Xatoliklarni aniqlashda ishlatiladigan ba’zi formulalar
1-jadval
O‘lchangan kattalik o‘lchov birliklarida ifodalanadi. Masalan: hajm uzunlik birligini uchinchi (kub) darajasi bilan aniqlanadi. Jism hajmi ko‘pincha, (yoki sm3) kub santimetr, kub metr (m3), yoki litr (l) orqali ifoda etiladi. Massa moddiy jism miqdorining o‘lchovidir. Massa odatda gramm (g) yoki kilogramm (kg)larda ifoda etiladi. Zichlik moddaning hajm birligidagi miqdori hisoblanadi. Uning birligi hajm birligida mavjud bo‘lgan massa orqali aniqlanadi. Zichlikning eng keng tarqalgan birligi g/sm3 yoki kg/m3 sifatida ifoda etiladi.
Nazorat savollari
O‘lchash deb nimaga aytiladi?
O‘lchashning qanday turlari mavjud?
O‘lchash xatoligi deganda nimani tushunasiz?
Bevosita o‘lchashda qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi?
Absolut xatolik nima va u qanday aniqlanadi?
Nisbiy xatolik nima va u qanday aniqlanadi?
O‘lchashlarning yozilish tartibi qanday?
Sekundomer bilan o‘lchash aniqligini qanday qilib oshirish mumkin?
Sekundomerdan foydalanish qoidalarini izohlang.
ELEKTR
2-LABORATORIYA ISHI
O‘tkazgichlarning solishtirma qarshiligini aniqlash
Ishning maqsadi: Turli o‘tkazgichlaming solishtirma qarshiligini ampermetr va voltmetr yordamida aniqlash ko‘nikmalarini hosil qilish.
Kerakli asbob va materiallan 1. O‘zgarmas tok manbayi. 2. Uzunligi 1 m ga yaqin silindr shaklidagi metall o‘tkazgich (sim).
Ampermetr. 4. Millivoltmetr. 5. Kalit. 6. Ulash simlari. 7. Reostat.
Nazariy qism
Ma’lumki, ko‘ndalang kesimining yuzi o‘zgarmas bo‘lgan silindr shaklidagi metall o‘tkazgich (sim)ning qarshiligi R shu o‘tkazgichning uzunligi l ga to‘g‘ri mutanosib, ko‘ndalang kesimining yuzi S ga teskari mutanosib va o‘tkazgichning materialiga bog‘liq, ya’ni:
ga teng. Bu formuladagi mutanosiblik koeftitsienti qarshilikning o‘tkazgich materialiga bog‘liqligini ifodalaydi va solishtirma qarshilik deb ataladi. (1) formuladan ni topsak:
Endi solishtirma qarshilikning ta’rifini keltiramiz:
Uzunligi 1 m va ko‘ndalang kesimining yuzi 1 mm2 bo‘lgan o‘tkazgichning qarshiligi solishtirma qarshilik deb ataladi. Bu ta’rif asosida solishtirma qarshilikning elektrotexnikada ko‘p ishlatiladigan birligi
ni tushuntirish oson. Fizikada solishtirma qarshilikning ta’rifi SI sistemasiga asoslanib berilgan.
Biror moddadan yasalgan, qirrasining uzunligi 1 m bo‘lgan kubdan tok uning qirralaridan biriga parallel o‘tayotgan bo‘lsin, shu o‘tkazgichning Om hisobida ko‘rsatayotgan qarshiligi solishtirma qarshilik deyiladi va SI sistemasida birlikda o‘lchanadi. Bu birliklar orasida quyidagi o‘zaro munosabatni yoza olamiz:
Qarshiligi (1) formula bilan ifodalangan o‘tkazgichlar rezistorlar deb ham yuritiladi. Metallarning solishtirma qarshiligi juda oz, dielektriklarning qarshiligi esa ancha katta. Yarimo‘tkazgichlar solishtirma qarshiligining qiymatlari metallar va dielektriklarning orasida bo‘ladi.
Fikrimizning dalili sifatida quyidagi 1-jadvalda ba’zi moddalarning 20° C temperaturadagi solishtirma qarshiligi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |