Bo`ldi oyog`ing qora ziynatu ne yarodin



Download 32,97 Kb.
bet1/2
Sana24.06.2022
Hajmi32,97 Kb.
#698596
  1   2
Bog'liq
12b


Erkin Vohidovning asosiy g`azallari uning “Muhabbatnoma” kitobida jamlangan bo`lib, unda jami saksonta g`azal mavjud. Ushbu g`azallarning o`n uchtasi – hazajda, to`rttasi – rajasda va qolgan oltmish uchtasi – ramalda yozilgan. Ushbu g`azallar aruzning qaysi bahrida yozilishidan qat’iy nazar, ularning barchasida badiiy san’atlar va ranglar uyg`unligi mavjud. Badiiy san’atlar, vositalar va usullar lirikaning tabiatiga xos bo`lgan ixchamlik va mo’jazlikni ta’minlash, fikrni obrazli bayon etish, estetik zavq bag`ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodiy merosi adabiyotimiz cho`qqisi hisoblangan Alisher Navoiy ham mavjud an’analarni muvaffaqiyatli o`zlashtirish bilan birga, ularni rivojlantirish, yangi bosqichga ko`tarish, shu yo`l bilan she’riy san’atlarning ham bir qolipga tushib qolishidan saqlashga katta hissa qo`shdi. Badiiy san’atlardan oqilona foydalana bilish an’anasi avlodlarga ham o`tib kelgan. Navoiyda shunday bayt mavjud:
Bo`ldi oyog`ing qora ziynatu ne yarodin
O`ylaki, bo`lg`ay qora sham tubi soldim.
Ushbu baytda “Irsol ul-masal (ar. maqol, masal keltirish) – mumtoz adabiyotdagi she’riy san’atlardan biri bo`lib, she’rda ma’lum bir poetik maqsadda mashhur maqol, matal yoki hikmatli so`z keltirish. Shoir biror fikrni o`rtaga tashlar ekan, o`z fikrining isboti, izohi, tasdig`i uchun xalq maqollari, hikmatli iboralarni tamsil yo`li bilan keltiradi”.1 Ushbu baytda Navoiy “Chiroq tubi qorongu” iborasiga ijodiy yondashadi va shu’la sochayotgan shamning tagi qorong`u bo`lib turishini u oyog`iga qora ziynatlar taqib bezangan yorning latif ko`rinishiga qiyoslangan. Bunda Navoiy ushbu badiiy san’atning 2-ko`rinishi maqol yoki matal hech qanday ishoralarsiz aynan keltirilishidan foydalanilgan. E.Vohidov o`z ijodida ko`pincha irsol ul-masalning 3-ko`rinishidan foydalangan, ya’ni mazmuni bayt yoki misra ichiga singdirib yuborilgani holda maqol yoki matal o`z shaklini butunlay yo`qotish, bir oz o`zgartirishi yoki yangicha shaklga kelishi mumkin.
Sevgi dardidan mening ham bo`ldi rangim qahrabo,
Yo`q iloj, ne naf o`kinmak bo`lmasa ko`zguda ayb.
Mazkur baytda “Yuzing qiyshiq bo`lsa, oynadan o`pkalama” maqoli o`zgargan shaklda berilgan. Ammo baribir shu maqol xususiyati saqlanib qolingan.
“Badiiy san’atlarni qo`llashda Navoiy uslubiga xos yana bir xususiyat shundan iboratki, shoir o`zigacha qat’iy an’ana tusini olgan badiiy o`xshatishlar lirik usullar bilan qanoatlanmaydi. Shoir ma’lum va mashhur bo`lgan badiiy – lirik obrazlar yangi qirralarini kashf etishga ko`pchilik nazaridan chetga bo`lgan xususiyatlariga diqqatni tortishga harakat qiladi”.2 Navoiy irsol ul-masalning 1-ko`rinishidan ham foydalangan. Bunda maqol yoki matal “masaldurkim”, “masalkim”, “derlar”, “aytadilarki”, “elda bor shunday masal” kabi ishoralar bilan keltiriladi.
Yetti jon og`zimakim, chiqmas uyidin ul hur:
“Chiqmag`an jong`a umid” – ushbu masaldur mashhur.
Ushbu baytda “og`zi joniga kelmoq” iborasi ham qo`llanilishi bilan bir qatorda “chiqmagan jondan umid” iborasi ham ishlatilgan. Agar baytda maqol, matal yoki iboralar ikki yoki undan ortiq bolsa, “irsol ul-masalayt” deyiladi.
E.Vohidov o`z g`azallarida tanosib san’atidan ko`p foydalangan. Tanosib – poetik usullardan biri bo`lib, o`zaro munosabatda bo`lgan ikki tushunchaning bir-biriga bog`langan holda kelishi. Masalan:
Ko`z ochar gulshanda g`uncha, bulbul afg`on aylagach...
Navoiyda ham tanosib san’ati bor:
Shah yonin farzin kibi kajlar maqom etsa ne tong,
Rostravlar arsadin gar tutsalar ruhdek qiroq.
(arsa – shaxmat taxtasi, shah, farzin, ruh – shahmat donalari)
Navoiy ijodida tardu aks san’ati ham qo`llanilgan. Masalan:
Zulfi savdosi, bu savdoyi boshinda ko`pturur,
Bo`lsa savdo ahli, tong yo`q, ahli savdo birla do`st.
Ma’no nuqtayi nazaridan ham tardu aksning ikki ko`rinishi farqlanadi. Agar o`rnini almashtirib takrorlanganda so`z yoki birikma ma’nosi o`zgarmasa, aksi mutahodiy deyiladi. E.Vohidovning quyidagi baytida “Zuhro-yu Oy” birikmasi “Oy-u Zuhro” tarzida takrorlash bilan ma’no o`zgarishsiz qoladi:
Men seni Zuhro-yu Oy deb iltijo qildim va lek
Sen yiroqsan, garchi menga Oy-u Zuhro bir qadam.
Tardu aksning ma’no jihatidan farqlanuvchi 2-ko`rinishi aksi mujriy deb nomlanib, bunda o`rin almashishi natijasida yangi ma’no hosil bo`lishi nazarda tutiladi. Masalan:
Intilar borliqni inson barkamol etmoq uchun,
He ajab, insonni borliq barkamil etgan emas. (E.Vohidov)
Baytida “borliqni inson” birikmasining “insonni borliq” tarzida qaytarilishi natijasida ega – kesim munosabati o`zgaradi va natijada yangi mazmun hosil bo`ladi. Shuningdek, tardu aksning baytda akslanib, o`rni almashib kelayotgan so`z yoki birikmalar soni birdan ortiq bo`lishi ham mumkin.
Dema ra’no qad ila jilvasidin xolingni,
Jilva jonimga balo, ul qadi – ra’no ofat. (Navoiy)
Ushbu baytda “ra’no qad” birikmasi ichida ham, bu birikma bilan “jilva” so`zi orasida ham o`rin almashib takrorlanish kuzatiladi. Bundan tashqari har ikkala ijodkor ham tazod san’atiga tez-tez murojaat etadi.
Oshikor aylab yuzin, ko`zimni hayron ayladi
Yoshurun oldi ko`ngul, ko`zimni hayron aylagach. (Navoiy)
E.Vohidovda bu badiiy san’atga misollar serob. Masalan:
Seningsiz menga kom yo`qdir asal ichsam zahar bo`lg`ay,
Sening birlan shirin so`zim zahar yutsam shakar bo`lg`ay. (268-bet)
Kitobat – baytda arab harflari asosida o`ziga xos tashbeh yaratish.Masalan:
Jonimdagi jim ikki dolingga fido
Andin so`ng alif toza niholingga fido.
Nuni dog`i anbarin hilolingga fido
Qolgan ikki nuqta ikki xolingga fido. (Navoiy )
(Arabcha jonim so`zidagi jim – ikki yuzga, alif – qomatga, nun – ikki qoshga va nun ustidagi ikki nuqta uning ikkita xolidir.)
Hajrda qaddimni dol etting desam bergay javob,
Kim qo`yibdi sevgini qaddi bukilgan chol uchun. (E.Vohidov)
(Arabchadagi dol harfi – oshiqning hijron azobidan egilgan qaddi.)
Tavze’ – baytda bir xil tovushlarni takrorlash san’ati. Tavze’dan hosil bo`luvchi poetik samara shuki, bir necha bora takrorlanuvchi tovush yoki tovushlar guruhi baytga o`ziga xos ohang, musiqiylik baxsh etadi. Bunga Navoiy ijodi misolida unli(o)ni, Erkin Vohidov ijodi bo`yicha undosh(q)ni keltirib o`tamiz. Navoiy:
Oshiq o`ldur, bilmadim yor, o`zgalarga yor emish,
Olloh – olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish.
bayti g`oyat xushohang, chunki uning tarkibidagi “o” unlisining 11 marta qo`llanilishi, musiqiylikni kuchaytirib bergan. E.Vohidovda:
Qaro qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing qiz
Qilur qatlimga qasd qayrab qilich qotil qaroshing qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab qanot qoqmoqqa qo`ymaysan
Qarab qo`ygil qiyokim, qalbimni kuydirsin quyoshing qiz.
Bunda shoir 33 marta “q” harfidan foydalangan. Yana bir jihati, misralardagi “q” tovushi egallagan pozitsiyalarning bir-biriga mosligi musiqiylikni kuchaytirib bergan.
Talmeh – she’rda mashhur tarixiy voqea, shaxslar, badiiy asarlarga ishora qilish. Erkin Vohidovning:
Ming Samarqand, ming Buxoro hadya etgum xol uchun,
Lek nigorimda hafas yo`q mulku davlat mol uchun,
baytida Hofiz Sheroziyning mashhur matla’siga ishora qilinayotgan, shoir salafi bilan ijodiy musobaqaga kirishgani anglashiladi. Zero, bundagi oshiq muhabbati Hofiz talqinidagi oshiqnikidan kam emas – undan ming karra ortiq hadyaga tayyor; ma’shuqa esa mol-mulk havasidan forig`, ya’ni shu tomoni bilan u ham Hofiz talqinidagi ma’shuqadan ustun turadi. Navoiyning quyidagi baytida ham “Shayx San’on” qissasiga ishora qilingan.
Ko`nglum o`tidin ne tong gar topsa ruxsoring furug`,
Sho`x tarso muxaf o`rtar shayx San’on o`tig`a.
Tavsir – bayt avvalida mavhumroq tarzda aytilgan fikrni bayt davomida batafsil tushuntirib berish. Navoiyda:
Ravzada kavsar qirog`inda xayol ettim Bilol,
Yuz aro lab, lab uzra shabrang xolingni ko`rub.
Baytning 1-misrasida shoir xayoliga kavsar qirg`ogida o`tirgan Bilol kelganini aytib, keyingi misrada buning sababini izohlaydi, ya’ni yuzi jannatni, labi kavsarni, xoli esa Bilolni hayoliga keltirganini aytadi.
Erkin Vohidovda esa ushbu san’at shunday qo`llaniladi:
Uch balodin saqlasin, charxi balokash bo`lmasin
Do`st mehrsiz, dardsiz ulfat, yor jafokash bo`lmasin.
Ushbu baytda avval uch balodan saqlasin, degan istak ifoda etiladi, keyin esa “uch balo” deganda nimalar nazarda tutilayotgani sharhlanadi. Avvalida mavhum ifodalangan uch balo – mehrsiz do`st, dardsiz ulfat va jafokash yor tarzida aniqlashtiriladi. Umuman olganda, Navoiy va Erkin Vohidov ijodidagi badiiy san’atlar deyarli bir xil, ammo ma’no ko`lamdorligi farqlanishi tabiiy, albatta. Chunki davr, muhit, zamon boshqa-boshqa bo`lganligi uchun ham ta’sir qilishi aniq holdir.
2. Cho’lpon 1936 yil
Download 32,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish