O`quv ishlari bo`yicha prorektor R. Jumayev Aruz qoidalari va mumtoz poetika fani bo`yicha universitetlarning



Download 0,87 Mb.
bet6/53
Sana13.07.2022
Hajmi0,87 Mb.
#784910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
majmua AMPK

Internet saytlari
1.http://www.kutubxona.uz
2.http://www.literature.uz
3.http://www.ziyonet.uz
4.http://www.alishernavoiy.uz
Glossariy
Aruz I. Azaldan Sharq, ayni damda, turkiy xalqlar she’riyatida, jumladan, o`zbek she’riyatida taxminan IX asrdan buyon qo`llanib kelinayotgan she’riy tizim nomi. II.Aruz vazni asosida yaratiladigan asar baytlaridagi 1-misraning oxirgi rukni o`rni nomi.
Juzv – (arabcha so`z bo`lib, “parcha, bo`lak, qism”, “andak, ozgina” degani) sokin va mutaharrik harflarning birikuvidan hosil bo`ladigan ritmik birlik bo`lib, aruz ilmiga xos bu atama Abdurauf Fitratdan so`ng “hijo” atamasiga o`rnini bo`shatib berdi. Bunga alifboning xususiyatlari ham sababdir.
Rukn – (arabcha so`z bo`lib, “ustun” degani ) misralarda hijolarning ma’lum tartibda guruhlanib kelishidan hosil bo`ladigan ritmik bo`lak. Asl ruknlar sakkizta. Ruknlar soniga ko`ra bir baytda to`rttadan 36 tagacha bo`ladi. To`rt ruknli baytlar murabba’, olti ruknli baytlar musaddas, 8 ruknli baytlar musamman, 12 va undan ortiq ruknli baytlar mutatavval deb yuritiladi.
Taqti’ – (arabcha so`z bo`lib, “kesish”, “bo`laklarga bo`lish” degani ) – aruzga xos atama bo`lib, she’r vaznini aniqlash uchun baytni ritmik bo`laklarga ajratish hisoblanadi.
Vazn – (arabcha so`z bo`lib, “o`lchov”, “tarozi” degani ) she’riy asarning ritm-ohang xususiyatlarini ularning tarkibidagi rukn(turoq)lar soni va turiga ko`ra ifodolovchi o`lchov. O`zbek she’riyati uch vazn asosida ish ko`rib keladi: barmoq, aruz vazni hamda erkin vazn.


2-mavzu: Aruz ilmida hijo tushunchasi. Rukn haqida ma’lumot.
Reja:
1. Bo`g`in va hijo. Qisqa, cho`ziq, o`ta cho`ziq hijo.
2. Rukn tushunchasi. Rukn misraning ritmik bo`lagi sifatida.
3. Asliy va tarmoq ruknlar.
4. Rukn va bahr munosabati. Bahrlar va ularning tarkibiy tuzilishi.
Adabiyot nazariyasiga oid aksar kitoblarda bo`g`in hijo deyilishi va aruz vazniga oid atama sanalishi aytilgan4. Ayni damda, bo`g`in va hijo aynan bir narsa emasligi hammaga ma’lum. Sababi, bo`g`in va hijo goh teng kelsa, goh farqlanadi. Garchi “hijo” atamasi aruz vazni bilan bog`liq qo`llanadi deyilsa-da, barmoq vaznida ham qo`llanishi zarurligini ayrim misollar dalillaydi:
Ismingni ayirib kechdi asrlar,
Xonlikni beklikka bo`lgan ne sirlar?
Kentlarga sochilgan o`rda, qasrlar...
Qumdan qorilganmi loylaring, o`zbek5.
1-3-misralarda bo`g`in va hijo farq qilgan, ya’ni bo`g`in o`nta, hijo o`n bitta. Juft misralarda esa bo`g`in va hijo soni bir xil. Muhimi, to`rt misrada ham hijolar soni bir xil: 11 ta. Toq misralardagi bo`g`in kamligini ketma-ket undoshi bor bo`g`in to`ldirgan va oqibatda hijo tengligi ta’minlangan: “asr”, “qasr” so`zlarida bir bo`g`in, ikki hijo bor. Bu holat aruzdagi o`ta cho`ziq hijoga monanddir:
Mehr ko`p ko`r-guz di mam-mo meh-ri-bo-ne top-ma-dim, (14 bo`g`in)
– V – – / – V – – / – V – – / – V –
Jon ba -se qil-dim fi-do, o - ro mi- jo ne top-ma-dim. (15 bo`g`in)
– V – – / – V – – / – V – – / – V –
“Mehr” so`zi bir bo`g`in – o`ta cho`ziq hijo bo`lib, uning taqte’sini to`g`ri berish uchun keyingi misralarning birinchi va ikkinchi hijosiga e’tibor qilish zarur.
Aruz vaznida hijolarning qisqa-cho`ziqligi muhim bo`lib, uch xil hijo farqlanadi:

I. Qisqa hijo. Belgisi “V”. “Qisqa hijo qisqa unli bilan tugallanuvchi ochiq hijodir”6. Bu ta’rif ma’qul. Ammo hozirgi adabiy til va yozuv qisqa yoki cho`ziq unlini farqlash imkonini bermasligi sabab ta’rifni qulaylashtirishga intildik: “O” unlisidan boshqa unlilar bilan tugagan hijo, asosan, qisqa hijo sanaladi (“asosan” deyilishiga sabab: ma’lum o`rinlarda cho`ziq hijo bo`la oladi).
II. Cho`ziq hijo. Belgisi “ – ”
1. “O” unlisi bilan tugagan hijo.
2. Undosh bilan tugagan hijo, asosan, cho`ziq hijo sanaladi.
3. “O” dan boshqa unli bilan tugagan hijo:
Kuy-du-mul dam-kim, yu-zoch-ding xalq-ni kuy-dur-ga-li,
– V – – / – V – – / – V – – / – V –
El-ga o`t sol-ding va-le, men no-ta-von-g`a tush-ti o`t.
– V – – / – V – – / – V – – / – V –
A. So`z oxirida (misol: vale V – ; xalq-ni – V –);
B. Rukn oxirida (misol: no-ta-von-g`a – V – –);
C. Misra oxirida cho`ziq hijo bo`lish imkoniyatiga ega (misol: kuy-dur-ga-li
– – V – ).
4. Istihlofga uchragan hijo cho`ziq hijo hisoblanadi.
“Istihlof aruz atamalaridan bo`lib, jonli tilda qisqa talaffuz qilinuvchi ba’zi unlilarni she’rni o`qish chog`ida cho`ziq unli sifatida talaffuz qilishni ifodalaydi”7. Masalan:
Ey Na-vo-iy, / bil-ki o-he / chek-mi-sham be-/ ix-ti-yor,
– V – – / – V – – / – V – – / – V –

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish