O'quv ishlari bo’yicha prorektor


О‘zbekistonning AQSh va Yevropa davlatlari bilan hamkorligi



Download 0,7 Mb.
bet84/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

О‘zbekistonning AQSh va Yevropa davlatlari bilan hamkorligi

О‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatida Amerika Qо‘shma Shtatlari bilan о‘zaro manfaatli aloqalarni yо‘lga qо‘yish va tobora chuqurlashtirish alohida о‘rin tutadi. О‘zbekiston bilan Amerika Qо‘shma Shtat­lari о‘rtasida davlatlararo aloqalar mustaqil­likning dastlabki yillaridayoq yо‘lga qо‘yildi. 1992 yil 15-16-fevral kunlari AQSh davlat kotibi Jeyms Beyker О‘zbekistonga ras­miy tashrif buyurdi va ikki davlat о‘rtasida diplomatik aloqalar о‘rnatildi. 1992 yil 16-mart kuni Toshkentda birinchi bо‘lib, AQShning elchixonasi ochildi. 1996 yil 25-iyunda esa О‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ochildi.
О‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yо‘nalishlaridan biri, Amerika Qо‘shma Shtatlari bilan 2002 yil 12-martda imzolangan О‘zbekiston va AQSh о‘rtasida Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari tо‘g‘risidagi deklaratsiyasi asosida о‘zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir. О‘z­bekiston AQSh bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash va xalq turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan modernizatsiya jarayoni va islohotlarni qо‘llab-quvvatlash maqsadida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy-texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor. Ikki tomonlama hamkorlikning muhim yо‘nalishlari Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, transmilliy tahdid va xatarlarga qarshi kurashga kо‘maklashishdan iboratdir.
AQSh va О‘zbekiston о‘rtasidagi hamkorlik aloqalari doimo о‘zaro ishonch va manfaatdorlik omillariga amal qiladi. 2017-2018 yillar о‘zaro delegatsiyalar tashrifini amalga oshirilishi va davlatimiz rahbarining AQSh ga rasmiy tashrifi ikki tomonlama kо‘p qirrali munosabatlarni yanada yuqori darajaga kо‘tarib, strategik sheriklikning yangi davrini boshlab berdi.
2018 yil 15-17-may kunlari О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan AQSh da bо‘ldi. О‘zaro munosabatlardagi tarixiy voqea bо‘lgan ushbu tashrifni hamkorlikni yangi pog‘onaga kо‘tarishda ulkan yutuq deb e’tirof etish lozim. 16-may kuni Shavkat Mirziyoyevni AQSh Davlat departamenti rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Shu kuni Prezident Don­ald Tramp Oq Uyga ilk bor tashrifi munosabati bilan О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni qabul qildi. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada bо‘lib о‘tdi. Uchrashuv yakunlari bо‘yicha Qо‘shma bayonotda “AQSh va О‘zbekiston о‘rtasida strategik hamkorlikning yangi davri boshlangani” ma’lum qilindi.
Tashrifning uchinchi kuni, ya’ni 17-may kuni ham uchrashuv, muzokara va tadbirlarga boy bо‘ldi. Davlatimiz rahbari AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashdi. Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev Pentagonda AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muzokara olib bordi. Uchrashuvda mudofaa va xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik sohalaridagi muno­sabatlarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Davlatimiz rahbari Kapitoliyda AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli boshchiligidagi kongressmenlar bilan uchrashdi. Muloqotda ikki mamlakat о‘rtasida parlamentlararo aloqalarni yanada rivoj­lantirish masalalari muhokama qilindi.
2018 yil 17-may kuni Shavkat Mirziyoyev Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim bilan uchrashib, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya jalb etish bо‘yicha muzokara olib bordi. Davlatimiz rahbari uzoq yillardan buyon Jahon bankida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan ham kо‘rishdi. Uchrashuvda istiqbolli loyihalar kо‘rib chiqilib, bog‘dorchilikni rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sanoat korxonalarining energiya tejamkorligini oshirish, isitish tarmoqlarini modernizatsiya qilish, moliyaviy konsultativ xizmat kо‘rsatish kabi sohalarga oid bitimlar imzolandi.
О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi mobaynida, 2018 yil 17-may kuni AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bо‘yicha yordamchi о‘rinbosari Elis Uells va О‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ta’lim sohasida ikkita shartnoma imzoladilar.
Birinchi memorandumga kо‘ra, О‘zbekiston va AQSh universitetlari о‘rtasida uch yillik almashuv dasturini yо‘lga qо‘yish, ikkinchidan, ingliz tilini о‘rganishga qaratilgan dasturlarni О‘zbekiston bо‘ylab moliyalashtirishni kengaytirish kо‘zda tutildi. Tashrif amaliy natijasi sifatida О‘zbekiston va AQSh kompaniyalari о‘rtasida 20 dan ortiq yirik shartnomalar imzolandi.
2018 yil 23-oktabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bо‘lib turgan Amerika Qо‘shma Shtatlari savdo vaziri Uilbur Rossni qabul qildi. Uchrashuvda savdo, sanoat va yuksak texnologiyalar, qishloq xо‘jaligi, logistika va transport sohalarida aniq loyiha va dasturlarni rо‘yobga chiqarishda amaliy hamkorlik masalalari kо‘rib chiqildi.
Prezident Sh.M.Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifidan sо‘ng, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik, ayniqsa, Afg‘onistonda xavfsizlik va mustahkam rivojlanishni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni о‘rnatishning istiqbollari masalasida о‘zaro delegatsiyalar tashrifi amalga oshirildi. Xususan, 2018 yil 10-dekabr kuni AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bо‘yi­cha maxsus vakili Zalmay Halilzod yetakchiligidagi idoralararo delegatsiya О‘zbekistonga tashrif buyurdi. 2018 yilning 10-dekabr kuni Zalmay Ha­lilzod boshchiligidagi delegatsiyani О‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ab­dulaziz Komilov qabul qildi. Suhbatda AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik bо‘yicha yordamchisi о‘rinbosari, Janubiy va Marka­ziy Osiyo bо‘yicha katta direktor Liza Kyortis ham ishtirok etdi. О‘zbekiston - Amerika kun tartibining keng qamrovli masalalari hamda mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda Afg‘onistonda yirik infratuzilma loyihalarini rо‘yobga chiqarish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy obektlarni bunyod etishning amaliy jihatlari ham kо‘rib chiqildi.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish