O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli


Elektr ta’minotining maqsadi. Elektr ta’minoti qurilmasi. Elektr ta’minotining tashqi simlari. Elektr ta’minotini o‘rnatish



Download 5,34 Mb.
bet43/46
Sana06.07.2022
Hajmi5,34 Mb.
#752057
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
UMID.

18.Elektr ta’minotining maqsadi. Elektr ta’minoti qurilmasi. Elektr ta’minotining tashqi simlari. Elektr ta’minotini o‘rnatish.


O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli

O’quv soati: 6 soat

O’quvchilar soni:

O’quv mashg’ulot shakli va turi

Amaliy – to’liq o’quv mashg’ulot.

O’quv mashg’ulotning rejasi

  1. 1. Shaxsiy kompyuterni elektr tarmog‘iga ulash.

  2. Elektr tarmog‘ini himoyalash qurilmalari

  3. Sakrashlarni cheklovchi qurilmalar.

Tarmoq filtri – stabilizatorlar

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga Elektr ta’minotini o‘rnatish haqida tushuncha berish

Pedagog oqituvchining vazifalari:

O’quvchilarning vazifalari:

  • O`uvchilarda yangi mavzu bo’yicha tushunchalar shakillantirish.

  • O’quv mashg’ulotlari bo’yicha yo’riqnoma berish.

  • Dars davomida o’rganganlarini izoxlaydilar.

  • O’tilgan mavzu yuzasidan tushinganlarini hayot bilan bog’lab va izoxlab beradilar.

O’qitish metodlari

Axborotli - ma’ruza, Klaster, venn diagrammasi aqliy hujum, teskor blits savol-javob.

O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, blits savolnomalar, slaydlar, proektor, kompyuter.

O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari

Jamoa va guruhlarda ishlash, Yakka tartibda va juftlashib ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya

Qaytar aloqani usul va vositalari

Og’zaki nazorat, savol-javob, reyting



Mashg’ulotning texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyatning mazmuni

o’qituvchi

O’quvchilar

I-bosqich. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)

Tashkiliy boshlanish
1.1. O’quvchilar davomati va darsga tayyorgar-ligini tekshiradi.

Tinglaydilar, bajaradilar

Mavzuga kirish
1.1. O’quv mashg’uloti mavzusi, maqsad va vazifalarini aytadi.

Tinglaydilar.

II-bosqich. Asosiy


110-daqiqa
120-daqiqa



O’quvchilar bilimlarini faollashtirish
2.1. Yangi mavzuni bayoni: slaydlar orqali yoritadi.
O’quv mashg’ulotining rejasi va tuzilishi, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etish.

O’quvchilar tinglaydilar, savollarga javob beradilar



Yangi mavzuni mustahkamlash O'quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi, klaster to'ldirish topshiriladi. Har bir guruh o'z ishini namoyish qiladi. Blis so’rov savollariga javob beradilar

savollarga javob beradilar

III-bosqich.
Yakuniy
(25 daqiqa)

Yakunlash va xulosalash
3.1 Mavzu bo’yicha umumlashtiriladi.
O’quvchilar olgan baholari e’lon qilinadi. Uyga vazifa beriladi.

Tinglaydilar bajaradilar





Mavzu: Elektr ta’minotining maqsadi. Elektr ta’minoti qurilmasi. Elektr ta’minotining tashqi simlari. Elektr ta’minotini o‘rnatish.Reja:

  1. Shaxsiy kompyuterni elektr tarmog‘iga ulash.

  2. Elektr tarmog‘ini himoyalash qurilmalari

  3. Sakrashlarni cheklovchi qurilmalar.

Tarmoq filtri – stabilizatorlar.


ShK samarali ishlashi va undan qulay foydalanish uchun elektr quvvati bilan ishonchli ta’minlanishini ko‘zda tutish zarurdir. Bu elektr ta’minoti tizimidagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ta’minot quvvatining og‘ishi va nosozligini istisno qilish yoki kamaytirish imkonini beradi. SHKning barqaror va xavfsiz ishlashi uchun asosiy tahdidlar quyidagilar:


–ko‘zda tutilmagan vaziyat tufayli ta’minot tarmog‘ida kuchlanishning yo‘qolishi (falokat, simning uzilishi);
–kuchlanish darajasining belgilangan me’yordan keskin pasayishi (qisqa vaqtli pasayish);
–elektr ta’minotining o‘chirib-yoqilishi tufayli kuchlanishning
sakrashi yoki uchqunning chaqishi;
–ta’minot kuchlanishi chastotasining beqarorligi.
Ta’minot kuchlanishining darajasini barqarorlashtirish va ShKning xavfsiz ishlashga bo‘ladigan tahdidlarning oldini olish uchun ikkita qurilma: tarmoq filtri va uzluksiz elektr energiya manbayining albatta bo‘lishi tavsiya etiladi.
Tarmoq filtri (eng keng tarqalgan Pilot rusumli) kompyuterning elektr ta’minot zanjirini hamda tashqi qurilmalarni berilayotgan kuchlanishdan va elektromagnit maydonlardan himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Har bir kompyuterning yoki tashqi qurilmaning elektr ta’minot manbayi yuqori chastotali xalallarni silliqlash va ularni himoyalash simi orqali «yerga» ulash uchun mo‘ljallangan reaktiv filtrga ega. 11.1-rasmda elektr ta’minoti blokining kirish zanjirlari va ularni nol, yer va faza bilan ulash zanjiri ko‘rsatilgan.
Yerdagi sim yerga ulashning konturi bilan ulanadi, bundan tashqari uning kuchlanish tarmog‘ining nol nuqtasi bilan ulanish imkoni bor.

Agar qurilmaning yerga ulash simini hech qaerga ulamasa, qurilmaning g‘ilofida o‘zgaruvchan tokning taxminan 110 V ga teng bo‘lgan kuchlanishi paydo bo‘ladi (bu inson uchun xavfli). Bir va undan ortiq qurilmani ulash vaqtida ulanayotgan qurilmalar umumiy zanjirga alohida sim orqali yerga ulanishi kerak. 11.2-rasmda qurilmalarni to‘g‘ri ulash ko‘rsatilgan.
Yerga ulash muammosi «Pilot» ko‘rinishidagi va unga o‘xshash tarmoq filtrlaridan foydalanish bilan hal qilinadi. Interfeyslar bilan ulangan barcha qurilmalarning bitta filtrdan ta’minlanishi potensiallarning farqlanish muammosini hal qiladi. Agar bu filtr yerga ulangan uch qutbli rozetka tarkibida faoliyat ko‘rsatsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.




11.3-rasmda: (a) rozetkadagi nol (0), faza (~220 V) va yerga ulanish kontaktlarining to‘g‘ri holati ko‘rsatilgan evrorozetkalar ifoda qilingan. Bu rasmda (b) yana standart elektr ta’minoti simining elektr ta’minot blokiga ulanadigan qismi ko‘rsatilgan. Qurilmani himoyalash, kompyuterning barqaror ishini va ma’lumotlarning buzilmaganligini ta’minlashning samarali usullaridan biri uzluksiz elektr energiya manbayi UPS (Uninterruptible Power System)dan foydalanishdir.


UPS ning iste’mol ko‘rsatkichlaridan asosiysi quyidagilar:
–chiqish quvvati, V·A/Vt (masalan, 650/410);
–turi (zaxirali, barqarorlovchi, yoqilgan);
–akkumulator hajmi (amper/soatda);
–akkumulator batareyalarining soni;
–zaryad olishining o‘rtacha vaqti;
–maksimal yuklamani quvvatlash vaqti (min.).
Tarmoq filtri – stabilizatorlar. Elektr ta’minoti tizimlarida yuqori kuchlanishdan va ortiq darajadagi tokdan tashqari, boshqa nosozliklar bo‘lishi ham mumkin. Masalan, elektr tarmog‘idagi kuchlanish yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaradan tushib ketadi. Tanishib o‘tilgan elektr energiyasining sakrashidan tashqari, elektr ta’minoti liniyalarida elektrodvigatel va boshqa induktivli yuklamalar yaratadigan radiochastotali yo‘naltirishlar yoki impulsli xalallar yuzaga kelishi mumkin.
Raqamli qurilmalarni bir-biriga ulashdan avval (masalan, kompyuterni va tashqi qurilmani) quyida keltirilgan ba’zi bir xususiyatlarga ahamiyat bering:
1. Kompyuterga ulangan har bir kabel (masalan, kompyuterni va tashqi qurilmani bog‘lovchi) antenna vazifasini bajaradi. Tashqi elektromagnitli maydonlarning ta’sirida unga elektr kuchlanish yo‘naltiriladi. Bunday maydonlarning manbayi sifatida telefon apparatlari, elektron-nurli trubka, elektrodvigatellar, lyuminessentli lampalar va indikatorlar, elektrostatik razryadlar va tabiiyki radioperedatchiklar (radio orqali tovushlar, signallar eshittiradigan apparat) ham bo‘lishi mumkin.
2. O‘z navbatida raqamli sxemalar 1–2 V amplitudali xalallarga ham juda tasirchan bo‘ladi. Bu sharoitni hisobga olib, binodagi barcha elektr simlar turli xil xalallarni qabul qiladigan katta antenna sifatida ishlaydi, deb aytishimiz mumkin. Tarmoq kuchlanishini bu xalal va tebranishlardan tarmoq filtri, ya’ni stabilizatorlar yorda mida xalos qilish mumkin.









Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish