O`quv ishlari bo`yicha prorektor R. Jumayev Aruz qoidalari va mumtoz poetika fani bo`yicha universitetlarning


Musta’mal bahrlar: ramal va hazaj bahrlari. Aruzda fonetik hodisalar



Download 0,87 Mb.
bet11/53
Sana13.07.2022
Hajmi0,87 Mb.
#784910
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
Bog'liq
majmua AMPK

Musta’mal bahrlar: ramal va hazaj bahrlari. Aruzda fonetik hodisalar
1.Turkiy (o`zbek) she’riyatda musta’mal bahrlar, ularning qo`llanilish darajasi.
2.Ramal – turkiy she’riyatning yetakchi bahri sifatida.
3. Hazaj bahrining musamman va musaddas ruknli vaznlari.
She’r vaznining aniqlanishiga e’tibor qiling. Avvalo, bo`g`inlar soni sanaladi. Ikki misradagi bo`g`inlar soni teng bo`lsa, hijolar soni bir xil bo`ladi. Bo`g`inlar soni teng bo`lmasa, o`ta cho`ziq hijoni topib, bo`g`inlar sonini tenglashtiramiz. So`ng ikki misradagi hijolarni tagma-tag yozamiz. Quyidagi misolda bo`g`in va hijolar soni bir xil:
No-la-ni har / ne-cha-kim el / din ni-hon ay / lar ko`-ngil, 15
– V – – / – V – – / – V – – / – V –
Se-ni so-g`in/g`ach ya- na be/xud fi g`on ay/lar ko`-ngil19. 15
– V – – / – V – – / – V – – / – V –
Har bir hijoni izohlasak. “No” – “o” bilan tugagani uchun cho`ziq; “la” “o” bilan tugamagan, so`z, misra yoki rukn oxirida kelmagan, vazn talabi bilan cho`zib aytilmaydi, ya’ni istihlofga uchramagan, shu sababdan qisqa hijo; “ni” – “o” bilan tugamagan bo`lsa ham so`z oxirida kelgani uchun cho`ziq hijo qilib aytish imkoni bor, cho`ziq hijo deb hisoblanishiga sabab shuki, ikkinchi misradagi unga parallel hijo “o” bilan tugagan, demakki, “ni” cho`ziq hijo; “har” – yopiq bo`g`in bo`lgani uchun cho`ziq hijo; “ne” asli qisqa hijo bo`lishi lozim, ammo unga parallel 5-hijo “-g`ach” yopiq – cho`ziq hijo bo`lgani sabab u ham istihlofga uchrab, cho`zib aytiladi; “cha” “o” bilan tugamagan, so`z, misra yoki rukn oxirida kelmagan, vazn talabi bilan cho`zib aytilmaydi, ya’ni istihlofga uchramagan, shu sababdan qisqa hijo; keyingi ikki – “kim” “el” hijolari undosh bilan tugagani uchun cho`ziq hijodir. Misradagi boshqa hijolar yoki keyingi misra ham shu tarzda talqin qilinadi.
G`azalning vaznini bayt ko`magida aniqlash mumkin. Ma’foiylun rukni asosida yaratilgani sabab hazaj bahrida yozilgan, ruknlar soni ikki misrada sakkizta bo`lgani uchun “musamman”, oxirgi rukn zihofga uchragani uchun “mahzuf” so`zi qo`shiladi. Oqibat, g`azalning vazni hazaji musammani mahzuf deb hisoblanadi, quyidagi taqte’ hosil bo`ladi:
mafo`iylun / mafo`iylun / mafo`iylun / mafo`il,
mafo`iylun / mafo`iylun / mafo`iylun / mafo`il.
Oxirgi ruknni “fa’uvlun” tarzida berish ham mumkin. “Mafo`iyl (fa’uvlon)” tarzida berilganda o`ta cho`ziq hijo sanalib, “maqsur” deyilishi lozim edi, paradigmasi V – ~ tarzida berilardi. Yopiq va “o” bilan tugagan bo`g`inlarni cho`ziq, qolganini qisqa hijo belgilari bilan belgilasak, quyidagi paradigma yuzaga keladi:
V – – – / V – – – / V – – – / V – –
V – – – / V – – – / V – – – / V – –

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish