O’quv materiallari



Download 2,01 Mb.
bet25/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

IIm-fan taraqqiyoti. IX-XI asrlarda arab xalifaligi, shu jumladan, Movarounnahr va Xurosonda nafaqat dehqonchilik, balki metallurgiya, to'qimachilik, hunarmandchilik kabi sohalar ham rivojlanib ketdi. Jamiyatning ham iqtisodiy, ham ma'naviy hayotidagi tub o'zgarishlar ko'plab muammolarning kelib chiqishiga olib keldi. Bu muammolarni hal qilish ilm-fanning rivoji uchun ehtiyoj tug'dirdi. Natijada matematika, astronomiya va boshqa tabiiy fanlar, shuningdek, jamiyatni boshqarish, uning ma'naviy-mafkuraviy hayotidagi muammolar yechimini topishga yordam beruvchi ijtimoiy-gumanitar faniar ham rivojlandi.

Tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarning yuksalishidagi asosiy omillardan yana biri shuki, bu davrda turli xil nazariyalar, qarashlar va g'oyalarni ilgari suruvchi oqimlarniiig paydo bo'lishi va turli fikriar uchun keng yo'lning ochib berilganligidir. Bu oqimlar nafaqat islom nazariyasi va ta'limoti, balki tabiat hodisalari va uning qonuniyatlari hamda inson va uning mehnati, yaratuvchilik salohiyati haqidagi turli xil nazariyalar va ta'limotlarni ilgari suradilar.

Bu davr fanining rivojida ijobiy hodisa hisoblangan ismoiliyUk, mu'tazilliylik va «Ixvon us-safo» («Pok birodarlar») oqimlari katta ta'sir ko'rsatadi.

Ismoiliylik oqimi ilm-fan, ma'rifat va falsafaning keng tarqalishi, tabiat va jamiyat qonunlarini o'rganish, ozodlik, boyltk va qashshoqlikning tub mohiyatini ochib berish g'oyalarini ilgari suradi.

Mu'tazilliylik oqimi tarafdorlari insoniyat jamiyati taraqqiyotida tajriba va bilimning, aql va idrokning roliga alohida e'tibor beradilar. Qur'on va surmatdagi aqidalarni aql-idrokka tayamb talqin etish g'oyasini ilgari suradilar. Ularning fikriga ko'ra, taqdiri azalga ishonish, ya'ni «xudo peshanaga yozib qo'ygan degan aqidaga ishonish Ollohga bo'lgan ishonclini susaytiradi. Chunki insondagi yaramas xatti-harakatlar ham xudoning irodasi mahsuli bo'lib qoladi. Mu'tazilliylarga homiylik qilgan xalifa Ma'mun davrida (813-833) O'rta Osiyo, Eron va Ispaniyada ilm-fan, ayniqsa, matematika, astronomiya, geografiya, falsafa va boshqa fanlar yuksak darajaga ko'tariladi.

Erkin fikrlovchi «Ixvon us-safo» («Pok birodarlar») oqimi tarafdorlari matematika. astronomiya va boshqa tabiiy fanlar hamda falsafa taraqqiyotiga alohida e'tibor berganiar, ilmda halollik uchun kurashganlar. Ayniqsa, ularning odamning paydo bo'lishi haqidagi fikrlari hozirgi zamon fanlari xulosalariga juda yaqin bo'lgan. Ularning fikricha, hayot ekvator mintaqasida, kecha va kunduz teng, issiq va sovuq, namlik va quruqlik uyg'un holatda aralashgan joyda kelib chiqqan, o'sha joyda, g'ayri tabiiy kuchlarning ishtirokisiz, Odam Ato va Momo Havo paydo bo'lgan.

Xullas, «Ixvon us-safo» Sharq Uyg'onish davrining Ibn Sino, Beruniy, ar-Roziy, Umar Xayyom, Ibn Rushd kabi buyiik mutatakkirlarining yetishib chiqishiga va aniq fanlar taraqqiyotiga zamin hozirladi.

Albatta, har bir davrda qarama-qarshi ta'limotlarning mavjud bo’lishi tabiiy hodisa bo'lganidek, ismoiliylik, mu'tazilliylik va «Ixvon us-safo» oqimfarining ta'limotlariga qarshi turuvchi va kurashuvchi oqim - mutakallimlar diniy aqida targ'ibotchilari harakati vujudga keladi. Ular islom aqidalarini sof holda saqlash, turli xil chalkashliklarga yo'l qo'ymaslikni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yadilar. Ularning fikriga ko'ra, Qur'on Olloh tomonidan yuborilgan, uning mazmunini har kim o'z bilganicha talqin etishi mumkin emas.

Mutakallimlarning xalifalik ma'naviy hayoti va mafkurasini o'z qo'llariga olishi natijasida markaz - Bag'dod o'z mavqeyini yo'qota boshlaydi.

Ismoiliylik, mu'tazilliylik va «Sof birodarlar» oqimi g'oyalari xalifa Ma'mundan keyin xalifalik taxtiga kelgan hukmdorlar (masalan, Xalifa Mutavakkil (847-86I) g'azabini kekiradi. Natijada u «Qur'onning vahiy bo'lganligiga shubha bildirgan har qanday kimsa o'limga malikum» degan farmoni oliy chiqartiradi.

Mutakallimlarning iig'or fikr egalariga qarshi olib borgan kurashi natijasida hadislami Qur'on oyatlari darajasiga ko'targan, ularga hech qanday shubha bildirmasdan ishonishni qat'iylashtiruvchi Xanbaliya mazhabi hamda shariatni mutlaqlashtiruvchi va uning musulmonlar hayotini belgilab berishini asoslovchi «AI Ash'ariya» yo'naHshininig paydo bo'lishiga olib keladi.

Mutakallim, Xanbaliya va Al Ash'ariya oqimlari hamda mazhablarining erkin fikr egalarini ta'qib qilishi ko'plab olimtar, san'atkor va boshqa ko'plab ijodkorlarning Xalifalik markazini tark etishlari va Somoniylar huzuriga kelib yashashiga olib keldi. Bu esa O'rta Osiyo ilm-fanining rivojlanishiga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy Afrika va Andalusiya (Ispaniya)ning xalifalik tarkibidan ajralib chiqishi mazkur mintaqalarda tashkil topgan davlatlar madaniy taraqqiyotini tezlashtiradi.

Somoniylar davlatining paydo bo'lishi mintaqamiz madaniy taraqqiyotining yuksalishiga zamin hozirladi. Natijada Somoniylar davrida umuminsoniy madaniyat, ayniqsa, ilm-fan taraqqiyotida o'z izini qoldirgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino singari buyuk mutafakkirlar yetishib chiqdilar.

Agar jahon fani taraqqiyotiga o'zining buyuk hissasini qo'shgan vatandoshlarimiz ijodiga nazar tashlasak, ular Sharq Uyg'onish davrining har bir asrida yashab ijod etganligi, o'zidan oldin yashagan allomalar silsilasini davom ettirganligini ko'ramiz. Masalan, IX asrda yashagan Muso Xorazmiy va Ahmad Farg'oniylar matematika, astronomiya, geografiya fanlark Imom Buxoriy va Iso At-Termiziylar hadisshunoslik; Ahmad Yugnakiy axloqshunoslik ilmining rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan bo'lsalar, X asrda yashagan Abu Nasr Forobiy falsafa, mantiq, jamiyatni boshqarish, tabiiy fanlar taraqqiyotiga, Abu Abdutloh Rudakiy she'riyatning rivojiga ulkan hissa qo'shgan. XI asrga kelib buyuk siymolar faoliyat ko'rsatgan fan sohalari tizimi yanada kengayadi. Masalan, Ibn Sino nafaqat tabobat va falsafa, balki botanika, geologiya, mineralogiya, matematika va astronomiya sohasida; Beruniy astronomiya, fizika, matematika, gcodeziya, geologiya, mineralogiya va tarix sohasida, Nosir Xusrav she'riyatda, Yusuf Xos Hojib axloqshunoslik va adabiyotda; Mahmud Koshg'ariy tilshunoslik va lug'atshunoslikda faoliyat ko'rsatganlar. XII asrda esa Ismoil Jurjoniy tabobat; Alimad Yassaviy tasavvuf (sufiylik) tariqati; Burhoniddin Marg'inoniy fikh (huquqshunoslik), Mahmud Zamaxshariy tilshunoslik, adabiyot, tafsir va huquqshunoslikning rivojiga ulkan hissa qo'shdilar.

Bu davr ilm-fanining rivojlanishidagi asosiy omillardan yana biri - ilm ahllariga ko'rsatilgan g'amxo'rlik, homiylik, hurmat-ehtiromning yuqori darajadaligidir. Bu davrda olimlarning shohlardan ham ko'ra ulug'roq deb hisoblanishining o'zi ilm ahliga bo'lgan munosabatni ko'rsatadi.

Sharq Uyg'onish davri ilm-fanining rivojlanishida V-VI asrlarda Sharqning ko'pgina shaharlariga ko'chib kelib yaxhagan yevropalik olimlar ham muhim rol o'ynaydilar. Ular yordamida qadimgi yunon mutafakkirlarining asarlari arab tiliga tarjima qilina boshlangan. Sharqning Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk siymolari ana shu tarjimalar orqali qadimgi yunon falsafasi, adabiyoti, tabobati, matematikasi, fizika va mexanikasiga oid asarlar bilan tanishib chiqadilar. Musulmon madaniyatining vujudga kelishida arab, yunon, eron va hind madaniyatlarining o'zaro qo'shiluvi ham muhim rol o'ynagan. Hindiston va Yunonistondagi qadimgi davr fani sohalariga oid asariarning arab tilidagi tarjimalari bir tomondan buyuk matematik va astronomiar - Muso Xorazmiy va Alimad Farg'oniylar, so'ngra, Umar Xayyom va Beruniylar ijodining, faylasuf olim Abu Nasr Forobiy va Ibn Sinolar ijodining gullab-yashnashiga turtki bo'ldi.




Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish