O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari


Muskullarning yordamchi organlari



Download 2,63 Mb.
bet130/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Muskullarning yordamchi organlari
Muskullarning harakat vaqtidagi funksiyasini engillashtirishda bir qancha organlar juda katta ish bajaradi. Bunday organlarga: fassiyalar (pishiq pardalar), shilimshiq xaltachalar (fibrozli va paylarning shilimshiq qinlari) va suyak to‘piqlari (kunjutsimon suyaklar) kiradi.
Fassiyalar – fascia ayrim muskullar va muskul to‘plamlarini sirtdan o‘rab turadigan biriktiruvchi to‘qima plastinkalardan iborat bo‘ladi. Ular bevosita teri ostida joylashsa, yuza fassiya – fascia superficialis, muskullarni ostki tomondan ham o‘rab olsa, chuqur fassiya - fascia profunda deyiladi. Fassiyalar muskullarni suyaklarga bog‘lashda ham muhim rol o‘ynaydi. Ular tananing hamma joyida bir xil emas, ba’zi joylarda tig‘iz va qalin, ayrim joylarda esa siyrak bo‘lib, muskullarning ichki qismiga ham o‘tib oladi. Fassiyaning rivojlanishi muskullarning ishlash darajasiga bog‘liq, shuning uchun ham ko‘p harakat qiladigan qismlarda, masalan, oyoqlarda u kuchli bo‘ladi. Hatto fassiyalar hisobiga fibrozning qin xaltachalari va halqasimon paylar hosil bo‘ladi. YAxshi rivojlangan ayrim fassiyalar, masalan, bel, yon, ko‘krak, qorin fassiyalari degan maxsus nom olgan.
Fassiyalarning ahamiyati katta, ular g‘ilof sifatida muskullarni o‘rab turadi. Muskullarni og‘ir ish bajarish vaqtida uzilib ketishdan saqlaydi, muskullarga keladigan qon, limfa va nerv tomirlarining tartibli ravishda tarqalishini ta’minlaydi. Fassiyalar yonma – yon turgan muskullarning bir – biriga ishqalanishini kamaytiradi.
Ba’zi o‘txo‘r hayvonlarning qornidagi sariq pay juda kuchli bo‘lib, butun ichki organlarni ko‘tarib turadi.
SHilimshiq xaltacha - bursa ko‘p harakat qiladigan va harakat vaqtida ishqalanadigan muskullar ostida biriktiruvchi to‘qimadan iborat xaltachalar bo‘ladi. Xaltacha ichida sinovial suyuqlik bo‘lib, u muskullar ishqalanishini kamaytiradi. Xaltachaning katta – kichikligi bajaradigan ishiga qarab har xil bo‘ladi. Xaltachalarning topografik joylashishi va tuzilishini bilish xirurgiya klinikasida katta ahamiyatga ega.
Xaltachalar joylashishiga qarab, bir necha xil: chandir osti, muskul osti, pay osti va teri osti xaltachalari bo‘ladi. Tuzilishiga qarab, xaltachalar oddiy – bir xaltachali va murakkab – ko‘p xaltachali bo‘ladi.
Paysimon sinovial qin - vagina tendinis synovialis oyoq muskullarining paysimon qismini o‘rab olib, muskullarning oson ishlashini ta’minlaydi. Paysimon qin ikki xil bo‘ladi:

  • paylarning fibroz qini - vaginae tendinum fibrosae oddiy muskul paylarini o‘rab oladi va uning tashqi yuzasini pardacha bilan qoplab, g‘ilof hosil qiladi; 2) pay qinlarining shilimshiq xaltachasi shilimshiq - vagina tentinum synovialis xaltachaning o‘zgargan shakli bo‘lib, anchagina murakkab tuzilgan. Bu muskul payning hamma joyini o‘rab olib, uzunchoq xaltacha hosil qiladi, uning ichida pay bemalol harakat qiladi. Bunday xaltachalar serharakat bo‘g‘imlarda bo‘ladi, masalan, bilakuzuk va tovon bo‘g‘imlari ustida joylashadi.

Pay qinlarining shilimshiq xaltachasi ikki varaqqa bo‘linadi: a) ichki varaq – bevosita payni o‘raydi; b) tashqi varaq – qinning tashqi devorini hosil qiladi. Ba’zi joylarda shilimshiq qin bo‘g‘im bilan birlashib, sinovial qin nomini oladi, bunday qinlar qoramollar bilakuzuk bo‘g‘imining muskulini o‘rab turadi.
To‘piq suyaklari ham muskullarga yordamchi organlar bo‘lib, ular barmoq bo‘g‘imlarining orqa tomonida joylashadi. To‘piqlar ustida muskul paylari erkin harakat qila oladi. To‘piq suyakchalari kaftning birinchi barmog‘i bo‘g‘imida bo‘ladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish