O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet81/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   188
Bog'liq
morfologiya

7.Limfa tizimining rivojlanishi
Limfa tizimi yuqori darajada tuzilgan baliqlardan boshlanadi. Limfa tomirlari gemolimfa tomirlarining takomillashuvi natijasida hosil bo’lgan. Bunday tomirlar to’garak og’izlilar terisi ostida bo’shliq va tomirlar shaklida uchraydi. Limfa tomirlari qon tomirlariga qaraganda anchagina keyin paydo bo’lgan. Suyakli baliqlarning limfa tomirlari yaxshi rivojlangan bo’lib, terisi ostida va ichki organlarida bo’shliq shaklida uchraydi. Umurtqa pog’onasi ostida ikkita stvol hosil bo’lib, u ko’krak yo’li hisoblanadi. Quruqlikda yashovchi hayvonlarda limfa tugunlari to’r hosil qilib, vena tomirlari Bilan birlashadi. Dumli amfibiya va reptiliyalarning yoshlik davrida ular xudi baliqlarnikiga o’xshash bo’ladi, katta yoshida esa teri osti limfa bo’shlig’ini hosil qiladi. Amfibiya va repsitiliyalarda qisqaruvchi ikkita yuraksimon organ bo’lib, ularning biri oldinda, ikkinchisi orqa tomonda joylashadi. Bular har ikkala tomondan qisqarib, limfa suyuqligini venaga haydaydi. Qushlarda va sut emizuvchi hayvonlarda limfa tomiri birmuncha rivojlangan, ularda ingichka yupqa limfa nayi va klapanlar paydo bo’ladi. Limfa tugunlari dastlab suvda suzuvchi qushlarda paydo bo’lgan. Limfa tugunlari va tomirlari sut emizuvchilarda to’la rivojlangan. Limfa yurakchalari sut emizuvchilarning embrionlik davrida yo’qolib ketadi.
8.Qon qosil qiluvchi va immun organlar.
Qonning shaklli elementlari: eritrositlar, limfositlar va trombositlar doim nobud bo’lib, o’rniga yangilari paydo bo’lib turadi. Bu funksiyani qon hosil qiluvchi organlar bajaradi. Taloq, qizil ilik, limfa tugunlari, limfoid organlar, bodom bezi va to’sh orti bezi (timus) qon hosil qiluvchi organlardir.
Taloq – lien parenximatoz organ bo’lib, u qorin bo’shlig’ida oshqozonning chap tomonida joylashadi. Bu organda homila tug’ilguncha qizil va oq qon hujayralari ishlanib chiqadi. Qarigan eritrositlar doim nobud bo’lib taloqda shimiladi, ular qoldig’idan jigarda o’t pigmenti sintez qilinadi. Taloq organizmda juda katta rol o’ynaydi, ya’ni u organizmning biologik filtridir. Taloq qon deposi ham hisoblanadi. Uning rangi har xil hayvonlarda turlicha (ko’kimtir, qizg’ish, qoramtir-qizg’ish, konsistensiyasi yumshoq, shakli bir tuyoqlilarda uzun o’roqsimon, qoramollarda uzun, cheti tekis, qorako’l quylarda uchburchak, echkilarda yumaloq, to’rtburchaksimon, cho’chqalarda uzun va tor) bo’lib, bu narsa uning qon bilan to’lishiga bog’liq. Taloqning sirti seroz parda bilan qoplangan bo’lib, u qo’shni organlarga o’tib, maxsus paylar: oshqozon osti payi - lig. Gastrolienale, taloqni ko’tarib turuvchi pay - lig. suspensorium lienalis, taloqning buyrak payi - lig. renolinale va taloqning diafragma payi - lig. Phrenicalienale ni hosil qiladi.
Taloq kasulasidan ichki tomonga bir qancha trabikulalar o’tib, to’r hosil qiladi. Uning ichida taloq eti (pulpasi) joylashadi. U mayda qon tomirlaridan va qonning shaklli elementlaridan tuzilgan bo’ladi. Taloq, asosan oxirgi II-III qovurg’alar va I bel umurtqalari ro’parasida joylashadi. Uning uzunligi qoramollarda 40-50 sm, cho’chqalarda 45 sm gacha, otlarda 30-35 sm bo’ladi. Taloq yuqori qismi asosi - caput lienalis, toraygan joyi, pastki qismi - cauda lienalis va qon tomirlar kiradigan joyi qopqa deyiladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish