Shafqat. Shafqat istilohi hozirgacha axloqshunoslikka doir asosiy o'quv adabiyotlarda va ilmiy tadqiqotlarda asosiy mezoniy tushuncha sifatida taqdim etilmaydi. Vaholanki, shafqatning ildizi inson shaxsiga bo'lgan muhabbatga borib taqaladi, u ham muhabbat kabi qamrovli hissiyot. Agar muhabbat mehrga asoslansa, shafqat muruvvat bilan bog'liq. Lekin, u ayni paytda muruvvatdanjiddiy farq qiladi. Muruvvat
bir insonning ko'p hollarda o'ziga aloqasi yo'q boshqa bir insonga achinish hissi orqali yordamga qo'l cho'zishi bo'lsa, shafqat kishining o'ziga aloqador odamga, aybdor, gunohkor, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jazolanishga loyiq kimsaga kechirimlilik orqali insonparvarlik ko'rsatishdir.
Shafqat hissi shafqatga muhtoj kishi o'miga xayolan o'zini qo'yib fikr yuritish orqali vujudga keladigan, o'zga bir inson iztiroblarini yengillatishga qaratilgan axloqiy hodisa. Masalan: ro'zg'orini zo'rg'a tebrayotgan qo'shningizning kasbiy xizmat yuzasidan ham, biror-bir jamiyatga a'zoligi jihatidan ham, biznesdagi hamkorlik masalasida ham sizga aloqasi yo'q, shuningdek, u sizga do'st yoki dushman sifatida
ham aloqador emas. Siz unga ehson qilib, og'ir sharoitdan chiqib olishiga iqtisodiy yordam berdingiz, bu - muruvvat. Boshqa bir holatda, deylik jang maydonida sizga butunlay begona, buning ustiga safdoshingizgao'ldirgan dushman askarini mag'lub qildingiz. Endi oldingizda ikki yo'l bor: xohlasangiz, uni o'ldirishingiz, o'ch olib g'azabingizni bosishingiz, xohlasangiz, g'azabingizni bosib, u dushman, lekin, men
kabi odam, uni ham menga o'xshab bu maydonga jang qilish uchun yuborganlar, uni o'ldirganim bilan biror ulkan o'zgarish ro'y bermaydi, deb asir olsangiz, hayotini saqlab qolsangiz, bu - shafqat. G'azab insondagi hayvoniy xislat bo'lsa, shafqat insoniylik belgilaridan biridir. Demak, muruvvat agar sizning oldingizda burchli bo'imagan kimsaga ko'rsatgan yordamingiz bo'lsa, shafqat esa oldingizda javobgar, jazoga loyiq odamni, uning insoniy huquqini va tabiatini hisobga olib, kechirishdir.
Jahon axloqshunosligida, jumladan bizda ham, yuqorida aytganimizdek, shafqat asosiy tushunchalar sirasiga kiritilmagan. Vaholanki, adolat, insonparvarlik aynan ana shu hissiyot bilan bog'liq. Buni birinchi bo'lib olmon faylasufi Artur Shopenhauer anglab yetdi. U shafqat hissini axloqning asosi, shafqat tushunchasini axloqshunoslikning asosiy tushunchasi deb ataydi. Uning nazdida shafqat universal tabiatga ega u, insonning nafaqat insonga, balki hayvonga bo'lgan munosabatida
ham namoyon bo'ladi, zero, hayvonga beshafqatlilik qilgan odam insonga shafqatli bo'lmaydjl . Shafqat tushunchasining ahamiyati - inson hayotini oliy qadriyat deb e'tirof qilish, uning yashashga bo'lgan huquqini himoyaga olish hozirgi sharoitda yana ham dolzarblik kasb etmoqda. Bu bir tomondan, ikkinchi tomondan, diniy aqidaparastlik, ekstremistik g'oyalar va mafkuraviy kurashlar beshafqatlikka asoslanganligini hisobga olsak, shafqat tushunchasining ahamiyati yanada ortib borayotganligi uchun ham bugungi kunda jahon axloqshunosligi shafqat tushunchasini Shopenhauer aytganidek, axloqning asosi sifatida tahlil, talqin va targ'ib
qilmog'i lozim. Uning XXI asr jamiyati uchun eng muhim axloqiy hodisa ekanligini e'tirof etish zamon talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |