Probiotiklarni ishlab chiqarishniumumiy texnologik sxemasi
Tayyorgarlik bosqichi.
Ishlab chiqarish xonalarini, uskunalarni, idishlarni, ishlovchi xodimlarni, ventilyasion tizimlarni tayyorlash, muhitlarni sterillash.
Turli ozuqa muhitlarida 370S haroratda maxsus shtammdan asosiy kulturani o‘stirish bosqichi.
Ishlab chiqarish kulturasini chuqur qatlamda kultvatsiyalash usulida reaktorlarda doimiy aralashtirish orqali va qizdirilgan holatda olib boriladi.
Mikrob suspenziyasini ampulalarga va flakonlarga quyish mahsus quyish va ampulalarga qadoqlash apparatlarida olib boriladi.
Sublimatsion quritish. Moddalar bilan to‘ldirilgan ampula va flakonlar sublimatsiyaga kelib tushadi.
Ampulalar ichidagi moddasi -400S gacha muzlatiladi va shu haroratda 18-24 soat ushlab turiladi.
Qadoqlash.Quruq mikrob massali ampulalar gazli himoya yordamida qadoqlanadi. SHundan so‘ng markirovkalanadi va qadoqlanadi.
Sog‘lom organizmdan sog‘lom shtammlari ajratib olinadi va qaysi turga mansubligi va ichak hujayralariga mazkur shtammning zararsizligi aniqlanadi. SHundan so‘ng antagonistik-faol shtammlar ajratib olinadi.
Sun’iy ozuqa muhitlarida kultivatsiyalanadi.
SHtammlar muzlatish va quritishga turg‘un bo‘lishi kerak.
Liofil shtamm ishlab chiqarish laboratoriyasiga kelib tushadi, bu erda uni pasportga muvofiqligi tekishirib ko‘riladi.
SHundan so‘ng ozuqa muhitiga ekiladi (ozuqa muhiti sifatida sut, agar va b.q. bo‘lishi mumkin) va kultivatsiyalanadi. Hujayralarni muzlashdan krioprotektorlar yordamida saqlash mumkin.
NORMOFLORA PREPARATLARI
Odamni mikroflorasi, uning mikroekologiyasini asosini tashkil qiladi. Odam organizmidan zamburug‘lar viruslar eng soddalarini hisobga olmaganda, 500 turdan ko‘proq bakteriyalar joy olganlar. Normal flora deganda, odam organizmini tashqi muhit bilan kontaktda bo‘lgan har xil qismli mikrobiotsenozlarni to‘plami tushuniladi.
Mikrobiotsenozlar to‘plami- normabiotsenoz yoki eubioz deb ataladi. Sog‘lom inson uchun, uning organizmining mikroekologiyasi holatining bir tekisda turishi xarakterlidir. Inson organizmida 1014-1016 dona bakteriyalar yashaydilar. Ko‘rinib turibdiki bakteriyalar soni organizm to‘qimalari sonidan ancha ko‘proq.
Disbiotik holat inson mikroflorasini miqdori va sifatini o‘zgarishiga olib keladi. Inson hayotida uchraydigan indigen (doimiy) va tranzitor (tasoddifan) mikrorganizmlarni shartli ravishda 4 guruhga ajratish mumkin:
1. inson organizmida uzoq muddatga yashay olmaydigan, ularni organizmda bo‘lishi tasodifiy xarakterga ega bo‘lgan mikrorganizmlar;
2. doimiy yashaydigan, insonga albatta foyda olib keladigan mikrorganizmlar(bifido-, lakto- va kolibakteriyalar);
3. norflorani shartli-patogen vakillari, bular ma’lum sharoitda patogenlarga aylanishlari mumkin (stafilokokklar);
4. yuqumli kasalliklarni chaqiruvchi mikrorganizmlar.
1.26-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |