O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet18/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Nazorat uchun savollar:
1. Embryon deganda nima tushinasiz?
2. Zigota bilan embrionni farqi.
3. Sariq moddaning sitoplazmada joylashishiga ko`ra qanday tuxum hujayralar farq qilinadi?
4. Spermatogenez qaysi organda yuz beradi?
5. Qushlar zigotasida qanday maydalanish?


4.Mavzu:.To‘qimalar. Epiteliy va biriktiruvchi to`qimalar


Reja:
1.To’qima nima. To’qimanlarning umumiy xarakteristikasi va klassifikasiyasi.
2. Epiteliy to’qimasi (taraqqiyoti, o’ziga xos morfologik belgilari).
3.Epiteliy to’qimasi klassifikasiyasi, turlari, xarakteristikasi va regenirasiyasi.
4. Sekretsiya va uning turlari.


Asosiy adabiyotlar
Ibrohimov Sh.I. va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, darslik, T. 2006.
Xorijiy adabiyot
Elizabeth Aughey,Fredric L. Frye «Comporative Veterinary Histology with clinical correlates». Copyright © 2001
Qo’shimcha adabiyotlar
Shodiev N.Sh va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, o’quv qo’llanma, T.2006
Internet saytlari
www. Ziyo.net.uz.
1. To’qima nima. To’qimanlarning umumiy xarakteristikasi va klassifikasiyasi.
Bir necha xil to`qimalardan tashkil topgan murakkab sistema hisoblanuvchi organizm o`z taraqqiyotini yagona hujayra - zigotadan boshlashi bizga embriologiya kursidan ma`lum. Zigota maydalanish natijasida ko`p hujayrali organizmga aylanadi. Bu maydalanish mitoz bo`linish bo`lib, hosil bo`layotgan hujayralar bir xil genotipga ega. To`qimalar esa hujayralarning organizm taraqqiyoti jarayonida tabaqalanishi (differensiatsiyasi) natijasida hosil bo`ladi. Tabaqalanishni tuxum hujayra sitoplazmasida moddalar taqsimlanishining bir xil emasligi va turli to`qimalar taraqqiy qilayotgan sharoitlarning bir-biridan farq qilishi bilan izohlash mumkin.
To`qima (histos-to`qima) evolyutsion taraqqiyot natijasida vujudga kelgan, morfo-funksional xossalari va moddalar almashinuvining umumiyligi bilan xarakterlanadigan, individual taraqqiyot jarayonida umumiy manbalardan kelib chiqadigan hujayralar va ularning hosilalaridan iborat sistemadir. To`qimalarni o`rganish va tasnif qilishda uch asosiy omilni: to`qimalarning kelib chiqishi hamda tarqqiyoti (genezi)ni, morfologik va funksional xossalarini hisobga olish lozim. Faqat ana shu uch omilga asoslangan tasnif tabiiy, to`qimalar o`rtasidagi munosabatlarni to`g`ri aks ettiruvchi tasnif bo`ladi. To`qimalar embriongenez davrida paydo bo`lib, tabiiyki keyin ham rivojlanishni davom ettiradi: hujayralar va hujayra shakliga ega bo`lmagan elementlarning differensiatsiyasi doimo yuz berib turadi. Binobarin, to`qimalar tarkibida etilgan va ma`lum vazifani bajarishga ixtisoslashgan hujayralar bilan birga kam tabaqalangan, ko`payish va differensiatsiya qobiliyati saqlangan yosh hujayralar - kambial elementlar ham mavjud bo`ladi.
To`qimalarning evolyutsion taraqqiyot natijasida kelib chiqishi masalasini o`rganishda mashhur rus olimi I.I.Mechnikovning fagotsitella (parenximella) nazariyasi katta ahamiyatga ega. Bu nazariyaga ko`ra hozirgi zamon ko`p hujayrali hayvonlarining ajdodlari sharsimon koloniyalar shakldagi organizmlar bo`lgan. Parenximella (fagotsitella) ichi hujayralar bilan to`lgan epitelial shar bo`lib, ovqat hazm bo`lishi hujayra ichida fagotsitoz yo`li bilan yuz bergan. Oziq moddalarni atrof-muhitdan faqat koloniya chetida joylashgan hujayralar qabul qila olgan. Oziq moddalar bilan to`yingan hujayralar koloniya ichiga o`tib, ular o`rniga esa ichki qismdagi hujayralar chiqqan. Chetki hujayralar cho`zinchoq shaklga ega bo`lib, tukchalari bo`lishi ehtimol, ichki hujayralar esa amyobasimon harakat qilishga qobil bo`lagan. Keyinchalik, iborali qilib aytganda, hujayralar o`rtasida mehnat taqsimoti yuz bergan: chetki hujayralar koloniyaning suvda harakat qilishini ta`minlash va oziq moddalarni qabul qilish bilan mashg`ul bo`lsa, ichki hujayralar fagotsitoz yo`li bilan himoya vazifasini amalga oshirgan hamda sodda (primitiv) skelet xizmatini o`tagan. Differensiatsiya yuz berishi bilan koloniyalar ko`p hujayrali va to`qimalarga ega tuzilishli organizmlarga aylangan. Ikki eng qadimgi to`qima - qoplovchi (chegara) to`qima va tayanch - trofik to`qimalar guruhi oliy hayvonlarda ham mavjud. Filogenez natijasida, hayvonlar organizmi harakatining mukammallashuvi oqibatida o`zaro aloqador ravishda muskul va nerv to`qimalari kelib chiqqan.
Ko`pchilik olimlar e`tirof qiladigan va Leydig (1857) tomonidan taklif etilgan tasnifga muvofiq oliy hayvonlar organizmida epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to`qimalar mavjud. To`qimalar evolyutsiyasini o`rganishga A.A.Zavarzin va N.G.Xlopinlar katta hissa qo`shgan. Hayotiy jarayonlarining asosiy tomonlarini ochib beruvchi funksional prinsiplarga asoslanib A..A.Zavarzin himoya vazifani o`tovchi chegara to`qima (epiteliy); moddalar almashinuvi va tayanch-mexanik funksiyalarini bajaruvchi ichki muhit to`qimalari guruhi; qisqarishni ta`minlovchi muskul to`qimasi va reaktiv vazifa bajaruvchi nerv to`qimalarni farq qilishni tavsiya qilgan. To`qimalarning evolyutsiyasi divergent yo`l bilan boradi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish