1.47-rasm. Ekma mterialni ko’p bosqichli tayyorlash sxemasi
Fermentyorlarda antibiotik produtsentlarini rivojlanishi.
Fermentyorlarda mikroorganizmlarni rivojlanishi o‘stirish jarayoning barcha bosqichlarida kuchli nazorat ostida olib boriladi. Antibiotik produtsent organizmni rivojlanish sharoitlari ishlab chiqilgan reglament asosida aniq olib boriladi. Kultivatsiyalash jarayonida harorat, faol kislotalik muhit (rn), aeratsiya jarayoni va aralashtirgichni ishlash tezligiga katta ahamiyat berilada. Produtsentni rivojlanish jarayonida biologik nazorat substratning asosiy ozuqa komponentlarini (uglerod, azot, fosfor manbasi) sarflanishiga ko‘ra olib boriladi. So‘nggi vaqtlarda biologik nazorat EVM lar yordamida olib borilmoqda.
1.48-rasm. Antibiotiklar ishlab chiqarish sxemasi
Kultural suyuqlikni qayta ishlash.
Antibiotiklarni ajratib olish va kimyoviy tozalash.
Mikroorganizmlarni rivojlanishi jarayonida ular tomonidan hosil qilinadigan antibiotiklar ko‘p hollarda hujayradan tashqi muhitga ajraladi. Biroq, ba’zi xollarda kultural suyuqlikka antibiotikning bir qismigina ajralib, yana bir qismi esa hujayra ichida saqlanib qoladi. Qator produtsentlarda antibiotik to‘liq holatda xujayra organizmida saqlanib qoladi. Antibiotik moddasini qaerda jaylashganligiga qarab ajraptib olish usullari qo‘llaniladi. Agar, antibiotik kultural suyuqlikda bo‘lsa, unda antibiotik erituvchilar yordamida aralashmaydigan suyuq fazada ekstraksiya usullari yordamida, erimaydigan birikmalar ko‘rinishida cho‘ktiriladi yoki ion almashinuvchi smolalar bilan sorbsiyalash orqali ajratib olinadi. Mikroorganizm hujayralaridan antibiotikni ajratish organik erituvchilar yordamida ekstraksiyalash orqali amalga oshiriladi. Agarda antibiotik kultural suyuqlikda va produtsent hujayrasida bo‘lsa, u holda antibiotikni ajratib olish qulay bo‘lgan fazaga o‘tkazib olinadi. Masalan, kultural suyuqlik tarkibidanigi antibiotik cho‘kmaga tushiriladi va ekstraksiyalab olinadi.
Nativ eritmadan biomassa va muallaq holatdagi zarrachalarni tozalash uchun filtratsiya va sentrifugalash usulidan foydalaniladi. Filtratsiya jarayoni uchun maxsus filtrlovchi apparatlardan foydalaniladi: filtrpress, nutchfiltr, sentrifugalar, separatorlar. Filtrpresslar katta hajmdagi kultural suyuqliklarni qayta ishlashda foydalaniladi. Apparat ketmaket almashinib keladigan plita va romladan va filtrlovchi to‘siqlardan iboratdir. Press filtrlash yuqori bosim ostida olib boriladi. Kichik hajmdagi suyuqliklarni filtrlash uchun nutch va drukfiltrlardan foydalaniladi. Nutchfiltr vakuum ostida ishlab, drukfiltr esa filtrlash jarayoni filtrlanayotgan suyuqlik ustida bosim hosil qilish orqali amalga oshiriladi55.
Do'stlaringiz bilan baham: |