Nazariy mashg‘ulotning texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-O‘quv mashg‘ulotga kirish. (5 daqiqa)
|
Tashkiliy qism:
1. Salomlashadi. O‘quvchilarning davomatini aniqlaydi. O‘quvchining darsga tayyorgarligini nazorat qiladi.
|
Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘radi.
|
2-bosqich.
Asosiy.
(65 daqiqa)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.O’tilgan barcha mavzular hamda o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchiga savolberadi,ularnimashg’ulotda qatnashishlarini hisobga oladi.Savol-javob o’tkazadi.(1-ilova)
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg‘ulotning mavzusi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va asosiy joylar yozdiriladi.(2-ilova)
3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtirish.(3-ilova)
4.O‘quv mashg‘ulotlarida o‘quv ishlarini baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi. (4-ilova)
Ta’lim oluuvchilar bilimini faollashtirish.
4.Tezkor so‘rov savol-javob,aqliy hujum,pinbord,o‘ylang va juftlikda fikirlang.(5-ilova)
Yangi o‘quv material bayoni:
5. MTTda lug‘at ustida ishlash bo‘yicha mashg‘ulot turlari va turli mashqlar va topshiriqlarni tanishtiradi.Asosiy holatlarni yozdiradi.(6-ilova)
6. Lug ‘at ustida ishlashda buyumlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlari to‘g‘risida ma’lumotlar beradi.
Yangi o‘quv materialini mustahkamlash .
7.Mustahkamlash uchun savollar beriladi.
8.Kichik guruhlarga bolinadi.Topshiriqlar beriladi va baholash mezoni bilan tanishtiriladi.
9.Guruhlarda ishlash uchun ruxsat beriladi. Bajarish jarayonini kuzatadi ,maslaxatlar beradi.
10.Guruhlar taqdimoti tashkil etiladi.Guruh a’zolariga diqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini eslatadilar.
11.Guruhlar ishini o‘zaro baholash o‘tkaziladi.
12. Mavzuni har bir bo‘limi bo‘yicha xulosalar qilinadi. Eng asosiylariga e’tibor qaratadi. Berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuni kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog‘lab mavzuni yakunlaydi.
|
Berilgan savollarga javob beradi
Mavzu rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.Savlollarga javob yozib oladilar
Savollarga javob beradilar
Mavzu nomi va rejasini yozib oladi.
Diqqat qiladi.
Tinglaydi, yozib oladi.
Savollarga javob beradi.
Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Har bir guruh o‘z topshiriq varaqlari bo‘yich faoliyatni boshlaydilar.
Guruh sardorlari chiqib o‘z ishlarini taqdim etadilar.Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
Diqqat qiladilar.
|
3-bosqich.
Yakuniy.
(5 daqiqa)
|
Mashg‘ulot yakuni:
1.O‘quvchini baholanadi, yo’l qo‘yilgan xatolar ko‘rsatiladi va rag‘batlantiradi.
Uyga vazifa:
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.(7-ilova)
|
Baxolarni tanishadilar,uyga vazifani yozib oladilar.
|
1-ilova
O‘tilgan mavzular bo‘yicha savollar
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ona tilining ahamiyati ayting?
“Til tafakkur quroli”. Fikrni izohlang.
Bolalarni axloqiy va estetik ruhda tarbiyalashda ona tilining ahamiyati?
4.O‘tilgan darslarda qaysi mavzular bilan tanishganmiz?
5. Bolalar nutqini o‘stirish fanining maqsad va vazifasi nima?
6. MTTda bolalar nutqini rivojlantirish vazifalari qanday?
7.Og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun mashqlarning qanday hamiyati bor?
2-ilova
1-Mavzu: MTTda lug‘at ustida ishlash bo‘yicha ta’limiy faoliyat turlari
1. Lug‘at ustida ishlashda buyumlar bilan tanishtirish.
2. Ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish.
3. An’anaviy bayramlarni tasnifini berish.
4. Kuzatish mashg‘ulotlarini tashkillash.
Maktabgacha ta‘lim muassasasidagi lug‘at ishlarining mohiyati – bu til leksikasi sohasida bolalarning ularga tanish yoki notanish bo‘lgan, ammo ular uchun qiyin hisoblangan so‘zlarning o‘zlashtirishlariga, nutq madaniyatini oshirishga qaratilgan ta‘lim-tarbiya ishlarini bir tizimga keltirishdan iboratdir. Bolalarni ular o‘z amaliyotida qiyinchilik bilan o‘zlashtiradigan, to‘satdan yoki umuman tanimaydigan, buzilgan shaklda talaffuz qiladigan so‘zlar bilan qurollantirish ancha pedagogik sa‘y-harakatlarni talab qiladi. Psixologiya, ling-vistika, fiziologiyaga oid ma‘lumotlar turli yosh bosqichlaridagi bolalar uchun ana shunday so‘zlar doirasini aniqlashga yordam beradi. Bolalar lug‘atini boyitish bir vaqtning o‘zida ularni atrofdagi borliq olam bilan tanishtirish bilan birgalikda olib boriladi. Tarbiyachi bolaga bir so‘zni ma‘lum qilish va uning ma‘nosini ochib berish bilan bir vaqtda uni nomi aytilayotgan narsa yoki hodisaga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi.
Lug‘at ishlarini o‘tkazishda tarbiyachi bolaning umumiy nutq madaniyatiga ta‘sir qiladi, unga umumiy ravishda qabul qilingan adabiy so‘zlar va ifodalarni ma‘lum qiladi, ularni to‘g‘ri tovush va grammatik shaklda ifoda qiladi, bunda u bolalarda uchraydigan sheva leksikasini bartaraf qiladi (ta‘qiqlaydi), ularni adabiy me‘yorlar bilan almashtiradi.
«Lug‘atni egallash» atamasi – bu nafaqat so‘zni o‘zlashtirish, uni tushunish, balki uni albatta qo‘llash, nutqiy faoliyatda foydalanish demakdir. Insonning yuqori nutq madaniyati, lug‘atining boyligi haqida u «eshitilgan», insonning jonli nutqini bezab turgan taqdirdagina so‘z yuritish mumkin. Lug‘at ishidagi asosiy jihat – bu faqat bolalarga yangi so‘zni tanishtirish emas, balki ularni faol nutqqa kiritishdir.
Maktabgacha ta‘lim muassasasidagi lug‘at ishi – bu bolalarning faol lug‘atini notanish yoki ular uchun qiyin bo‘lgan so‘zlar bilan reja asosida boyitib borishdan iboratdir. O‘zbek tili lug‘ati to‘xtovsiz tarixiy rivojlanish jarayonida bo‘ladi. Undagi o‘zgarishlar eng avvalo insonning ishlab chiqarish faoliyati, jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Yangi narsalar va hodisalarning paydo bo‘lishi bilan ularni nomlovchi yangi tushunchalar va so‘zlar ham paydo bo‘ladi. Bundan tashqari ilgaridan mavjud bo‘lgan ayrim so‘zlar yangilanadi, ularning ma‘nosi o‘zgaradi, ko‘p so‘zlar muomaladan chiqib ketadi. Bolalar bilan lug‘at ishlarini o‘tkazishda so‘zning rivojlanuvchi tusga egaligini hisobga olish zarur.
O‘zbek tilining lug‘at tarkibini umumiy qo‘llanishdagi leksika tashkil qiladi. Bu o‘zbek tilida so‘zlashayotgan odamlarga qo‘shimcha izoxlarsiz tushunarli bo‘lgan va muomala uchun zarur bo‘lgan so‘zlar guruhidir. U uzoq vaqt mobaynida yaratilgan. Bu leksikaga nutqning turli qismlari kiradi. Maktabgacha ta‘lim muassasasida lug‘at ishining mazmunini asosan umumiy qo‘llanishdagi leksika tashkil etishi tufayli tarbiyachi bolalar nutqini nafaqat otlar bilan, balki fe‘llar, sanoq so‘zlar, old ko‘makchilar, sifatlar va boshqa nutq qismlari bilan ham boyitishi zarur.
Bolalar lug‘atini folklor elementlari (qo‘zim, toychog‘im, ona qizim) bilan ham boyitish darkor, chunki ma‘lum xollarda (qayta hikoya qilish mashg‘ulotlari, ertak to‘qish, sahnalashtirish, o‘yinlar va boshq.) ular bolalar nutqiga kiritish uchun ataylab taklif qilinadi.
Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug‘at ustida ishlash maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalardan biridir. Maktabgacha tarbiya yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so‘z boyliklari juda tez o‘sib boradi. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yar va boshqarar ekan, har bir bolaga uning to‘plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o‘zini qurshab turgan olamni bilishga bo‘lgan qiziqishini o‘stiradi.
Bola nutqining taraqqiyoti uning atrofidagi odamlar nutqiga, tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlardan bizga ma’lumki (ilk yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari mavzusida bayon etilgan fikrlar), yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yig‘lash orqali tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarga (ochlik, tashnalik, sovuq, biror joyning og‘rishi yoki issiqlash va hokazolarga) javob beradi. Bola 2-3 oylik bo‘lganda katta kishilarning gaplariga, tevarak-atrofdagi g‘ala-g‘ovurlarga diqqat bilan quloq soladi, rangli narsalarga qaraydi va ularga nisbatan tovush chiqara boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |