1-mashq. O‘qing. So‘z birikmalarini aniqlang. Faqat yordamchi so‘zlar vositasida tuzilgan so‘z birikmalarini ko‘chirib, turini ayting.
1. U hamisha oldinga, kamolot sari intildi. Xo‘sh, kamolotning o‘zi nima? Kamolot ulkan mehnat va infe’lga nisbatan chuqur mehr-muhabbatdir. Kamolot kishining o‘z iste’dodini yuksaltirishi va bilimini boyitishidir. Eng muhimi shuki, kishi o‘zi orttirgan bilimini boshqalar bilan o‘rtoqlashmog‘i lozim. (L. Bat.) 2. Karimjon bilan ikkalamizga ayvonga joy qilib berishdi. Mayin shamol daraxt yaproqlari bilan so‘zlashayotgan kabi, uzoqdan soy shivirlaydi. Qo‘rg‘onning orqasida bulbul xonish qiladi. Gullarning yoqimli isi dimoqqa uradi. Uyqum o‘chib, notanish yerlarning sehrli tungi manzarasini tomosha qilib yotdim. (S. Yunusov.)
Do'stlaringiz bilan baham: |