Sharq uyg'onish davrida Islom ta'limoti. Markaziy Osiyo va Xurosondan yetishib chiqqan buyuk muhaddis va fiklishunos olimlar islom dinining nazariy jihatdan mustahkamlanishida o’z hissalarini qo'sha boshlaydilar.
IX asr boshlarigacha Quroni karimni tahlil qilish, suralar va oyatlarni nazariy jihatdan asoslash shakllanib ulgurmagan edi, oyatlarda kishilar hali tushunib yetmagan, munozarali jihatlarning mavjudligi tufayli turli xil mazhablar, oqimlar va hatto Qur'onning yaratilganligi yoki Olloh tomonidan vahiy qilinganligi ustida ayrim tortishuvlar bejiz vujudga kelmagan edi. Ismoiliylik, mu'tazilliylik, «Sof birodariar», mutakallimlar o'rtasidagi tortishuvlar, Xanafiya, Xanbaliya, Shofi'iya, Molikiya kabi aqoidiy mazhabfarning paydo bo'lganligi buning dalilidir.
Qur'on mukammal va muqaddas bo'lishi barobarida barcha musulmon jamoalarining huquqiy va axloqiy masalalarga oid muammolarini hal qilib bera olmas edi. Davr, yangidan yangi vaziyatlar esa o'zgarib turadigan va moslanuvchan hamda qonunlashtirilgan yangidan yangi manbalarni talab qilardi. Shu boisdan biror-bir muammoni hal qilishda chigal vaziyatdan chiqib ketishda Qur'ondan javob topilmasa, albatta, bunday holatda Muhammad Payg'ambaming aytgan gaplari, ko'rsatmalari va bajargan ishlari - Hadislarga murojaat qilingan. Bu hadislaming ko'pchiligi uning qarindoshlari, sahobalari va safdoshlaridan yozib olingan. Chunki hadislaming aksariyat qismi o'zida islom axloqi va huquqi, marosim va urf-odatlariga oid me'yorlarni aks ettirgan. Hadislarni to'plash islom ta'limoti, huquq va axloq me'yorlarini mustahkamlashdagi asosiy harakatga aylandi. Islom olamida dovrug' taratgan muhaddis-hadisshunoslar paydo bo'ldi. Ulardan ikki nafari - Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (8I0-870) va Iso at-Termiziy (824-892) bizning vatandoshlarimizdir.
20 dan ortiq asar yozgan «Hadis ilmining amiri» nomini olgan Imom Buxoriy o'zining «AI-Jomi' as-Sahih» («Ishonarli to'plam») va «AI-Adab al-Mufrad» («Adab durdonalari*) nomli asarlari bilan islom olamida mashhurdir.
U 600000 hadisni to'plab, shundan 7275 ta hadisni o'zining «AI-Jomi' as-Sahih» to'plamiga jamlaydi.
Ushbu asarga nafaqat islom ta'limotiga oid, balki umuminsoniy axloq me'yorlari, oila, qarindosh-urug'chilik, muruwat va mehribonchilik, mehnatsevarlik va vatanga muhabbat, afzal va noafzal xatti-harakatlar hamda shariat ahkomlariga oid masalalar ham kiritilgan.
Buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining mashhur namoyandasi Iso at-Termiziy islom dunyosida o'zining «Sunani Termiziy» («Tenniziy sunnatlari*) va «Ash-shamoil an-Nabaviya» («Payg'ambarning alohida fazilatlari*) nomli asarlari bilan mashhurdir.
«Sunani Termiziy» asarida islom ta'limoti va aqidalari, oilaviy munosabatlar, insonning moddiy va ma'naviy qiyofasiga, umuminsoniyatga tegishli axloq va odob qoidalari, o'zaro munosabatlar, ilm va ilmsizlik, huquqiy me'yordan Qur'on, qiroat, tafsir kabi keng ko'lamli hadislar to'plangan.
«Payg'ambarning alohida fazilatlari» nomli asarida esa, Muhammad alayhissalomning shaxsiy hayoti, ma'naviy qiyofasi, fazilatlari va odatlariga oid hadislar to'plangan.
Umuman olganda, hamyurtlarimiz Imom al-Buxoriy va Abu Iso at-Termiziylar hadislarga oid o'zlari yaratgan asarlari bilan nafaqat islom dunyosiga tanilganlar, balki Islom dinining Payg'ambari. uning qarindosh-urug'lari. sahobalari, safdoshlarining hayoti va ijobiy fazilatlari, shuningdek, ular yashagan davrning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy-madaniy muhiti haqida ham muayyan tasavvurlar hosil qilishga yordam beruvchi manbalarni yozib qoldirganlar.
Tasavvuf. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan buyuk allomalar nafaqat ilm-fan taraqqiyotiga va hadisshunoslik ilmining rivojiga ulkan hissa qo'shganlar, balki islom olamida keng tarqalgan tasavvuf tariqatlarining ayrimlariga ham asos solganlar.
Bu diniy-faisafiy ta'limot dastlab VI asr o'rtalarida Arabistonda paydo bo'lgan. Arab bosqinchilarining Osiyo, Afrika va Yevropaning birmuncha boy o'lkalarini bosib olishi, u joylardan ko'plab asirlami olib kelishi va qul savdosini avj oldirishi bosib olingan shahar va qishloqlarni vayronaga aylantirishi — bularning barchasi Muhammad alayhissalom qat'iyan rioya qilgan amallarga, islom dinining mohiyati va talablariga butunlay zid bo'lgan.
Ikkinchi tomondan, tasavvuf yo'liga kirganlar islomdagi asosiy talab — gunohdan forig’ bo'lish yo'lini tanlaydilar Mazkur yo'lni tanlaganlar bilvosita gunoh: ko'z, quloq va tana gunohlariga botishdan o'zlarini saqlashga harakat qilganlar. Ularning fikriga ko'ra, haqiqiy musulmonlarning bilvosita gunohlardan, ya'ni odamlarning qilayotgan gunohlarini ko'ra bila tiirib otdini ola olmasligi, odamlarning bir-biriga qilayotgan ta'na-yu dashnomlari, haqoratlari, o'zaro janjallari, g'iybatu bo'htonlarini eshitib, biror chora ko'ra olmasliklari hamda turli nojo'ya yo'llar bilan boylik orttirib yaxshi yashayotgan kishilarga havas va hasad qilib. Olloh bergan boylik va rizqqa qanoat qilmasdan o'z nafsu hirsini qondirish yo'liga kirishlari ham gunohi azimdir. Shu boisdan ana shu ko'z, quloq va tana gunohlariga botib qolmaslikka intilgan haqiqiy musulmonJar tarki dunyochilik yo'lini tanlaganlar.
Tasavvuf ana shunday ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan norozilik kayfiyati sifatida shakllangan. Bu oqim vakillarining diniy-falsafiy qarashlarida odamlar o'rtasida tobora chuqurlashib borayotgan tengsizlik va adolatsizlikni qoralash, barchani o'zining halol mehnati bilan kun kechirishga chaqirish g'oyalari ilgari surilgan. Tasavvuf falsafasida ijtimoiy-insonparvarlik fikrlari ustunlik qiladi.I
Tasavvuf dastlab poklanish, tarki dunyochilik orqali taqvodorlikka crishish tarzida vujudga kelgan xalqparvar tariqat hisoblanadi. U o'rta asrlarga kelgach, butun musulmon Sharqiga keng ko'lamda tarqala boshlaydi. Futuvvatsiz, ya'ni inson ruhini kamolga yetkazmasdan xudoni anglab bo'lmaydi. Insonning ruhini tarbiyalash va parvarishlash orqali undagi eng go'zal xulq-atvor va yuksak fazilatlarni shakllantirish mumkin. Futuvvat (javonmardlik) el-ulusdan yashirin ish qilmaslik, xushfe'llik, ahdga vafo qilish, o'zini boshqalardan yuqori qo'ymaslik. nafsni jilovlash, saxiylik, kibr-havoga berilmaslikdir.
Tasavvufning asosiy mohiyati inson va uning Ollohga munosabatidir, ya'ni solihning Olloh vasliga yetishishidir. Olloh vasliga yetishishning 4 bosqichi bo'lib, bular shariat, tariqat, ma Wat va haqiqatdir. Sufiy ana shu bosqiclilarni bosib o'tib haqiqatga — Olloh vasliga yetishishi mumkin. Umuman olganda,
tasawuf ruhiy pokianish bo'lib, uning nazariy va amaliy tomonlari mavjud. Uning nazariy tomoni tarki dunyochilik, ya'ni asketizm, mistitsizm va ponteizmdan iborat. Unda Tasavvuf vasliga yetishish markaziy o'rinni egallaydi. Bu esa botiniy yo'l bilan, intuitsiya va ishroq bilan amalga oshadi.
Tasavvufhing amaliyot tomoni solihning xulq-odob qoidalarini bajarishda, eng awalo, OUohga sodiq bo'lishda, hech kimga yomonlikni ravo ko'rmaslikda, kasb-hunar orqali hayot kechirishda, o'zgalarga yordam berishda, saxiy va sabr-qanoatli bo'lishda, Tasavvufhing qoidalarini sidqidildan bajarishda namoyon bo'ladi.
Demak, buyuk vatandoshlarimiz tomonidan asos solingan sufiylik tariqatlari islomdagi umuminsoniy axloq me'yorlarining takomillashuviga, azaliy muammo bo'lib kelgan inson muammosini hal qilishga o'zining hissasini qo'shganligi bilan qimmatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |