O´quv moduli birliklari: Gazsimon avtomobil yonilg`ilari, neftmas yonilg`ilar. Gazsimon yonilg`ilar
5-МАВЗУ
Metil va etil spirtlarini oktan sonlari yuqoriligiga qaramasdan tsetan sonlari past, shuning uchun ular uchqun bilan yondiriladigan dvigatellarda ishlatilishi maqsadga muvofikdir. Ammo, ma`lum sharoitlarda ularni dizel yonilg`isi qo`shib, dizel dvigatellarida ishlatish mumkin. Spirtlarni yonilg`i sifatida keng ko`lamda ishlatishni cheklayotgan omillardan biri-ularni korrozion faolligi bo`lib, yonilg`i ta`minlash tizimi detallariga salbiy ta`sir ko`rsatadi; spirtlar qo`rg`oshinga jadal ta`sir ko`rsatadi; ular yonilg`i filtrlari va karbyurator jik-lyorlarini berkitib qo`yadi; ko`pchilik qistirma materiallari spirt ta`sirida shishib ketadi; yonish issiqligi pastligi tufayli ular uchun yonilg`i baklarini hajmi 2 marta kattalashishi kerak. Bu kamchilik-larni bartaraf etish maqsadida chet elda, ayniqsa AQSh, Braziliya, Germaniya, Shvetsiyada faol ishlar olib boriladi. 5.4-jadval. Alternativ yonilg`ilarning ayrim fizik ko`rsatkichlari
Keyingi yillarda chet elda neft yonilg`isi o`rnida o`simlik moyini (kungaboqar, loviya, paxta va boshqalar) ishlatishga urinilyapti. O`simlik moyini issiqlik chiqarish qobiliyati ancha yuqori, lekin ularning yuqori qovushoqligi tufayli dvigatel ishi qiyinlashadi (yonilg`ini o`zatish qarshiligi oshadi, yonilg`i nasosini ish unumi pasayadi, purkash va aralashma hosil qilish jarayonlari yomonlashadi). Bularning hammasi yonilg`ini to`la yonmasdan detallarni sirtlarida qurum hosil bo`lishi va yonilg`ini solishtirma sarfini oshishiga sabab bo`ladi. Yonilg`i sifatida vodorodni ishlatish eng istiqbolli hisoblanadi. Bunda dvigatelning energetik, ekologik ko`rsatkichlari keskin yaxshila-nadi. Vodorodning yuqori yonish issiqligi 120 MJ/kg ga teng va boshqa yonilg`ilarning massaviy issiqligidan ancha yuqori: benzinniki 45 MJ/kg, dizel yonilg`isiniki esa 42,7 MJ/kg. Ammo vodorodning zichligi kamligi natijasida uning oddiy energetik xarakteristikalari neft yonilg`ilariga nisbatan past. Vodorod-havo aralashmasining issiqlik chiqarish kobiliyati benzin-havo aralashmasidan 15 foiz va spirt-havo aralashmasidan 10 foiz past. Vodorod dvigatellar uchun katta istiqbolga ega bo`lgan yonilg`i turidir, chunki bitmas-tugallanmas xom ashyo bazasiga ega, yonish issiqligi juda yuqori (uning yonish issiqligi 118045 kJ/kg ni tashkil etadi), yonish natijasida o`zidan zaharli moddalar (azotdan tashqari) chiqarmaydi va moyning xossalarini yomonlashtirmaydi. Vodorodning diffuziyalanish koeffitsienti yuqoriligi yonilg`i tsilindrga har qanday usulda uzatilganda ham bir jinsli aralashma hosil qilish, dvigatelning barcha ish rejimlarida uni tsilindrlarga bir tekis taqsimlash imkonini beradi. Vodorod yonganda lok, so`xta va koks hosil bo`lmaydi, bu esa dvigatel detallarining yeyilishi va xizmat muddati nuqtai nazaridan maqbuldir. Ammo vodorodning zichligini kamligi tufayli uning hajmiy energiya sig`imi nisbatan pastdir. Vodorodli yonuvchi aralashmaning yonishi benzin-havo aralashmasining yonish tezligidan 6 barobar tez amalga oshadi. Vodorodni havo bilan 1:10 nisbatdagi ishchi aralashmasi nisbatan samarali hisoblanadi. Vodorod vodorodli aralashmaning quyi alangalanish chegarasini kichikligi (vodorod va havo nisbati 1:25) va alangalanish energiyasining juda kamligi (benzinga nisbatan 12-14 barobar kam) bilan ajralib turadi. Vodorodning bu xususiyatlari ishchi aralashmani kiritish o`tkazgichlarida chaqnash hosil bo`lishi, tsilindrlardagi ishchi aralashmani belgilangan paytdan avval alangalanishi, yonish jarayonining shiddatli bo`lishi, detonatsiya kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Bu holatlar natijasida karbyuratorli dvigateldagi ish jarayoni buziladi. Bundan tashqari vodorodni saqlash va avtomobilga joylashtirish masalasi yechilishi lozim bo`lgan muammolardandir. Masalan, ma`lum zahira yo`lini bosib o`tishga yetarli bo`lgan miqdordagi yonilg`ini (benzin yoki dizel yonilg`isi) saqlash uchun yonilg`i bakining massasi 13-15 kg bo`lsa, shuncha yo`l yurish uchun mo`ljallangan siqilgan vodorodni saqlash uchun idish tizimi massasi 1300-1400 kg bo`lishi lozim. Shu sabablar tufayli vodorodga uzoq kelajakda neftdan olingan suyuq yonilg`ining o`rnini bosuvchi material sifatida qaraladi. Hozirgi vaqtda vodoroddan suyuq yonilg`i sarfini kamaytirish uchun qo`shilma sifatida foydalanish ustida ish olib borilmoqda. Bir qator xorijiy mamlakatlarda (Germaniya, Chexiya, Slovakiya, Niderlandiya, Ruminiya va boshqalar) biogazlardan foydalanish (qishloq xo`jalik chiqindilari biomassasini anaerob usulida - havo kirgizmasdan chiritishdan olinadi) ustida faol ishlar olib borilmokda. Shuni ham ta`kidlash kerakki, mobil texnikada yonilg`ining alter-nativ turlarini ishlatish zaruriyati zamon talabi, iktisodiy mezonlarga qarab belgilanadi, bular esa energiya manbalarining miqdoriga qarab o`zgarib turadi. Slanetslar va bitumlardan olinadigan yonilg`ilar. Ularni maxalliy turlar deb karash mumkin, chunki ularning xossalari ko`p jihatdan olingan joy xususiyatlariga va mazkur yonilg`ilarni hosil qilishda ko`llaniladigan texnologiyaga bog`liqdir. Slanetsdan olingan sintetik motor yonilg`isining ko`rsatkichpari 5.5-jadvalda keltirilgan. Ko`mirdan olinadigan yonilg`ilar. Maqbul energetik resurslarning ichida yonilg`i ishlab chiqish uchun real ashyo ko`mir hisoblanadi. Ko`mir-ning yonish issiqligi neft bilan gazning birgalikdagi yonish issiqligidan 2,8 marta yuqori. Ko`mirni gidrogenizatsiya usulida qayta ishlab suyuq yonilg`i olish 70 yildan ortiqroq vaqtdan beri ma`lum. Lekin XX asrning boshida ishlab chiqilgan bu texnologiya hozirgi paytda yaroqsiz bo`lib hisoblanadi. Neftdan farqli ko`mir tarkibida ko`proq (20 foizgacha) kislorod, oltingugurt va azot, mineral moddalar (kul) tashkil qiladi. Ko`mirni qayta ishlash jarayoni vodorod bilan to`yintirish, azot, oltingugurt, kislorod, kullardan ajratish va molekulyar massasi odatdagi suyuq yonilg`ilarnikiday bo`lguncha uglevodorodlarining strukturasi o`zgartiriladi. Ko`mirdan suyuq yonilg`i olish juda murakkab jaran, lekin buning ham yechimi bor. Xozirgi paytda ko`mirdan 85 foizgacha suyuq yonilg`i olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Download 62,72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |