BIOLOGIK FAOL MODDALAR TA’RIFI
Biologik faol moddalar — tirik organizmlar hayot faoliyatini ta’minlab turish uchun zarur kimyoviy moddalar bo‘lib, ular unchalik katta bo‘lmagan konsentratsiyalarda ma’lum guruxdagi tirik organizmlar yoki ular xujayralariga, hamda xavfli shishlarga nisbatan rivojlanishni tanlab tezlata oladigan yoki butunlay tuxtatib qo‘yadigan yuqori fiziologik faollik namoyon etadilar.
BIOLOGIK FAOL MODDALARNING ASOSIY GURUXLARI
1.Uglevodlar
2.Lipidlar
3.Karbon kislotalar
4.Aminokislotalar
5.Oksillar
6.Gormonlar
7.Vitaminlar
8.Fermentlar
9.Antibiotiklar
10.Mikroelementlar
BIOLOGIK FAOL MODDALARNING AJRATIB OLINISH MANBAIGA KURA GURUXLANISHI
Biotexnologiya – bu tirik organizmlar (bakteriya, achitqi, hayvon yoki o‘simlik hujayralari kulturasi), ularning tizimi yoki xayot faoliyati mahsulotlarini texnologik vazifalarni echish uchun qo‘llash imkoniyatlarini, hamda inson ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan hususiyatlarga ega bo‘lgan organizmlarni yaratish imkoniyatlarini o‘rganadigan fandir.
Boshqacha aytganda, biotexnologiya – bu biologik jarayonlarni texnika va ishlab chiqarishda qo‘llashga aytiladi.
Biotexnologiya nomi yunoncha so‘zlarning qo‘shilishidan kelib chiqqan bo‘lib, «bios» – xayot, «teken» – san’at, «logos» – so‘z, o‘rganish ma’nolarini anglatadi.
Biotexnologiya yordamida nisbatan arzon, qulay va qayta qo‘llasa bo‘ladigan mahsulotlardan turli xil modda va birikmalarni olish mumkin.
Bugungi kunda biotexnologiya – bu fan, ishlab chiqarish va ko‘p millionli biznesdir.
B I O T E X N O L O G I YA
“Biotexnologiya” iborasi birinchi bo‘lib venger injeneri Karl Ereki tomonidan 1917 yilda, cho‘chqalarni katta miqdorda shakar lavlagisi bilan etishtirish jarayonida kiritilgan edi.
Biroq, bu ibora o‘sha yillarda keng tadbiqqa ega bo‘lmadi.
Faqatgina 1961 yilda shved mikrobiologi Karl Geren Xeden ilmiy jurnallardan birini nomini «Biotexnologiya i bioinjeneriya» deb nomlashni taklif etgandan so‘ng bu iboraga yana qaytildi
SHundan so‘ng «Biotexnologiya» iborasi mikrobiologiya sohasidagi ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan jarayonlarini nomlash maqsadida qo‘llana boshladi.
Biotexnologiya – bu biologik, kimyoviy va texnik tadqiqotlarning natijasidir.
Biotexnologik jarayonlar kimyoviy jarayonlardan farqli o‘laroq “yumshoq” sharoitlarda, normal bosim ostida, faol reaksiya sharoitida va muhitning yuqori haroratlarida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |