Fanni o'qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Qo'qon adabiy muhiti (SamDUda amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida) tanlov fanini o'qitishda o'quvchilarni ta'lim kechimining subyektiga, ya'ni ijrochisiga aylantirish uchun zarur bo'lgan barcha zamonaviy metodlardan foydalanish ko'zda tutiladi. Ayni vaqtda, ta'lim jarayonida qatnashishi zarur bo'lgan talabalarga texnologiyalashgan pedagogika, ta'limning interfaol usullari to'g'risida muayyan tushunchalar beriladi. Shuningdek, milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti fani bo'yicha o'tkazilgan ma'ruza, amaliyot va seminar mashg'ulotlarida bugun urf bo'lgan interfaol usullardan foydalaniladi. Lekin yangicha usullarning o'zigina yutuqni ta'minlaydigan yagona omil emasligidan kelib chiqib, asrlar sinovidan o'tib kelayotgan usullar ham chetga surib qo'yilmaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, jadid mutafakkirlari o'z davrida eng yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashda namuna ko'rsatganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |