O'quv ishlari bo’yicha prorektor


О‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi



Download 0,7 Mb.
bet85/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

О‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi.
О‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan о‘zaro manfaatli aloqalarni yо‘lga qо‘yish va tobora chuqurlashtirish alohida о‘rin tutadi. 1996 yil 21-iyunda Florensiya shahrida imzolangan О‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi о‘rtasidagi “Sheriklik va hamkorlik tо‘g‘risidagi bitim”, uning 1999 yil 1-iyulda kuchga kirishi mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi mamlakat­lari bilan о‘zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi.
О‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan har taraflama manfaatli hamkorlikka muhim ahamiyat berib kelmoqda. Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikning asosiy sohalari savdo-sotiqni rivojlantirish, investitsiya va moliya, zamonaviy texnologi­yalar transferi, ilm-fan, texnika, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy xavfsizlik kabilar hisoblanadi. О‘zbekiston Yevropaning ilg‘or davlatlari, xususan, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Latviya va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori darajaga chiqarishga alohida e’tibor beradi.
Ma’lumki, 2018 yil Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yevropa mamlakatlariga qilgan rasmiy tashriflari ham strategik va amaliy jihatdan juda samarali bо‘ldi. О‘zbekiston Prezidenti Yevropaga о‘zining birinchi tashrifini Fransiya davlatidan boshladi. 2018 yil 8-9-oktabr kunlari Prezident Shav­kat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezi­denti Emmanuel Makronning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Fransiyada bо‘ldi.
Tashrifning birinchi kunida Yelisey saroyida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning uchrashuvi bо‘lib о‘tdi. Muzokarada О‘zbekiston va Fransiya о‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
8-oktabrda davlatimiz rahbari Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida ushbu tashkilot Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi. Uchrashuvda О‘zbekiston bilan YUNESKO о‘rtasidagi 2018-2021 yillarga mо‘ljallangan qо‘shma Harakatlar rejasi qabul qilindi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Senati Raisi Jerar Larshe bilan ham uchrashdi. Tashrif davomida Fransiyaning eng yirik kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuv о‘tkazilib, ikki davlat о‘rtasida avtomobil transportida xalqaro yо‘lovchi va yuk tashish, turizm sohalarida hamkorlik tо‘g‘risida hukumatla­raro bitimlar, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 2018-2020 yillarga mо‘ljallangan ham­korlik dasturini amalga oshirish tо‘g‘risida ahdlashuv bitimi imzolandi. Shuningdek, 2019-2020 yillarda tashqi ishlar vazirliklari о‘rtasida hamkorlik dasturi, ikki mamlakat ichki ishlar, madaniyat vazirliklari о‘rtasida hamkorlik bо‘yicha о‘zaro anglashuv memo­randum kabi hukumatlararo va idoralararo jami 10 ta hujjat qabul qilindi.
2019 yil 20-22-yanvar kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy tadbirlari 21-yanvarda amalga oshirilib, davlatimiz rahbari Berlinda Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar о‘tkazadi.
Tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalariga oid hukumatlararo va idoralararo 9 ta hujjat imzolandi.
Fransiya va Germaniya kabi nafaqat Yev­ropa Ittifoqi, balki jahonning yetakchi davlat­lari О‘zbekistonning ishonchli va istiqbolli sheriklaridan bо‘lib, tashriflar о‘zaro ham­korlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

Asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qо‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan kо‘p qirrali va о‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytiramiz.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish