Nerv sistemasining rivojlanishi
Bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali eng soda hayvonlarda maxsus nerv sistemasi bo‘lmay, ular ta’sirni butun tanasi orqali qabul qiladi va unga javob qaytaradi, bunday harakat taksis deyiladi. Hayvon organizmi takomillashgan sari nerv sistemasi ham murakkablashib boradi. Eng soda kovakichakli hayvonlarda (gidralarda) ta’sirni qabul qilish va unga javob qaytarish funksiyasini maxsus hujayralarning quydagi uch gruppasi bajaradi.
Epiteliy – muskul xujayra ta’sir qabul qiluvchi hujayralar qoplamlarida; ektoderma va endoderma qavatlari orasida, unga javob qaytaruvchi qismi esa epiteliy ostida joylashadi. Ular ta’sirni epiteliy-muskul qismlariga etkazib berib, harakatni vujudga keltiradi.
Ta’sir qabul qiluvchi nerv hujayrasi ikki xil nerv hujayrasidan iborat bo‘lib, ularning biri tashqi muhit tomoniga qaragan, ikkinchisi uzun effektor hujayra bo‘lib, ta’sirnimuskul hujayrasiga o‘tkazadi. Bular ta’sirni qabul qiluvchi birlamchi hujayralar deb ham yuritiladi.
Nerv hujayralari epiteliy hujayrasi ostida joylashadi. Ular o‘z o‘simtalari Bilan epiteliy, muskul hujayralariga qo‘shilib, diffuziya to‘rini hosil qiladi. Nerv hujayralari kuchli harakat reaksiyasini ta’minlaydi. Diffuziya to‘rining nerv hujayralari organizmning hamma qasmlarini bir butun qilib bog‘laydi. Nerv hujayrasining diffuzion tuzilishi juda oddiy bo‘lib, ta’sirni ham diffuziya yo‘li Bilan o‘tkazadi. Bunday nerv hujayralari meduzalarda bir joyga to‘plana boshlagan, ular soyaboni atrofiga halqa shaklida yig‘ilgan. Bu joyda ko‘rish organi, xemoretseptorlar va muvozanat organi paydo bo‘lgan. Bir o‘qli va ikki tomonlama simmetriyali tuzilgan organlarda nerv hujayralarining to‘planganligi yaqqol ifodalangan.
Buni onelid hayvonlarda ko‘ramiz. Ularning ichagi ostida nerv gangliylari joylashadi. Nerv tolalarigangliy ichida, hujayrasi esa periferiyada joylashadi. SHu bilan umurtqali hayvonlar gangliysi umurtqasizlarnikidan farq qiladi. Har qaysi gangliydan periferiyaga nerv o‘simtalari tarqaladi.
Xordali va umurtqali hayvonlarning nerv sistemasi ektodermadan kelib chiqqan, u eng oldin orqa miya nerv plastinkasidan paydo bo‘lgan. Orqa miya nerv plastinkasidan nerv ariqchasi hosil bo‘lib, keyin u nerv nayiga, orqa miya markaziy kanaliga aylanadi v orqa miyaning negizi hosil bo‘lishi hisoblanadi, keyinchalik nerv tolalari orqali butun organizm bilan bog‘lanadi. Xordali va umurtqali hayvonlarning nerv sistemasi va bosh miyasi yaxshi rivojlangan. SHuning uchun ta’sirini ham yaxshi sezadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |