O'quv ishlari bo’yicha prorektor


О‘zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligining shakllanishi va



Download 0,7 Mb.
bet17/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

2. О‘zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligining shakllanishi va
rivojlanishi.
О‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi jamiyatning barcha qatlamlarining keng va erkin rivojlanishi uchun sharoit yaratdi. Shu bilan birga, bu kelajak uchun juda katta javobgarlikni keltirib chiqardi. Yosh davlat о‘z imkoniyatlaridan foydalana oladimi, tub yangilanishning eng qiyin muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishga qodirmi - bu kabi savollar jamoatchilik muhokamasiga kо‘tarildi. Birinchi marotaba kо‘p partiyaviylik asosida о‘tkazilgan referendum va Prezident saylovlari jamiyatdagi demokratik jarayonlarning rivojlanishidagi muhim qadam bо‘ldi. Mamlakatimizning jahon maydoniga chiqishi uchun aniq-ravshan imkoniyatlar ochildi.
Bir ijtimoiy-siyosiy tizimdan ikkinchisiga о‘tishning huquqiy asosi 1992 yil 8-dekabrda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi bilan mustahkamlandi. U huquqning umumiy manbalari tizimida tub о‘rin egalladi va barcha qonunlar va boshqa huquqiy meyorlarni tartibga solishning asosi bо‘ldi. Avvalgilaridan farqli о‘laroq, mustaqil О‘zbekiston Konstitusiyasi BMTning asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga asoslanib, konstitusiyaviy rivojlanish va demokratiya yutuqlarining jahon tajribasini о‘zida mujassam etgan. Shu bilan birga, u о‘zbek xalqining kо‘p asrlik siyosiy va huquqiy merosiga, tarixiy, madaniy va milliy an’analariga tayandi.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bо‘linishi tamoyili mustahkamlab qо‘yilgan va ularning har birining mustaqilligi e’lon qilingan.
Mustaqillik yillari konstitusiyaviy maqsadlarni amalga oshirish yо‘lidagi aniq qadamlar davri bо‘ldi. Ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta’minlash keng kо‘lamli о‘zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim omil bо‘ldi. Barqarorlik muhiti yangilanish jarayonlarining izchillik, bosqichma-bosqich va ijodiy yо‘nalishga asoslangan holda, jamiyatni qayta qurish va modernizatsiya qilish bо‘yicha chora-tadbirlar bilan mustahkamlandi. Ijtimoiy о‘zgarishlarning mantig‘i quyidagi formula bilan aniqlandi: «Yangi uy qurmasdan, eskisini buzish mantiqiy emas.»
Istiqlol yillarida birinchi marta О‘zbekistonda avvalgi boshqaruv tizimini demontaj qilish va milliy davlatchiligimizning asosini qо‘yish bо‘yicha ulkan ishlar boshlandi. Xususan, boshqaruv va ma’muriy tizimning qо‘llab-quvvatlovchi tuzilmalari bо‘lgan hamda yangi demokratik davlatchilik va bozor iqtisodiyotini shakllantirish yо‘lidagi asosiy tormoz bо‘lib xizmat qilgan kо‘plab tuzilmalar va boshqaruv organlari tugatildi.
О‘zbekistonning о‘z taraqqiyot yо‘li tо‘plangan xalqaro tajribadan ijodiy foydalanishga asoslangan bо‘lib, unda milliy xususiyatlar, turmush tarzi, xalqning urf-odatlari va madaniyatini har tomonlama rivojlantirishni о‘zida aks ettirdi. О‘zbekiston Respublikasi siyosiy tuzilishining modeli xalqaro miqyosda tan olingan modellarga muvofiqlashtirildi.
О‘zbekistonda, tizimli yangilanishning dastlabki bosqichida, kо‘plab postsovet mamlakatlarida bо‘lgani kabi, avvalgi tuzmga xos bо‘lgan ayrim xususiyatlar kuzatildi. Xolbuki, Respublika Prezidentining vakolatlari doirasida katta kuchlarning tо‘planishi eng murakkab siyosiy va geosiyosiy о‘zgarishlar sharoitida obyektiv zarurat, о‘zgarishlarni samarali amalga oshirishning birdan-bir tо‘g‘ri yо‘li bо‘lganligini e’tirof etish kerak. Shuni ham ta’kidlash lozimki:

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish