Tardi aks (teskari qilib takrorlash) – she’rning birinchi misrasida keltirilgan iki so`z yoki so`z birikmalarini keyingi misrada o`rnini almashtirib qaytarishdan iborat bo`l;gan she’riy san’atdir.
Misol: Erursen shoh – agar ogohsen, sen,
Agar ogohsen, sen – shohsen sen. (A.Navoiy)
Ta’rix – bunda biror tarixiy shaxsning tug`ilgan yoki vafot etgan sanasi, biror muhtasham binoning qurilgan yili, biror mashhur kitob yozilgan payti yoki davri ochiq emas, bal;ki arab alifbosining maxsus harflari vositasida ifodalandiAalisher Navoiy vafoti musibati bilan amondoshlari tomonidan yozilgan ta ‘rix quyuidagicha
Besh harf dediyu bo`ldi taslim,
“Alif”, “be”, “to”, “so” , “jim”
Bunda Alif – 1, be – 2 , to – 400, so – 500, jim – 3 ni ifodalaydi.Bu raqamlarni bir-biriga qo`shsak, 906 hijriy yil paydo bo`ladi.906- yilni milodiyga aylantirsak, 1501 yil kelib chiqadi.
Tasbe – bunda baytdagi birinchi misra oxiridagi so`z ikkinchi misra boshida takrorlanadi. Misol: Kuchum yetguncha ko`p qildim, vafolar,
Vafoli qulni asrar podsholar. (Xorazmiy)
Hasbu hol – yozuvchi yoki shoirning o`z ahvolini bayon qilishi, o`z turmushining qandayligidan hisob berish.Misol: Mujrim Obid “Arzi ahvol…”
Husni ta’lil (chiroyli dalillash) – adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biror sabab ko`rsatish, she’rda biror voqeani unga dahli bo`lmagan hodisa bilan izohlash san’ati.
Misol: Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan,manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak? (E.Vohidov)
Harf san’ati (Kitobat) – badiiy tasvirda arab alifbosidagi harflardan hoydalanish san’ati.
Qati’ – she’riy nutqni kesish usuli hisoblanadi.
Misol: Bir o`lka bor dunyoda biroq
Bitilmagan dostondir bori.
Faqat ojiz qalamim manim
O`zbekiston Vatanim manim. (A.Oripov)
Qaytarish san’ati (radd – ul ajuz il-as-sadr yoki radd – ul ajuz min –as sadr) – baytdagi mazkur o`rinlardan biridagi so`zning yana boshqa bir o`rinda takrorlanishiga asoslanadigan san’at.Uning quyidagi turlari bor:
1.Radd – us –sadr ilal –ibtido (bayt boshidagi so`zning ikkinchi misra boshida kelishi):
Husnni to huvaydo qildi xoliq,
Husn birla vafo bo`lmas muvofiq. (Xorazmiy)
2.radd – ul – aruz ilal – ibtido (birinchi misra oxiridagi so`zning keyingi misra boshida kelishi):
Ne ravo bo`lg`ay bukim, mehrob ichinda o`lturub,
O`lturadur men duochini ko`zung boqib turib. (Xorazmiy)
3.Radd – ul – aruz ilal – ajuz (birinchi misra oxiridagi so`zning bayt oxirida kelishi):
Kitobat boshladim anjoma yetgay,
“Muhabbatnoma” Misru Shoma yetgay. (Xorazmiy)
4.Radus – sadr ilal – hashv (bayt boshidagi so`zning misra o`rtasida kelishi): Gunah qildimki, hajringda tirildim,
Vale mendin gunah, sendin karamdur. (Atoiy)
5.Radd – us – sadr ilal – ajuz (sadrning ajuzda takrorlanishi):
Uqush bo`lsa asg`i edi – o`q o`qush,
Qamug` edg`ulik ulg`u – ul bu uqush. (Yu.X.Hojib)
6.Raddul – hashv ilal ibtido (birinchi misra hashvidagi so`zning ibtido sifatida takror kelishi):
Qali edguka bo`lsa, esiz eshi,
Esiz baldi qilqi ul esiz tushi. (Yu.X.Hojib)
7.Radd – ul hashv ilal hashv (birinchi misra o`rtasidagi so`zning keyingi misra ichida qaytarilishi):
Ul sanamkim suv yaqosinda paridek o`ltirur,
G`oyati nozukligindin suv bila yutsa bo`lur. (Atoiy)
8.Radd – ul hashv ilal ajuz (misra ichidagi so`zning keyingi misra oxirida kelishi): Ula nang kishika yetur ham ichur,
Seni nang kechurgay, ani sen kechur.
9.Radd – ul aruz ilal hashv (birinchi misra oxiridagi so`zning keyingi misra ichida ham kelishi):
Nektu ter eshitkil kur erdamlug` er,
Bu erdam bila er tilak arzu yer. (Yu.X.Hojib)
10.Radd – us sadr ilal aruz (bayt boshidagi so`zning birinchi misra oxirida kelishi): Jamolingtek kishining yo`q jamoli,
Dareg`o, bo`lmasa erdi zavoli (Xorazmiy)
11.Radd – ul ibtido ilal hashv (ikkinchi misra boshidagi so`zning shu misra o`rtasida kelishi):
Bo`yung sarvu sanubartek, beling qil,
Vafo qilg`on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy)
12.Radd – ul ibtido ilal ajuz (ikkinchi misra boshidagi so`zning bayt oxirida kelishi): Bu dunya ishi ko`r o`yun – ul o`yun,
O`yunqa qatilma nerak bu o`yun. (Yu.X.Hojib)
Qaytarish san’atida quyidagilarni bilish lozim: Sadr – birinchi misraning boshlanishi, aruz – birinchi misraning oxiri, ibtido – ikkinchi misraning boshlanishi, ajuz (zarb) – ikinchi misraning oxiri, hashv – misralarning o`rta qismi. Buni quyidagicha ko`rsatish mumkin:
Sadr / hashv / aruz
Ibtido / hashv / ajuz
Do'stlaringiz bilan baham: |