraytiradi va rezina-texnika detallarini yemiradi. Oltingugurt dvigatelning tsilindrlarida yonib, ishlatilgan gazlarning zaharlilik darajasini oshiradi. Uning miqdori massa bo`yicha 0,015 foizdan oshmasligi lozim. Ishqorlar va erkin suv umuman bo`lmasligi kerak.
Gazda ishlaydigan dvigatellar ta`minlash tizimlarining konstruktiv xususiyatlari gaz jamg`armasining mashinada saqlanish usuliga hamda dvigatelning gaz yonilg`isida ishlashga moslanganlik darajasiga bog`liq. 5.2-rasmda suyultirilgan propan-butan gazida ishlaydigan avtomobil dvigateli ta`minlash tizimining sxemasi keltirilgan. Suyultirilgan gaz avtomobil kuzovi ostiga joylashtirilgan 250 l sig`imdagi yupqa devorli po`lat ballonda 16 1,6 Mpa bosim ostida saqlanadi. Ballondan chiqayotgan gaz magistral ventildan 15 o`tib, dvigatel sovitish tizimining (naylar 4,5) suyuqligi ta`sirida isiydigan bug`latkichga 6 keladi va bu yerda bug`simon holatga o`tadi. Keyin fil tr 12 orqali reduktorga 11 kiradi, undan esa bosimi biroz pasaygan holda gaz aralashtirgichga 3 keladi. Manometrlar 13 va 14 reduktor va ballondagi gaz bosimini ko`rsatadi. Dvigatelning ta`minlash tizimida gaz bo`lmaganda yoki gaz tizimi buzilganda dvigatelning ishlashini ta`minlash uchun suyuq yonilg`ining sig`imdan 8 karbyuratorga 1 uzatilishi ko`zda tutilgan. Reduktor 11 tizimdagi gaz bosimini pasaytirish uchun mo`ljallangan.
3.Siqilgan uglevodorod gazi
Siqilgan gaz suyultirilgan gazdan farqli ravishda normal harorat va istalgan yuqori bosimda o`zining gazsimon holatini saqlab qoladi. Gaz faqat o`ta sovitilgandan keyingina (-1620C dan past) suyuqlikka aylanadi. Avtomobillarda yonilg`i sifatida 20 Mpa gacha siqilgan tabiiy gazdan foydalaniladi. Tabiiy gaz gaz konlaridan olinadi. Uning asosiy komponenti - metan. Siqilgan gaz yonganda katta massa birligida issiqlik - 49800 kJ/kg ajralib chiqadi, biroq zichligi juda kam (00C va atmosfera bosimida 0,0007 g/sm3) bo`lganligidan hattoki 20 Mpa gacha siqilgan tabiiy gaz yonganda hajmiy issiqligi 7000 MJ/m3 dan oshmaydi, ya`ni suyultirilgan gazning hajmiy issiqligidan kamida 3 marta kam. Yonganda chiqadigan hajmiy issiqlik miqdorining kam bo`lishi avtomobilda, hattoki yuqori bosimda ham, yetarli miqdorda gaz saqlanishiga imkon bermaydi. Shu sababli siqilgan tabiiy gaz bilan ishlaydigan gaz-ballonli avtomobillarda zahira yo`l benzin yoki suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan avtomobillarga nisbatan ikki barobar kichik. Metanning tadqiqot yo`li bilan aniqlangan oktan soni 110 atrofida. Siqilgan tabiiy gazning zahira miqdori ko`p va u arzon bo`lganligidan benzin o`rniga bu gazdan foydalanish maqsadga muvofiqdir (ayniqsa, shahar ichida va shahar atrofiga qaytnaydigan Transportlarda).

5.2-rasm. Suyultirilgan gazda ishlaydigan avtomobil dvigatelining ta`minlash tizimi shakli: 1-karbyurator; 2-salt ishlash gaz nayi; 3-gaz aralashtirgich; 4-bug`lantirgichdan suvni chiqarib yuboradigan shlang; 5-suv keltiradigan shlang; 6-bug`latkich; 7-dvigatelning kiritish kollektorini reduktor bilan birlashtiruvchi nay; 8-benzin baki; 9-reduktor bilan gaz aralashtirgichni birlashtiruvchi past bosimli gaz nayi; 10-dozalovchi ekonomayzer tuzilmasi; 11-gaz reduktori; 12-gaz fil tri; 13-gaz reduktorining monometri; 14-ballon monometri; 15-magistral ventil; 16-suyultirilgan gaz balloni.



Me`yorlangan sifat ko`rsatkichlari. Avtomobillar uchun yonilg`i sifatida siqilgan gazdan foydalanilganda bu ko`rsatkichlarga siqilgan gazning komponent tarkibi va gaz ballon apparatining ishiga zararli ta`sir ko`rsatuvchi hamda dvigatellarning yeyilishini tezlashtiruvchi moddalar miqdori kiradi.
Gazning komponent tarkibi. Avtomobillarda barcha mavsumlarda ishlatishga mo`ljallangan siqilgan gaz tarkibida (hajm bo`yicha) kamida 90 foiz metan, ko`pi bilan 4 foiz etan, oz miqdorda (2,5 foizgacha) yonuvchi boshqa uglevodorod gazlari, uglerod oksidi – 1 foizgacha, kislorod 1 foizgacha, azot – ko`pi bilan 5 foiz bo`lishi kerak.
Gaz tarkibidagi zararli aralashmalar miqdori. Siqilgan gaz tarkibida bunday aralashmalar cheklangan miqdorda bo`ladi: vodorod sul fidi 2 g/100 m3 dan, mexanik aralashmalar - 0,1 g/100 m3 dan ortiq bo`lmasligi kerak, juda oz miqdorda nam bo`lishiga ruxsat etiladi.
Davlat standartiga muvofiq, siqilgan gazlarning tabiiy, koksli metanlashtirilgan va koksli boyitilgan xillari chiqariladi (5.3-jadval). Lekin siqilgan gazda ishlovchi dvigatellar keng tarqalmagan, chunki, bir tomondan tsilindrlarning to`ldirish koeffitsienti kamayishi natijasida ularning quvvati 10-20 foiz kamayadi, ikkinchi tomondan, avtomobilning yuk ko`taruvchanligi kamayadi. Chunki yuqori bosim ostida siqilgan gazlarni saqlash uchun og`ir (65-70 kg li) ballonlar kerak bo`ladi. Avtomobilga sig`imi 10 m3 dan bo`lgan bunday ballonlardan oltitasi ketma-ket ulanib o`rnatiladi. Ballonlar maxsus gaz to`ldirish shahobchalarida tozalangan va quritilgan gaz bilan to`ldiriladi.

Download 62,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish