YUQORI ENERGETIK SUBSTRATLARDAGI BIR XUJAYRALI OQSIL. Energiya manbalari (neftegaz, metanol, etanol, metan va n-alkanlar) biotexnologik jarayonlar uchun (bakteriya va achitqilar) substratlar sifatida iqtisodiy ahamiyatga egadir. Bunda metanolga nisbatan katta ahamiyat beriladi. ICI kompaniyasi metanolni-utilizatsiyalovchi bakteriyalar uchun o‘simlik xom ashyosini yirik masshtabli fermentatsiyasini ishlab chiqdi (75 000 l). Ajratib olingan mahsulot (prutin) faqatgina hayvonlarni oziqlantirishda qo‘llanildi. Bir xujayrali oqsilni ajratib olishda uglerod manbasi sifatida metanol n-parafinlari oldida quyidagi ustunliklarga egadir:
turli konsentratsiyalardagi suvli fazalarda oson eriydi;
metanol tutgan muhitlarda kultivatsiyalashda olinadigan biomassa tarkibida uglerod qoldiqlari bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda yuzaga keluvchi to‘siqlardan biri bu metanolning narxidir, chunki metanol narxi mahsulot narxining 50% ni tashkil etadi. AQSH da metanolda olingan bir hujayrali oqsilni narxi, baliq unida olingan oqsildan 2-5 barobar qimmatdir.
Nisbatan yaxshi sharoit 70 yillarda neftning n-parafinlarida bir xujayrali oqsillarini ishlab chiqarishda yuzaga kelgan. Bu o‘z navbatida neftga bo‘lgan narxning pastligi bilan shartlangandir. Usha vaqtlarda Candida turkumidagi achitqilarni kultivatsiyalash bo‘yicha uchta yirik zavodlar qurilgan.
Eng yaxshi natijalar achitqi oqsili mahsulotining yiliga 1 mln. tonna quruq massasini olishga muvaffaq bo‘lingan, bu o‘z navbatida sanoat va qishloqho‘jaligi talablarini to‘liq qondirgan. 80 yillar o‘rtalariga kelib zavodlar o‘z faoliyatini mikrob oqsilini tannarxini qimmatliligi uchun to‘xtatishdi (oziqa soya oqsiliga solishtirganda 2 barobar qimmat). Inson oziqlanishida qo‘llaniladigan bir xujayrali oqsilni olish uchun mos keladigan xom ashyo bu etanoldir.
CHIQINDILARDA OLINADIGAN BIR XUJAYRALI OQSIL Turli ishlab chiqarish sanoatida qayta ishlash natijasida yuzaga keladigan o‘simlik chiqindilari (kunjara, sitrus chiqindilari, sut zardobi, melassa, somon, hayvon chiqindilari va maishiy oqava suvlar) biotexnologiya uchun katta muammoni yuzaga keltiradi. CHiqindilar miqdori sezilarli miqdorni tashkil etadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan organik chiqindilarni qo‘llanishi ikki asosiy maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi:
- ifloslanishni pasayishiga;
- ozuqa oqsil preparati yaratilishiga.
Uglevod tutgan o‘simlik chiqindilarining o‘ziga jalb qiladigan tomoni shundaki, ular:
- narxining pastligi, natijada biotexnologik jarayon tannarxi pasayadi;
- bir xujayrali oqsil kam bosqichli jarayonlar natijasida ham olinishi mumkin.
Produtsent-organizmlar uchun substrat sifatida quyidagilar hizmat qiladi:
- melassa (Sacharomyces cerevisiae);
- pishloq ishlab chiqarishda sut zardobi (Kluyeromyces fragilis);
- ikki turdagi achitqilarni qo‘llagan xolda kraxmal ishlab chiqarish chiqindilari (Endomycopsis fibuligera i Candida utilis).