O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli


Profilaktika zaruriyati. Shaxsiy kompyuterni profilaktikasi uchun kerakli asboblar



Download 5,34 Mb.
bet35/46
Sana06.07.2022
Hajmi5,34 Mb.
#752057
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Bog'liq
UMID.

14.Profilaktika zaruriyati. Shaxsiy kompyuterni profilaktikasi uchun kerakli asboblar.
O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli

O’quv soati: 6 soat

O’quvchilar soni:

O’quv mashg’ulot shakli va turi

Amaliy – to’liq o’quv mashg’ulot.

O’quv mashg’ulotning rejasi

1Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar
2 Antivirus dasturlar

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga sistema bloki yig’ish haqida tushuncha berish

Pedagog oqituvchining vazifalari:

O’quvchilarning vazifalari:

  • O`uvchilarda yangi mavzu bo’yicha tushunchalar shakillantirish.

  • O’quv mashg’ulotlari bo’yicha yo’riqnoma berish.

  • Dars davomida o’rganganlarini izoxlaydilar.

  • O’tilgan mavzu yuzasidan tushinganlarini hayot bilan bog’lab va izoxlab beradilar.

O’qitish metodlari

Axborotli - ma’ruza, Klaster, venn diagrammasi aqliy hujum, teskor blits savol-javob.

O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, blits savolnomalar, slaydlar, proektor, kompyuter.

O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari

Jamoa va guruhlarda ishlash, Yakka tartibda va juftlashib ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya

Qaytar aloqani usul va vositalari

Og’zaki nazorat, savol-javob, reyting

Mashg’ulotning texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyatning mazmuni

o’qituvchi

O’quvchilar

I-bosqich. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)

Tashkiliy boshlanish
1.1. O’quvchilar davomati va darsga tayyorgar-ligini tekshiradi.

Tinglaydilar, bajaradilar

Mavzuga kirish
1.1. O’quv mashg’uloti mavzusi, maqsad va vazifalarini aytadi.

Tinglaydilar.

II-bosqich. Asosiy


110-daqiqa
120-daqiqa



O’quvchilar bilimlarini faollashtirish
2.1. Yangi mavzuni bayoni: slaydlar orqali yoritadi.
O’quv mashg’ulotining rejasi va tuzilishi, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etish.

O’quvchilar tinglaydilar, savollarga javob beradilar



Yangi mavzuni mustahkamlash O'quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi, klaster to'ldirish topshiriladi. Har bir guruh o'z ishini namoyish qiladi. Blis so’rov savollariga javob beradilar

savollarga javob beradilar

III-bosqich.
Yakuniy
(25 daqiqa)

Yakunlash va xulosalash
3.1 Mavzu bo’yicha umumlashtiriladi.
O’quvchilar olgan baholari e’lon qilinadi. Uyga vazifa beriladi.

Tinglaydilar bajaradilar




Mavzu: Profilaktika zaruriyati. Shaxsiy kompyuterni profilaktikasi uchun kerakli asboblar.Reja:

  1. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar

  2. Antivirus dasturlar

Dasturning ishga tushirilishi bilan ekranda paydo bo’luvchi muloqot oynalari, panellari orqali boshqarish. Bu holatda asosan menyular va funktsional klavishlar ishlatiladi. o’z o’zidan bu albatga foydalanuvchi uchun qulay va keng imkoniyatdir. RAR arxivatori shular jumlasidandir.



RAR - arxivatori ikki xil tartibda ishlaydi.
1) komandalar qatori orqali,
2) muloqot oynasi orqali.
Dastur S: \> RAR komandasi orqali ishga tushadi. Natijada ekranda ikki ramkali oyna paydo bo’ladi. O’ng panel xotira va o’rnatish bo’limidan iborat bo’ladi. CHap panel esa joriy katalogdagi ichki katalog va fayllar ruyxatini tashkil etadi.


2 . Hozirgi paytda kompyuterlarda axborotlarni uzatuvchi va saqlovchi bo’lib asosan magnit disklar xizmat qiladi. Kompyuter ishlashi jarayonida tezkor xotira qurilmasi va magnit disklar o’rtasida uzluksiz axborot almashish yuz beradi. Disklarning qanchalik sifatli tayyorlanishiga qaramasdan ko’pincha axborotlarning disklardan o’qilmaslik holatlari, fayllar sistemasida ishlash jarayonida xatoliklar ruy berishi, diskda bush joylarning kamayishi yoki disklarning to’lib qolishi kuzatiladi. Ko’pincha yo’l quyilgan xatoliklar tufayli ayrim zaruriy fayllar uchib ketadi.


Quyida arxivatorlarda ishlatiladigan asosiy komandalar jadvalini keltiramiz.

Guruh raqami

Buyruqlar guruhi

Buy-ruq

Arxivlashning vazifalari

1.

Arxivga joylash

a

Arxiv faylga yangi fayl qo’shish

u

Arxivdagi faylni yangi versiyasi bilan alishtirish

m

Fayllarni arxivga o’tkazish

2.

Arxivdan chiqarish

e

Joriy katalogga fayllarni arxivdan chiqarish

x

Ko’rsatilgan yo’l bo’yicha fayllarni arxivdan chiqarish

3.

Arxivdan fayllarni uchirish

d

Arxivdan fayllarni uchirish

t

Arxivni testdan o’tkazish

y

Arxivni yangi ulchamlar bilan ko’chirish

Diskdagi bu ishdan chiqishlar quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi.
- diskning fizik nuqsonlaridan,
- diskning magnit sirti ifloslanishidai,
- kompyuterni qoidaga zid elektr manbaidan o’zilishidan,
- disketalarni diskovoddan operatsiyani yakunlamasdan sugurib olishdan,
- virus dasturlari ta’siridan.


K ompyuterda ishlash jarayonida, xatoliklar yoki tasodifan qimmatli bo’lgan ma’lumotlarni uchirib yuborish holatlari uchraydi. Ularni quyidagi dasturlar orqali qayta tiklash mumkin. Undelete - MS DOS tarkibidagi dastur, Unerase - Norton utilit laru tarkibiga kiruvchi servis dastur. Ishdan chiqqan fayl va disklarni qayta tiklash.
Magnit disklarni ishlatish jarayonida fizik va mantiqiy nuqsonlar tufayli paydo bo’lgan xatoliklarga duch kelamiz. Bu xatoliklar natijasida fayllar disk va disketlarda yaxshi o’qilmasligi va kuchirilmasligi mumkin. Fizik nuqsonlar asosan elektromagnit maydonlari ta’sirida yoki magnit disk qoplamalari eskirishi hamda mexanik buzilishlar natijasida yuzaga keladi. Fizik nuqsonlarning ta’sirida diskning ayrim sektor va klasterlari yaroqsiz holga kelishi mumkin.
Agarda qaysidir fayllar yaroqsiz sektorlarda joylashgan bo’lsa, ularni qayta tiklash amalda mumkin emas. Diskning mantiqiy nuqsonlari diskning sistemali maydonidagi buzilishlarga bog’liq bo’lib, yuklovchi sektorda joylashgan FAT fayllar uchib ketgan bo’lishi mumkin. Bu ishdan chiqishlar elekt manbaidan tartibga zid ravishda uziщdan, xato ishlovchi dasturlarning osilib qolishidan (zavisanie), kompyuter virus dasturlari ta’siridan bo’lishi mumkin. Ishdan chiqqan fayllarni qayta tiklash uchun maxsus dasturlar CHKDSK, SCANDISK, NDD ishlatiladi.
NDD - dasturi ishdan chiqqan disklarni avtomatik ravishda tekshirib, qayta tiklaydi. Diskni tekshirish - diskning holatini har tomonlama tahlil qilib, undagi mantiqiy nuqsonlarni topishdir. NDD dasturi ndd.exe fayli orqali ishga tushiriladi.


3. Kompyuterlarning ommaviy qo’llanilishi oqibatida kompyuterlarning normal ishlashiga halaqit beruvchi virus tarqatuvchi dasturlar yaratila boshlandi.


Kompyuter virusi- bu ixtiyoriy ravishda boshqa programmalarga qo’shilib ketish qobiliyatiga ega, o’zining nusxalarini yaratuvchi va ularni fayllarga, kompyuterning sistema maydoniga, hisoblash tarmoqlariga tarqatuvchi va kompyuterlarning ishlash tartibini buzuvchi maxsus tayyorlangan dasturlardir. Ular bir kompyuterga kirib olsa, boshqalariga ham tarqalish qobiliyatiga egadir.
Kompyuter viruslarining paydo bo’lishi va tarqalishining asosiy sabablaridan biri inson psixologiyasi ya’ni insonlarning tuban (xasadguylik, ko’ra olmaslik, pastkashlik) harakatlari bo’lsa, ikkinchi tomondan bo’lar tomonidan yaratilgan viruslardan himoyalanish vositalarining imkoniyatlarining chegaralanganligidadir.
Kasallangan disk-bu ishga tushirish sektorida virus programma joylashib olgan diskdir.
Kasallangan programma - ichiga virus programma joylashib olgan programmadir. Viruslar bir necha xil bo’ladi.




Viruslar














































Tarmoq viruslari




Fayl viruslari




Ishga yuklovchi viruslar




Fayl-ishga yuklovchi viruslar

Viruslarni aniqlovchi va ulardan himoya qiluvchi dasturlar. Viruslarni aniqlash, ularni yo’qotish va ulardan himoyalanish uchun bir necha xil maxsus dasturlar yaratilgan. Bunday dasturlar antivirus dasturlar deb ataladi. Antivirus dasturlarning quyidagi turlari mavjud.
- detektor dasturlar
- doktor dasturlar
- tekshiruvchi(revieor) dasturlar tozalovchi (filtr) dasturlar
- Kasallangan fayllardan vaqtincha foydalanishni ta’minlovchi (vaktsina) dasturlar
Detektor dasturlar kompyuter xotirasidan, fayllardan viruslarni qidiradi va aniqlangan viruslar haqida xabar beradi.
Doktor dasturlari nafaqat virus bilan kasallangan fayllarni topadi, balki ularni davolab dastlabki holatiga qaytaradi. Bunday dasturlarga Aidstest, Doctor Web, Kashperskiy dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. YAngi viruslarning tuxtovsiz paydo bo’lib turishini hisobga olib, doktor dasturlarni ham yangi versiyalari bilan almashtirib turish lozim.

Filtr dasturlar kompyuter ishlash jarayonida viruslarga xos bo’lgan shubhali harakatlarni topish uchun ishlatiladi. Bu harakatlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
- fayllarning atributlarining o’zgarishi;
- disklarga doimiy adreslarda ma’lumotlarni yozish;
- diskning ishga yuklovchi sektorlariga ma’lumotlarni yozib yuborish.
Tekshiruvchi (revizor) dasturlari eng ishonchli virusdan himoyalanish vositasi bo’lib, kompyuter kasallanmagan holatidagi dasturlar, kataloglar va diskning sistema maydoni holatini xotirada saqlab doimiy ravishda yoki foydalanuvchi ixtiyori bilan kompyuterning joriy va boshlangich holatlarini bir-biri bilan solishtiradi. Bu dasturga ADINF, Kashperskiy dasturini misol qilib keltirish mumkin.
Kompyuterni viruslar bilan kasallanishidan va axborotlarni ishonchli saqlashini ta’minlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim.
- kompyuterni zamonaviy antivirus dasturlar bilan ta’minlash;
- disketalarni ishlatishdan oldin har doim tekshirish;
- qimmatli axborotlarni hap doim arxiv fayl ko’rinishida disketalarda saqlash.
“Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va texnik xizmat ko'rsatish” fanidan o’quvchilar bilimini baxolash mezoni



T/r

Mezonlar




1

Olgan bilimlarni ishlab chiqarishda qo’llay oladigan bu fanni boshqa fanlar bilan bog’lay oladigan mustaqil ish va vazifalarni to’liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan har jixatdan boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan

5

2

O’quv ko’rgazmali qurollardan foydalana oladigan olgan bilimlarni xalq xo’jaligidagi o’rnini to’g’ri tushungan mustaqil fikirlay oladigan, olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan

4

3

Darslarda 95% gacha qatnashgan ma’ruza matnini yozgan o’quv qurollari to’liq bo’lgan adabiyotlardan foydalanishni bilgan

3

4

Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarni 55%dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar

2

Izoh: o’quv dasturining mantiqan tugallangan bo’limi bo’yicha o’quvchi albatta baxolanadi va natijasi o’tish balidan (3 baxo) past bo’lganda qayta nazorat belgilanadi




Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish