O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet22/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   188
Bog'liq
morfologiya

4. Sekretsiya va uning turlari.
Sekretsiya moddalar almashinuvining alohida, ixtisoslashgan turining ifodasi bo`lib, hujayra tomonidan butun organizm hayot faoliyati uchun zarur bo`lgan moddalarning ajratib chiqarilishi bilan bog`liqdir. Bu jarayon avval boshdan organizm va muhitning o`zaro ta`siri asosida epiteliy bilan bog`liq bo`lgan. Sekretsiyaga ixtisoslashgan hujayralarning yig`indisi bezlar deyiladi, ularni quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin.
Silindrsimon epiteliy tarkibidagi qadahsimon hujayralar bir hujayrali, shilliq (mutsin) ishlab chiqaruvchi bezlardir. Aksariyat ko`pchilik bezlar ko`p hujayrali bo`lib, murakkab tuzilishga ega organlardir. Ularni morfo-fiziologik xossalariga ko`ra ikki guruhga: ichki (endokrin) va tashqi (ekzokrin) sekretsiya bezlariga bo`lish mumkin. Endokrin bezlar xususiy gistologiya bo`limida o`rganiladi. Ekzokrin bezlarda (49-rasm) sekret ishlab chiqaruvchi terminal (oxirgi) qismchalar va chiqaruv yo`llari farq qilinib, bu bezlarning klassifikatsiyasi sekretor (oxirgi) qismlarining shakli va chiqaruv yo`llarining tarmoqlanishiga asoslanadi. Ekzokrin bezlarning turli tiplari yuqoridagi sxemada o`z aksini topgan.
Bez (sekretor) hujayralar uchun umumiy bo`lgan xususiyat ularning tuzilishidagi qutblilikdir. Bu hodisa sekret ishlab chiqarilishi bilan bog`liq. Sekret, odatda, bez hujayrasi (glandulotsit)ning apikal qismida to`planadi. Glandulotsitda sitoplazmatik to`r va plastinkali kompleks yaxshi taraqqiy qilgan bo`lib, ayrim hollarda mitoxondriyalar ko`p. Gidrolitik fermentlar ishlab chiqaruvchi bezlarning glandulotsitlarida sitoplazmatik to`r juda kuchli taraqqiy qilgan.
Sekretsiya jarayonida uch faza: sekret hosil bo`lishi, sekretning chiqarilishi (ekstruziya) va sekretor hujayra strukturasining tiklanishi farq qilinadi. Sekret chiqarilishi turli bez hujayralarida har xil bo`ladi. Shunga ko`ra sekret ishlab chiqarilishining uch tipi mavjud. Merokrin sekretsiya (meros-qism, krino-ajratmoq, chiqarmoq) - bez hujayrasi, o`z shaklini va tuzilishini sezilarli darajada o`zgartirmasdan sekretini tashqariga ajratib chiqarib turadi. Ter bezlari, so`lak bezlari va boshqa ayrim bezlar bunga misol bo`ladi. Apokrin sekretsiya (apo - uchidan) - bez hujayrasining apikal qismida to`plangan sekret vaqt-vaqti bilan hujayra uchidan ajralib chiqadi va sekretni chiqarib yuborgan hujayra past bo`yli bo`lib qoladi. Bunday tipda sut bezi faoliyat ko`rsatadi. Golokrin (holos-butunlay) sekretsiya bez hujayrasining butunlay emirilib sekretga aylanish yo`li bilan boradi. Terining yog` bezlari shu yo`l bilan sekret ishlab chiqaradi. Golokrin bezlarining kambial elementlari yaxshi taraqqiy qilgan.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish