O’quv materiallari


Milliy eposlarda ijtimoiy, madaniy faoliyat tasvirlari



Download 2,01 Mb.
bet6/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Milliy eposlarda ijtimoiy, madaniy faoliyat tasvirlari. Akademik V. V. Bartold hozirgacha bizga ma'lum bo‘lgan To‘moris, Shiroq, Zarina, Siyovush, Afrosiyob, Rustam kabi eposlar asosan Axmoniylar davridagi Eron imperiyasining sharqiy oblastlari Sug‘diyona, Baqtriya, Xorazmda shakllanganini ko‘rsatadi. Demak, Firdavsiy «Shohnoma»siga material bo‘lgan, yuqoridagi eposlarning vatani qadimgi O‘rta Osiyodir. Ayrim eposlarning mazmunlari antik davr tarixchilaridan Gerodot, Ktezey, Polien, Xores Mitlinskiy asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. O‘rta Osiyo tarixchilaridan Hamza Ispixoniy, Tabariy, Mas'udiy, Beruniy kabi mualliflar asarlarida ham xalq og‘zaki ijodiyoti — eposlar haqida ma'lumotlar ko‘p. Chunonchi Gerodot asarlari orqali bizgacha yetib kelgan «To‘moris» eposida Axmoniy shohlaridan Kirning eramizdan avvalgi 529 yilda O‘rta Osiyoni bosib olishi, massaget qabilalarining boshlig‘i ayol – To‘morisning el, yurti bilan bosqinchilarga qat'iy zarba berishi, Kirni o‘ldirib cheksiz qahramonlik ko‘rsatgani tasvirlanadi.

Kir o‘lgandan so‘ng ham Eron Axmoniy shohlarining O‘rta Osiyoga bosqinchilik hujumlari bosilmadi. Doro (eramizdan oldingi 521— 486 yillar) uzoq urushlardan so‘ng O‘rta Osiyoni o‘ziga qaram qilib oldi. Ammo O‘rta Osiyo xalqlarining bosqinchilarga qarshi kurashi bir kun ham to‘xtamadi. Ana shu kurashlarda yaratilgan va avloddan, avlodga o‘tib kuylanib kelgan qahramonlik eposlari ichida Shiroq degan oddiy bir cho‘ponning vatanparvarligi va uning ajoyib qahramonliklari ustida so‘z boradi. Poliepning «Stratagemax» kitobida (II asr) o‘sha eposdan parchalar keltirilgan. U o‘z jonidan kechib, Doroning ko‘p sonli askarlarini hiyla bilan cho‘l, biyobonlar ichida adashtirib halokatga uchratadi.



«Zariadr va Odatida» eposida esa asosiy syujetni sevgi va qahra, monlik motivlari tashkil qilib, oila va erkin muhabbat mavzui kuy, lanadi. Hazor Kaspiy dengizidan Tanais Sirdaryogacha cho‘zilgan o‘lkada hukmronlik qilgan Zariadr bilan Tanaisning narigi tomonida yashagan skif shohi Omargning qizi Odatida bir, birini tushida ko‘rib sevishib qoladilar. Ammo Omarg yolg‘iz qizini begona yurtga berishni istamaydi. Zariadr skif kiyimini kiyib Sirdaryodan kechib o‘tadi va sevgan qizini olib qochadi, ularning muhabbatini hyech qanday kuch, hatto qabilalar o‘rtasidagi urushlar ham yenga olmaydi. «Zarina va Striangiya» eposi ham vatanparvarlik, qahramonlik va sevgi qissasidir. Endi eposlar ijrosiga aloxida to‘xtalsak. Chunki epos ijrochiligi bayonchilikdan obrazni ko‘rsatishga o‘tishi bilanoq , ijrochi aktyorga aylanib qoladi. Negaki uning ijrochilari bir vaqtning o‘zida ham badiiy so‘z ustasi, ham kuylovchi bo‘lib, ta'riflanayotgan qahramonning holat va kechinmalari bilan ko‘rsatiladi. Epos ijro etilayotganda tomoshabin qatnashishi — ijrochini ularga ta'sir etishi uchun qilgan xarakatlari teatr san'ati elementlari shakllanishidagi ilgari qo‘lga kiritilgan yutuqlarning takomillashib borishiga xizmat qilgan. Shuning uchun uni ilk milliy teatr – “bir aktyor teatri” deb atash mumkin deb xisoblaymiz. Chunki, eposlarda konflikt va dramatik elementlarning kuchliligi, syujetning pishiqligi, obrazlarning monolitligi — epos ijrochilari o‘yiniga yaxshi material berardi. Bundan tashqari xat, savodi yo‘q ommaga eposlarning aktyorlar ijrosida jonli obrazlar vositasida haqqoniy tasvirlanishidan hukmdor tabaqa vakillari ham manfaatdor bo‘lgan. O‘sha zamon odamlarining qahramonlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda eposlarning ma'rifiy ahamiyati katta rol o‘ynagan. Shuning uchun ham ular eposlarning ijro etilishini mumkin qadar tantanali va haqqoniy tasvir qildirishga intilar, avvallari qabila boshliqlari, so‘ngra podsholar o‘z saroylarida sozandalar, raqqoslar bilan birga maxsus epos ijrochilari, yoki hozirgi til bilan aytganda aktyorlar saqlar edilar. Demak, epos ijrosini – katta shakldagi tomosha deyish mumkin. Eposlarning teatrlashgan yo‘sinda haqqoniy ijro etilishi O‘rta Osiyoni arablar istilo qilgunigacha ham davom etgan bo‘lsa kerak. Toki islom tomonidan jonli obraz yaratish ta'qiqlangandan so‘ng, uni bir kishi , baxshi yoki dostonchilar ijro eta boshlagan bo‘lishi mumkin. Agar biz eposlarni va Avestoni she'riy yo‘lda yozilganini hisobga olsak, avlod, ajdodlarimiz naqadar katta poetik va musiqaviy talantga ega bo‘lganliklarini ko‘ramiz. Bu hol o‘z navbatida badiiy so‘z ijrochiligining tug‘ilishida katta rol o‘ynagan. Badiiy so‘z esa teatr san'atining ham muhim elementlaridan biridir. Baxshi esa dostonni she'riy tarzda to‘qigan, unga kuy yaratgan, o‘zi chalgan va ijro etgan. Bu “Bir aktyor teatri” shaklini qadimdan bizda mavjud bo‘lganligini asoslaydi. Shunday qilib qadimiy eposlar va ularning To‘moris, Shiroq, Zarina, Striangiya, Zariadr, Odatida, Siyovush, Rustam kabi personajlari teatrlashgan marosimlarda bir aktyor – baxshi tomoshani o‘ynalgan.

Xulosa qilib aytganda ibtidoiy jamiyat tuzumining yemirilishi, quldorlik jamiyatning barpo topishi, ayrim shaxslar, qabila boshliqlarining yetakchilik rolini oshib borishi bilan ibtidoiy davr marosimlaridagi turli ruh va hayvon taqlidchiligidan yangi diniy qarashlarning xudolari va mifologik afsonaviy qahramonlarning obrazlarini yaratishga ham o‘tila boshlagani, odamning o‘zga shaxs obrazini yaratish yo‘lidagi yangi qadami edi. Qahramonlik eposlari ijrosi esa ilk “bir aktyor teatri” bo‘lib, undagi barcha personajlarni baxshi ijrosida tomosha qilish mumkin edi.




Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish