O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet77/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Limfa tugunlari organizmning aniq joylarida to’p-to’p bo’lib joylashadi. Limfa tugunlari - lymphanodus zich retikulyar to’qimadan tuzilgan bo’lib, kapsula bilan o’ralgan. Bu kapsuladan limfa tugunlarining ichki qismiga bir qancha xovon (to’siq) - trabecula chiqadi, ular oralig’ida limfa tugunining po’stloq va mag’iz moddalari joylashadi. Limfa tugunlariga keluvchi tomirlar kapsulani teshib o’tib, sinuslarga ochiladi, shu yerda limfa oqimi sekinlashadi. Limfa suyuqligiga bir qancha limfa tanachalari qo’shiladi. Limfa tomirlaridan oqadigan limfa suyuqligining miqdorini aniqlash juda qiyin, chunki uning 2/3 qismi suv, shundan, 10 % qon, qolgani (55-60 %) limfa suyuqligi bo’ladi. Limfa suyuqligi qon tomirlari bo’ylab organizmga, to’qimalarga tarqalib, keyin limfa tomirlariga o’tadi, so’ngra butun organizmdan yig’ilib kelib, Yana qon tomirlariga tushadi.
6.Organizmning asosiy limfa yo’llari va limfa tugunlari.
Butun tanadan limfa suyuqligi quyidagi ikkita asosiy limfa yo’li bo’ylab yig’iladi.
Ko’krak limfa yo’li - ductus thoracicus butun tananing ko’p qismidan limfa suyuqligi to’playdi. Bu yo’l bel sisternasidan boshlanadi va ko’krak aortasining o’ng qismida joylashadi. U oldingi kovak venaga quyiladi. Bel sisternasi - cisterna chili har xil shaklda bo’ladi. U aortaning o’ng qismida I bel umurtqasi ostida joylashadi. Sisternaning orqa qismiga belning limfa stvoli - truncus lymphaticus lumbalis va ichak limfatik stvoli - truncus lymphatcus intestinalis kelib qo’shiladi. Qorako’l qo’ylarda ko’krak yo’li bo’yinturuq venasiga quyiladi. O’ng va chap kekirdak limfa tomirlari - ductus trachialis dexter et sinister halqum orti limfa tugunlaridan limfa suyuqligi yig’adi.
O’ng limfa yo’li - truncus lymphaticus dexter uncha uzun emas, lekin anchagina keng bo’lib oldingi o’ng oyoq, bo’yin va ko’krak qafasining o’ng tomonidagi limfa tugunlaridan limfa suyuqligi oladi. U birinchi qovurg’a ro’parasida oldingi kovak venaga qo’shiladi.
Boshdagi limfa tugunlari
Quloq oldi limfa tuguni – ln. rarotidei quloq oldi so’lak bezining ostida, yuqorigi jag’ pastki tomon bo’g’imining quyi qismida joylashadi. Unga halqumning yon qismidagi tugunlardan limfa oqib keladi. Quloq oldi limfa tugunining uzunlgi qoramollarda 5-7 sm, cho’chqalarda (2-3 ta) 3-6 sm, otlarda (6-10 ta) 2-7 sm bo’ladi.
Jag’ osti limfa tuguni - ln. mandibularis pastki jag’ shoxchalari orasida teri ostida joylashadi. Ildizi boshda bo’lib, unga halqum va bo’yin tugunlaridan limfa kelib quyiladi. Uzunligi qoramollarda 3-3,5 sm, cho’chqalarda (1-2 ta) 3-3,5 sm, otlarda (35-75 ta) 0,2-3,5 sm bo’ladi.
Halqum orti limfa tuguni - ln. retropharyngei bir necha gruppa bo’lib, ular yon tomondagi va qo’shimcha limfa tugunlaridan iborat.
O’rta qism limfa tuguni - ln. retropharyngeus medialis halqumning ustki qismida joylashadi, ildizi bosh, halqum, qizilo’ngach va hiqildoqda bo’lib, kekirdak limfa yo’li bo’ylab oqadi. Uzunligi qoramollarda 3-6 sm, cho’chqalarda kam uchraydi, otlarda (20-40 ta) 0,3-4 sm bo’ladi, u bo’yinning chuqur limfa tuguni bo’ylab oqadi. Yon tomon limfa tuguni - ln. retropharyngeus lateralis atlant qanotining chuqurchasida joylashadi, ildizi boshda, limfaning oqishi har xil, uzunligi qoramollarda 3-3,5 sm, cho’chqalarda 1-3 sm, otlarda (8-15) 0,31,5 sm. cho’chqalarda qo’shimcha limfa tuguni - ln.n. mandibularis accessories ham bo’lib, uning uzunligi 0,3-1 sm keladi va jag’ osti bezining orqa qismida joylashadi, ildizi bo’yinning oldingi qismida bo’lib, bo’yinning yuza limfa tuguniga quyiladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish