O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet129/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Muskullarning shakli
Muskullarning joylashishiga va funksiyasiga qarab shakli har xil bo‘ladi.
Plastinkasimon muskullar tananing ko‘p qismida joylashib, keng parda bilan tamom bo‘ladi. Bunday muskullarga elkaning keng muskuli, pastki tishsimon muskullar kiradi.
Lentasimon muskullar tananing ko‘p qismida uchraydi. Elka – bosh muskuli – musculus brachiocephalicus, to‘sh bosh muskuli musculus sternocephalicus va boshqalar ana shunday muskullardir.
Urchuqsimon muskullarning kichik qorinchasi bo‘ladi. Bunday muskullar ko‘pincha oyoqda uchraydi. Bu muskullar ish bajarishiga qarab bir necha xil bo‘ladi.
Oddiy muskullar tolasi uzunasiga parallel shaklda o‘tadi. Ular ichida hech qanday qo‘shimcha tola bo‘lmay, balki yaxlit muskul tolalaridan tuzilgan bo‘ladi. Bu xildagi muskullar tananing yuqori qismida uchraydi.
Murakkab muskullar tolasi ichida qo‘shimcha paylar bo‘ladi, ular bir qancha tolalarga bo‘linib, harakat vaqtida o‘rtacha charchaydi.
Statik muskullar ichida ko‘p miqdorda pay tolalari bo‘lib, ular har qancha qisqarsa ham ko‘p charchamaydi. Bunday muskullar oyoqlarning pastki qismida uchraydi, bo‘g‘imlarni tutib turishda ularning xizmati katta bo‘ladi.
Ko‘p bo‘limli muskullarning tolasi bir qancha ayrim muskul tutamlaridan iborat bo‘ladi, ular qo‘shilib bitta muskul – ko‘p bo‘limli tana muskuli - m.multiffidus ni hosil qiladi.
Halqasimon muskullar teshikli organlar, masalan, og‘iz teshigi, orqa chiqarish teshigi va boshqalarning yopqichi hisoblanadi. Bulardan tashqari, uch boshli, to‘rt boshli va murakkathb muskullar ham bo‘ladi.
Muskullarning ishi
Muskullar qisqarib – yozilganda aniq bir ish bajarib, organizmda issiqlik hosil qiladi. Tanadagi issiqlikning 2/3 qismini ko‘ndalang – targ‘il muskullar, 1/3 qismini esa silliq muskullar hosil qiladi. Tanadagi muskullarning kuchi har xil bo‘ladi. 1 mm2 o‘rtacha ko‘ndalang muskullar 10 kg, 1 sm2 silliq muskullar 1 kg yukni ko‘tarishi mumkin. Oyoqning payli muskullari juda kuchli bo‘ladi. Har bir muskul tolasi qisqarganda yo‘g‘onlashadi, birikkan nuqtalari bir – biriga yaqinlashib, kuchi ortadi. Teriga birikkan muskullar, masalan, bo‘yin muskullari qisqarganda terini burishtiradi. Suyak muskullari bo‘g‘imlar vositasida o‘zaro birlashgan suyaklarga ta’sir ko‘rsatganligi uchun o‘ziga xos richag hosil qiladi. Bunday holatni oyoq suyaklarida ko‘rish mumkin.
Birinchi xil richag (ikki elkani richag) unchalik ko‘p bo‘lmaydi. Unda tayanch nuqtasi kuch to‘planadigan nuqta bilan qarshilik nuqtasi (yuk) orasida bo‘ladi. Bunday richag muvozanat richagi deyiladi, bunga boshning ensa – atlant bo‘g‘imi richaglari kiradi.

  • Ikkinchi xil richag (bir elkali richag) da qarshilik nuqtasi tayanch nuqtasi bilan uch to‘planadigan nuqta orasida bo‘ladi. Bunday richag organizmda juda ko‘p uchraydi. Bunga oyoq barmoqlarining bo‘g‘im richaglari misol bo‘ladi. Bunday holatda kuch to‘planadigan elka qarshilik (yuk) elkasiga qaraganda uzunroq bo‘ladi. SHuning uchun bu richag kuch richagi deyiladi. Bir elkali richagning ikkinchi turida kuch to‘planadigan nuqta tayanch nuqtasi bilan qarshilik nuqtasining orasida bo‘ladi. Bunday richagda qarshilik elkasi kuch to‘planadigan elkaga qaraganda uzunroq bo‘lganligi sababli ozgina qarshilikni engish uchun ham birmuncha kuch sarflashga to‘g‘ri keladi, lekin bu richagda yo‘ldan yutqaziladi, vaqtdan yutiladi. SHuning uchun bu tezlik richagi deyiladi. Elka bilan tirsak bo‘g‘imi richaglari tezlik richagiga misol bo‘ladi. Tana muskullari ishlashi natijasida bir qancha bir xil ish bajaradi. Bunday muskullar sinergest muskullar deyiladi, lekin qarama – qarshi joylashgan muskullar bir – biriga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, bunday muskullar antagonist muskullar deyiladi. Masalan, bir tomonda joylashgan

Tana muskullari faqat bir emas, balki bir necha bo‘g‘imni harakatga keltirishi mumkin. Masalan, elkaning ikki boshli muskuli elka bo‘g‘imini yozadi, tirsak bo‘g‘imini bukadi. Muskul tolalari organizmning yoshiga qarab o‘zgarib boradi. Masalan, odamlarda 30 yoshda kuchli bo‘ladi, 40 yoshda esa asta –sekin kuchi kamayib boradi, buning natijasida qorin osilishi, bukchayib qolish hollari ro‘y beradi.
Og‘irlik markazi hamma hayvonlarda bir xil bo‘lmaydi. Otlarda og‘irlik markaziya tananing o‘rta qismiga, kuraksimon o‘simtaning orqa tomoniga, ko‘krak qafasining pastki, o‘rta va yuqori qismiga to‘g‘ri keladi. Qoramollarda birmuncha keyinroqda, odamlarda esa bir oz oldiroqda joylashadi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish