Asl bahrlar
“Bahr” so`zi ham arabchada, ham forschada uchraydi. “Navoiy asarlari lug`ati”da arabcha “bahr” so`zi “daryo”, “katta daryo”, “dengiz” ma’nolarini anglatishi, ayni damda, she’rda “vazn”, “o`lchov” ma’nosida qo`llanishi, forscha “bahr” so`zi “bahra”, “hissa” ma’nolarini anglatishi keltirilgan14. Aruz vazniga oid “bahr” atamasi aynan arabcha so`zdir.
Ma’lumki, ruknlarning takroridan bahrlar hosil bo`ladi. Bu haqda Alisher Navoiy shunday yozadilar: “Emdi bilkim, buhureki ba’zining takrori va ba’zining tarkibi ba’zi bila hosil bo`lur, o`n to`quzdur15”. Bobur hazratlarida ham aynan shunday fikr sal soddaroq shaklda uchraydi: “Bilgilkim usulning takroridin, yo ba’zining ba’zi bila tarkibidin bahr hosil bo`lur”16.
Arablarda 16 ta bahr bo`lgan. Atoulloh Husayniyning fikricha, Xalil ibn Ahmad bahrni o`n beshta deb hisoblagan, o`n oltinchisini – mutadorik bahrini arab olimi Axfash qo`shgan17. Aruz vaznini, jumladan, 16 bahrni forslar o`zlashtirib, fors-tojik she’riyati asosida 3 ta – qarib, g`arib, mushokil bahrlarini qo`shganlar18. Oqibat turkiylar 19 ta bahrdan xabardor bo`lganlar. Alisher Navoiy asl bahrlar o`n to`qqizta deb hisoblasa, Zahiriddin Muhammad Bobur yigirma bitta deb ta’kidlaydi va qayd etadi: “Yana ikki bahrkim, Arid bila Amiqdur” (24-bet). Biz “Badoyi’ us-sanoyi’”, “Majolis un-nafois”, “Muxtasar” “Aruz haqida” kabi ilmiy asarlarga tayanib, quyidagicha jadval tuzdik:
3-mavzu: Bir ruknning takroridan hosil bo‘ladigan bahrlar: ramal, hazaj, rajaz va mutaqorib bahrlari haqida ma’lumot
Reja:
1. Asliy va tarmoq ruknlar.
2. Rukn va bahr munosabati. Bahrlar va ularning tarkibiy tuzilishi.
3. Ramal va hazaj bahrlari.
4. Rajaz va mutaqorib bahrlari.
Faqat bir ruknning takroridan hosil bo`ladigan bahrlar yettita bo`lib, ular yettita asl rukn ishtirokida yuzaga keladi, maf’uvlotu rukni yakka holida bahr hosil qilolmaydi.
№
|
Bahrning nomi
|
Vaznni yuzaga keltiradigan ruknning nomi
|
Atoulloh Husayniyda
|
Alisher Navoiyda
|
1.
|
Mutaqorib
|
fauvlun
|
“Aning asli musammandur”, ya’ni rukn baytda 8 marta takrorlangan.
|
Musaddas va musamman shakli keltirilgan
|
2.
|
Mutadorik
|
Fo`ilun
|
Rukn baytda 8 marta takrorlangan.
|
Musaddas va musamman shakli keltirilgan
|
3.
|
Hazaj
|
Mafo`iylun
|
“...Asli arabda musaddastur” – rukn baytda 6 marta takrorlangan.
|
Murabba’, musaddas va musamman shakli keltirilgan.
|
4.
|
Rajaz
|
mustaf’ilun
|
“...Asli dag`i arabda musaddastur”.
|
Murabba’, musaddas va musamman shakli keltirilgan.
|
5.
|
Ramal
|
fo`ilotun
|
“...Arabda musaddastur”.
|
Murabba’, musaddas va musamman shakli keltirilgan.
|
6.
|
Vofir
|
mafo`ilatun
|
“...Asli musaddastur”.
|
Musamman shakli keltirilgan.
|
7.
|
Komil
|
mutafo`ilun
|
“Munung asli ham musaddastur”.
|
Musamman shakli keltirilgan.
|
Yuqoridagi jadvallarga imkon qadar izoh bersak. Bahr ruknning takrori tufayli yuzaga keladi. She’r vazni nomida bahrning nomi, ruknning soni va sifati aks etadi. Atoulloh Husayniy va Alisher Navoiylar “musamman”, “musaddas”, “murabba’” atamalari yordamida baytdagi ruknlar sonini ifodalashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |