Ahloqiy xulq-atvor andozalari
Har bir inson unikal ekani, inson xulq-atvorini va unga kо‘rsatiladigan ma’naviy yordam xarakterini belgilaydigan sharoitlar unikal ekanini tushunishga intilish.
Kasbiy qadriyatlarni tadbiq qilish, bilim va kо‘nikmalarni takomillashtirish; kasb obrо‘sini tushiradigan hatti-harakatlar qilmaslik.
Shaxsiy va kasbiy imkoniyatlarga ortiqcha baho bermaslik.
Har doim paydo bо‘layotgan muammolarni hal qilishda bilimlar, kо‘nikmalar va ilmiy bilish metodlaridan foydalanish.
Jamiyat hayotining sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan siyosatning asosiy yо‘nalishlarini va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda kasbiy tajribalardan foydalanish.
Ijtimoiy ehtiyojlar, shaxsiy, guruh va jamoa, milliy va xalqaro ijtimoiy muammolarning mohiyati va xarakterini aniqlash va ularni tushuntirish.
о‘z shaxsini namoyon qilish sifatida ham, kasbiy, uyushma, tashkilot vakili sifatida ham bajarayotgan harakatlar va yondashuvlarni tushunarli shaklda aniq va ravon izohlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |