O’quv materiallari


Sharq uyg'onish davrida madaniyat va san’at taraqqiyoti



Download 2,01 Mb.
bet27/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Sharq uyg'onish davrida madaniyat va san’at taraqqiyoti. Me'morlik. IX-XII asrlarga kelib, Markaziy Osiyo me'morlik san'ati yangi bosqichga ko'tarildi. Markaziy Osiyoning ko'pgina me'morlik yodgorlildari islom dini xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qurila boshlangan bo'lsada, o'zida islom dinigacha bo'lgan xususiyatlanii ham saqlab qolgan. Qurilish (me'morlik) san'ati ancha takomillashgan. Ayniqsa, pishiq g'ishtdan keng ko'lamda foydalanish, murakkab kompozitsiyalarni yaratish, binoning tashqi va ichki ulug'vorligini ta'minlash imkoniyatini bergan. Ravoqli va gumbazli binolarni ko'plab qurish yo'lga qo'yilgan.

Pishiq g'ishtlarni turlicha terish orqali bino devorlarida o'ziga xos turli bczaklar yaratilgan. Darvozalar, eshiklar, darchalar va taxmonlar ravoqli qilib qurila boshlangan. Masalan, Ismoil Somoniy maqbarasi (10,80x1,70 m3) shaklida ustki qismi gumbaz qilib qurilgan. Devorlarining qalinligi 1,8 metr bo'lib, to'rt tomonga to'rtta bir xil yog'och o'ymakorligining eng noyob namunalari hisoblangan eshiklar o'rnatilgan.

Samarqand, Buxoro, Urganch. Termiz, O'zgan, Marv kabi shaharlarda saroylar, masjidlar, xonaqohlar, madrasalar va minoralar, tim va sardobalar qurilgan. Ayniqsa. naqshinkor mehmonxonalar, ko'rkam va so'lim istirohat bog'lari qurish avj olgan. Bu davrning eng nodir yorgorligi va Markaziy Osiyo me'moriigining barcha xususiyatlarini o'zida saqlab qolgan Ismoil Somoniy maqbarasi o'zining tarovatini hozirgi kunimizgacha saqlab qolgan.

IX-X asrlar me'morchiligining yana bir xususiyati shahar markazi shahristonlarning vujudga kelishidir. Ya'ni shahar markazida turli saroylar, maqbaralar, madrasa va masjidlar, yirik bozorlar, karvonsaroylar va savdo rastalarining qurilganligidir.

IX-X asrlarga kelib Samarqand Movarounnahrning eng go'zal shahriga aylandi. Xl-XII asrlarda hokimiyat tepasiga Qoraxoniylar va Saljuqiylar keldi. lqtisodiy-madaniy taraqqiyot natijasida shaharlar o'z qiyofasini o'zgartirdi. Yirik-yirik inshootlar qurila boshlandi. Ayniqsa, pishiq g'ishtdan ravoqlar va gumbazlar qurilishi an'anaga aylandi. Buxorodagi Raboti Malik o'sha davr me'morligi san'atining noyob yodgorligi hisoblandi.

Bu davr me'morligining yana bir xususiyati binolarda sirli va rangli koshinlardan foydalanilganligidir. Natijada, maxsus hunarmandchilik sexlari ochilgan. Qurilishda foydalaniladigan turli maxsus kasblar paydo bo'lgan. Bu davr me'morligi tarixga «Binokor shoh» nomi bilan kirgan bo'lib, uning taraqqiy etishida Muhammad Sulaymon Tegin o'gli Arslonxon katta hissa qo'shgan.

Muhammad Arslonxon taxt tepasiga kelgach, ko'plab me'moriy yodgorliklarqurdiradi. Ayniqsa, Buxoro uning davrida me'morchilikninggullab-yashnagan markaziga aylanadi. U Buxoroda ko'plab madrasalar. maqbaralar, timlar, karvonsaroylar qurdiradi. Birgina uning davrida Minorai Kalon (asli Minorai Arslonxon bo'lishi kcrak), Karmanadagi Mirsaid Bahrom maqbarasi. Buxoro atrofidagi Raboti Malik, Masjidi Magoki, Vobkent minoralari, Surxondaryodagi Jarqo'rg'on minoralari quriladi. Jarqo'rg'on minorasi 8 qirrali poydevor ustiga yarim aylana shaklida I6 qirrali qilib qurilgan. Uning balandligi 2I metrdan ziyoddir.

Bu davrning eng ajoyib, kishini hayratda qoldiradigan me'moriy yodgorliklaridan bin Buxorodagi Kalon minorasidir. Balandligi chamasi 60 metrlar bo'lib, qumli bo'ronlar payti uning tepasiga kechalari chiroq yoqib qo'yilgan u adashgan tuyalar karvoni uchun mayoq vazifasini bajargan.

XI-XII asrlarda masjidlar qurilisliiga alohida e'tibor berilgan. Masalan, Buxoroning Xazora qishlog'ida qurilgan Dehgaron masjidi XI asrda qurilgan. Masjid yoniga mashhur Raboti Malik karvonsaroyi barpo etilgan. Buxorodagi Nomozgohi, Magoki Attoriy masjidlari ham xuddi ana shu davrda qurilgan. Bu davrda peshtoq gumbazli maqbaralar qurilishi me'morlikning bir ko'rinishi sifatida keng rivojlangan. Bunda binoga kiraverishdagi peshtoqning bezagiga alohida e'tibor berilgan.

Markaziy Osiyoga islomning kirib kelishi an'anaviy, tasviriy san'atda tub o'zgarishlar ro'y berishiga olib kelgan bo'Isa, naqqoshlik, ganchkorlik, o'ymakorlik, kandakorlik va boshqa xalq amaliy san'atlarining boyishiga ta'sir ko'rsatadi.

Islom (alablariga qat'iyan bo'ysunish, an'anaviy tarzda rivojlanib kelgan tasviriy san'atning odam, hayvon va qushlarning, ya'ni tirik jonzotlarning aks ettirilishi man etilgan. Natijada, rangtasvir ustalari butun e'tiborini naqqoshlik san'ati rivojiga qaratadi. Arab yozuvi o'zlashtirilib, epigrafika uslubi vujudga keladi. Arab yozuvidan naqsh sifatida foydalanish keng rivojlanadi. Arab yozuvi ham bezak, ham duo-afsun, ham arab yozuvi va ilohiy so'zlarning targ’ibotchisiga aylanadi. Dastlab arab yozuvlaridan binoning ichki qismlarini bezashda foydalanilgan bo'Isa, birmuncha vaqt o'tgandan so'ng, binoning tashqi qismlari, gumbazlar va minoralarning atroflarini bezashda ham foydalanildi.

IX asrdan bosblab arxitekturada g'isht qalab naqsh solish yuksak darajaga ko'tariladi. Masalan, Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasining ham ichkari qismi, ham tashqi qismida pishiq g'ishtdan qalama usuiida nihoyatda go'zal naqshlar yaratilgan.

Binolarni bczashda girih (to'rtburchak, uchburchak, aylana, yoy, to'g'ri, egri va aralash chiziqlardan iborat), kundal, isiimiy, ramziy va boshqa turli xil naqshJardan keng foydalanilgan. Naqqoshlikda uslubiy ko'rinishlardan sebarga, uchburchakli tutash doira, olti qirrali yulduz, bargak va boshqalardan foydalanilgan.

Bu davrda yog'och, tosh va ganch o'ymakorligi ham keng rivojlangan. Binolarning tashqi qismiga namoyon (tugal naqsh kompozisiyasi) ustun va peshtoqlarga esa, o'yma ganch naqshlaridan ishlatadilar. Farg'ona vodiysida plitkasimon o'yma ganch naqshlaridan keng foydalangan bo'lsalar, Termizdagi me'moriy yodgorliklar ganch o'ymakorligirung eng yuqori darajasiga ko'tarilgan.

Har bir chizilgan naqsh ramziy ma'no kasb etgan. Masalan, gulsafsar naqshi osoyishtalik va uzoq umr timsoli hisoblangan bo’lsa, pechak isnmiy naqshi — boylik va farovonlik, novda — to'kin-sochinlik, yaproq shaklidagi naqshlar — bahoriy uyg'onish ma'nolarini anglatgan.

Ilk Uyg'onish davrida boshlangan xalq amaliy san'ati turlaridan biri kandakorlik hisoblangan. Chunki bu davrda qimmatbaho metallardan yasalgan idishlar islom olamining eng chekka biirchaklarigaclia yetib borgan. Qizil misdan turli xil ko'zalar, idish-tovoqlar, dekchalar, choygumlar, oftobalar, jez va sariq misdan shamdonlar, oq misdan kirtog'oralar, turli xil uy-ro'zg'or buyumlari yasalgan. Oltin suvi yuritilgan ipdan turli xil kiyimlar tikilib, buyumlarga naqshlar solingan.

Musiqa. Musiqa san'atining gurkirab rivojlanishi ham Ilk Uyg'onish davrining buyuk yutuqlaridan biridir. Bu davrda xalq ijodiyotining bir turi hisoblangan musiqa madaniyatining nazariy asoslarini o'rganish avj ola boshlaydi. Dastlab musiqashunoslikka matematika ilmining bir bo'lagi sifatida qaralgan.

Musiqa madaniyatining rivojlanishida xalqning an'anaviy tomosha san'ati muhim rol o'ynadi. Shu bilan birga ilm va san'atsevar hukmdorlarning o'z saroylari qoshiga ko'plab san'atkorlami to'plab. ularga homiylik ko'rsatganliklari ma'lum. Rud, tanbur, barbat, daf (doira), talb, qo'biz, rubob, taburak, nay, zir, chogona, shaypur, surnay, karnay, arnun, qonun kabi musiqa asboblandan keng foydalanganligining o'zi ham musiqa madaniyatining taraqqiy etganligini ko'rsatadi.

Mumtoz musiqa madaniyati. ayniqsa, o'zbek va tojik xalqlarining mumtoz musiqasi hisoblangan «Shashmaqom» ning zamini ham xuddi mana shu davrda mustahkamlandi.

Malkumki, musiqa muayyan xalqning ichki ruhiy holatining ko'zgusi bo'lib, o'zida inson qalbining eng nozik hissiy kechinmalarini aks ettiradi. Shu boisdan Ilk Uyg'onish davri san'atkorlari insonning intilishlari, orzu-havasi, dunyoqarashi va ichki ruhiy kechinmalarini musiqa ohanglariga jo qilishga intiladilar. Musiqa ohanglaridan insonparvarlik tuyg'ularini hikoya qilish vositasi sifatida foydalanadilar.

Bu davr musiqa madaniyatini rivojlantirishda ham turkiy, ham tojik. ham arab, ham forsiy xalq vakillari hamkorlik qildiiar. Masalan, shoir Manuchehriy Dag'moniy o'zining quyidagi baytida X-XI asrlarda musiqa san'ati bilan shug'ullangan cholg'uchi va bastakorlarning nomlarini tiiga oladi:

Az Xuroson Bushuaybu on turki Keshiy

V-on Saburu forsiy von Lukariy changzan...

Ya'ni, Xurosondan Bushuaybu, Buzaru, Kesh (Shahrisabz) lik turk va fors Saburiy va changchi Lukariy...I

Uyg'onish davri mutafakkirlariga xos xususiyat turli sohalar bo'yicha ijod qila olish qobiliyatining mavjudligi hisoblanadi. Masalan, o'sha davrning bastakorlari ham sozanda, ham xonanda, ham shoir boigan bo'lsa, shoirlar sozandalik, bastakorlik, xonandalik va ayrim paytlari raqqoslik vazifasini ham bajarganlar.

Rivoyat qilishlaricha, mashhur fors-tojik shoiri Abu Abdulloh Rudakiy mashhur sozanda, xushovoz xonanda bo'lish bilan birga, o'z asarlariga kuy bastalagan bastakor ham, bo'igan. Munjiqiy Termiziy va Fairuxiy kabi shoirlar ham shoir sifatida ham, musiqa san'ati sohasida ham mashhur kishiiar bo'Iganlar.

Bu davrga kelib, o'rta asr musiqa san'ati nazariyasi ancha rivojlangan. Musiqa nazariyasining vujudga kelishida Abu Yusuf ibn Ishoq al-Kindiy (arablarning birinchi faylasufi degan sharafli nomga ega bo'igan mashhur faylasuf), Abu Nasr Forobiy va Ibn Sino kabi mutafakkirlarning xizmati beqiyos bo'igan. Abu Nasr Forobiy musiqa nazariyasi bo'yicha «Musiqaga oid katta kitob», «Musiqa uslublari haqida kitob», «Musiqa kitobi». «Fanlarning turkumlanishiga oid kitobning musiqaga bag'tshlangan qismi», «Ritm (ibko) laming turkumlanishiga doir kitob» va boshqa asarlarida asosiy e'tiborni musiqa nazariyasi va amaliyoti masalalariga qaratadi. Shuningdck, Forobiy musiqa ilmining bilimdoni sifatida musiqa nazariyasining kategoriyalarini, musiqaning ahamiyatini, uning boshqa ilmlar bilan aloqasini, uning turkumlanishini, ichki qonuniyatlarini, inson ma'naviy dunyosi uchun ahamiyati masalalarini ilmiyjihatdan asoslab berdi. Forobiyning «Ixso al-ulum» («Ilmlarining kelib chiqishi») nomli asarida musiqa ilmining kishi ruhiyatiga ta'siri xususida to'xtalib: «Bu ilm shu ma'noda foydaliki, u o'z muvozanatini yo'qotgan (odamiar) xulqini tartibga keltiradi. Mukammallikka yetmagan xulqni mukammal qiladi va muvozanatda bo'igan (odamiar) xulqining muvozanatini saqlab turadi. Bu ilm tananing salomatligi uchun ham foydalidir, chunki tana kasal bo'lsa, nth ham so'ladi, tana to'siqqa uchrasa, ruh ham to'siqqa uchraydi. Shuning uchun ovozlarning ta'siri ruhni sog'aytirish orqali tana sog'aytiriladi, ruh esa o'z kuchlarini tartibga solinishiga moslashtirilishi orqali sog'ayadi», — deb yozadi.

Abu Yusuf ibn Ishoq Al-Kindiy ham Sharq musiqa nazariyasi bo'yicha to'qqizta asar yozgan. Shu boisdan uni o'z davri arab musiqasining asoschisi deb ataganlar.

Al-Kindiy musiqa nazariyasini ishlab chiqish bilangina shug'ullanib qolmasdan, musiqiy ohaiiglarning inson ruhiyatiga ta'sir etishi masalaiarini ham tadqiq etgan. Uning fikricha, musiqa nafaqat inson kayfiyatining, balki uning fe'I-atvorini ham o'zgartiruvchi qudratli kuchdir. Roviylarning ta'kidlashlaricha, Al-Kindiy musiqa sadolarining bemorlarga ruhiy ta'sir etisliini tajribada sinab ko'rgan. Hatto u shol bo'lib yotgan bolani musiqa yordamida o'rnidan turg'azgan va yurg'izib yuborganligi haqida rna'lumotlar keltiriladi.

Al-Kindiy o'z asarlarida musiqaning turli xil ranglar va hidlar hamda estetik idrokbilan umumiy bog'liq tomonlari mavjud ekanligini ko'rsatib o'tadi. Uning fikricha, ba'zi bir gullar chiqaradigan bo'y bilan kuy keltirib chiqaradigan ruhiy holatlar o'rtasida qandaydir umumiylik mavjud. U gullar va hidlarni tovushsiz musiqa deb hisoblaydi. Uningcha, ayrim xushbo'y hidlar kishida jasorat hissini. ayrimlari esa faxrlanish tuyg'usini uyg'otadi. Ba'zilari kishilarga zavq-shavq bag'ishlaydi.

Umuman olganda, IX-XII asr mutafakkirlari musiqa nazariyasini yaratib berish bilan birga, musiqa ohanglarining ma'naviy barkamol insonni shakl-lantirishdagi rolini ham amaliy jihatdan, ham nazariyjihatdan asoslab bergan va umumjahon musiqa nazariyasi taraqqiyotiga zamin yaratgan.

Xulosa qilib aytganda, ilk Uyg'onish davri madaniyatining taraqqiy etishi, birmuncha ijobiy, mahalliy xalq ma'naviyatiga tez singib boradigan, tavhid — yakka xudolikka e'tiqod qilishni targ'ib qiluvchi islom dini - yangi mafkuraning yoyilishi bilan bog'liq bo'lgan. Bu boshqa diniy e'tiqodlarga amal qiluvchi xalqlar till, madaniyati bilan tanishish imkoniyatining turli xil yangi oqimlar, yo'llar, qarashlar, ijod turlari va shakllarining keng yoyilishi, mahalliy xalq vakillari uchun noma'lum bo'lgan muqaddas yozuvning, uning mazmun va mohiyatini o'rganishga bo'lgan intilishning kuclililigi, o'sha davr hukmdorlarining ma'rifatga intilishi, o'z zamonasining ilg'or fikrli namoyandalarini, fozilu fuzalolarini, san'atkorlarini yig'ish va ularga homiylik qilish asosida ro'y bergan.

Bu davr Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining yuksalishi hududiy chegaradan chiqib, mintaqa, so'ngra umumjahon madaniyati taraqqiyotiga kuchli ta'sir ko'rsatganligi bilan xarakterlanadi.

IX-XII asrlar madaniy taraqqiyoti keyingi davr Yevropa Uyg'onish davri madaniyatiga kuclili ta'sir ko'rsatib, ulaming o'tmish madaniy merosiga bo'lgan munosabatlarini, yangi davr ijtimoiy-tabiiy taraqqiyotiga bo'lgan muno-sabatlarning o'zgarishiga turtki berdi. Sharq Uyg'onish davri madaniyatida asosiy e'tibor insonning ma'naviy dunyosi takomiliga qaratildi. Komil inson, Haqqa

intilishga chorlash, imon va e'tiqod yakdilligi, falsafiy tafakkur, san'at va adabiyotning barcha ko'rinishlarining asosiy mavzusiga aylandi,

Sharq Uyg'onish davri madaniyati va ma'naviyati takomilidan xulosa chiqargan Ovaipo Uyg'onish davri mutafakkirlari asosiy e'tibomi insonning aql-idroki bilan birga lining moddiy manfaatdorligiga, tabiiy taraqqiyot qonuniyatlarini ochishga ham qaratdilar.

Ilk Uyg'onish davri madaniyati fan, adabiyot, san'at va me'morlikda insoniyat ijodi mahsulining eng noyob yodgorliklari va asarlarining yaratilishiga, keyingi davr mutafakkirlarining ilhom manbayiga aylangan. Bu nafaqat islom dunyosi xalqlari, balki umumbashariyatning abadiy yodgorligiga aylangan asarlaming vujudga keiishiga sabab bo'ldi. Bu davr madaniyati ko'pgina etnoslarning o'zligini anglab yetishlariga, etnik birlik sifatida shakllanishlariga yordam bergan.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish