biologik sintez (tabiiy antibiotiklarni olinishi – fermentatsiyaning tabiiy mahsuloti. Mikrob-produtsentlarni optimal sharoitlarida kultivatsiyalashda hayotiy faoliyati davomida antibiotiklarni sintezlaydi)
keyingi kimyoviy modifikatsiyali biosintez jarayoni (yarim sintetik antibiotiklarni olinishi). Avval biosintez yo‘li bilan tabiiy antibiotik olinadi, so‘ng boshlang‘ich molekula kimyoviy modifikatsiya yo‘li bilan o‘zgartiriladi, masalan ma’lum bir radikallar biriktiriladi, natijada preparatning mikrobga qarshi va farmakologik hususiyatlari yaxshilanadi.
kimyoviy sintez (tabiiy antibiotiklarning sintetik analoglarini olish, masalan xloramfenikol/levomitsetin).
ANTIBIOTIKLAR OLINISHING TEXNOLOGIK SXEMASI
Antibiotiklarni olinishini texnologik jarayoni muvofiq uskunalarda va ma’lum bir bosqichlarni ketma-ketligida amalga oshiriladi:
- ekish materialini o‘stirish va antibiotiklar biosintezi (fermentatsiya);
kultural suyuqlikni birlamchi qayta ishlash;
filtrlash;
ajratish va kimyoviy tozalash jarayoni (ekstraksiya, ion almashinuv va cho‘ktirish usullari);
tayyor dori shakllarini tayyorlash;
qadoqlash.
Boshlang‘ich texnologik jarayonlar kolbalarda va fermentyorlarda ekish materialini o‘stirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi (produtsent). O‘stirilgan sanoat shtammi uning keyingi boyitilishini nazarda tutgan xolda mahsus apparatlar – inokulyatorlarga olib o‘tiladi.
Zamburug‘lar va bakteriyalarni o‘stirish jarayoni qat’iy, ma’lum sharoitlarda olib boriladi (isitish va sovutish, havo uzatilishi, biomassani aralashtirish).
Ekish materialini tayyorlash
Ekish materialini olish antibiotiklarni olinishining biotexnologik usulining siklida eng muhim bosqichlardan hisoblanadi. Ekish materialining miqdori va sifatiga qarab, kulturani va antibiotikni fermenterda rivojlanishi belgilanadi. Antibiotik produtsenti odatda, tarkibi bo‘yicha boy va mikroorganizmlarning yuqori fiziologik faolligini ta’minlab beradigan muhitlarda olib boriladi. Ekish materialini tayyorlash ko‘p bosqichli jarayondir.
Mikroorganizmlarni avval probirkalarda agarozalangan muhitlarda o‘stiriladi, so‘ng probirkalardan ekish materiali suyuq muhitli kolbalarga olib o‘tiladi va har bir generatsiya uchun 3a, 3b alohida kolbalarda 23 sutka davomida o‘stiriladi. Ikkinchi generatsiya kolbasidagi kulturasidan kichik inokulyatorga (10l) ekish amalga oshiriladi 4, shundan so‘ng yaxshi rivojlangan kultura nisbatan yirik inokulyatorga olib o‘tiladi 5 (100 500l), shu erdan asosiy fermentyorga asosiy ekish amalga oshiriladi. Asosiy fermentyorga ekish uchun ekish materialining (inokulyatning) 5 dan to 10 hajmi foydalaniladi. Biroq, penitsilli olish uchun bug‘doy va guruch kepagida o‘stirilgan zamburug‘ning sporali materiali darhol inokulyatorga o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |