XALQARO HUQUQ. 3-MAVZU JAVOBLARI. 163 MG’
BOLTAEV TEMURBEK
1-- Xalqaro-huquqiy javobgarlik - huquqbuzarlik subyektining xalqaro huquqni boshqa subyektiga etkazgan zarari oqibatlarini bartaraf qilish bo`yicha Yuridik majburiyatlaridir.
Xalqaro huquqbuzarlik xalqaro qilmishlarga va xalqaro jinoyatlarga bo`linadi. Xalqaro jinoyatlarga xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlarini buzadigan, shuning uchun butun jahon hamjamiyati tizimiga salbiy ta’sir ko`rsatadigan alohida xavfli qilmishlar kiradi.
3— Faqat xalqaro huquq subyektlarigina xalqaro-huquqiy javob-garlik subyekti bo`lishi mumkin. Jismoniy va mustaqil Yuridik shaxslar oddiy huquqbuzarlik uchun bunday javobgarlikka tortil-maydilar, chunki bunda fuqarolik-huquqiy javobgarlik vujudga keladi.
4-- Xalqaro-huquqiy javobgarlikning ikkita: siyosiy va moddiy turi mavjud
5--Siyosiy javobgarlik boshqa subyektlarning manfaatlarini himoya qiluvchi xalqaro huquq me’yorlarini buzish (masalan, diplomatik vakolatxonalarning daxlsizligini buzish) holatidan kelib chiqadi.
Moddiy javobgarlik xalqaro huquq me’yorlarini buzish holat-lari majmuining mavjudligidan, huquqbuzarlik oqibatida mulkiy zarar kelib chiqishi va huquqbuzarlik bilan zarar o`rtasida bevosita sababli bog‘lanishning mavjudligidan kelib chiqadi
6-- Xalqaro jinoyat sodir etilganda huquqbuzarga da’voni har qanday davlat yoki bir necha davlatlar qo`g‘atishi mumkin.
Moddiy zararni qoplash miqdori hujjatlar bilan asoslanti-rilishi va tasdiklanishi lozim.
7-- Xalqaro jinoyatlarga davlatlar va xalqlarning hayotiga, xalqa-ro huquqning asosiy tamoyillariga, xalqaro tinchlik va xavfsiz-likka tajovuz qiladigan og‘ir xalqaro huquqqa xilof qilmishlar kiradi.
Umumjahon tinchligi va xalqaro xavfsizlik, davlatlar va xalqlar o`rtasidagi yaxshi qo`shnichilik va do`stona munosabatlar, xalqlar va millatlarning o`z taqdirini o`zi hal qilish huquqi, urush qonunlari va odatlari, inson huquqlari xalqaro jinoyatning ob’ekti bo`lishi mumkin.
8-- Hozirgi xalqaro huquqda jismoniy shaxslarning tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganligi uchun indi-vidual javobgarligi tan olinadi. Jismoniy shaxslarning xalqaro jinoyat uchun javobgarligi ko`proq ularning jinoiy qilmishi davlatning jinoiy faoliyati bilan bog‘liq ravishda vujudga keladi. Jinoyat sodir etgan davlat xalqaro-huquqiy javobgarlikka, jismoniy shaxslar - jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
9--Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi ularning xalqaro shartnomalardan va xalqaro huquqning boshqa manbalaridan kelib chiqadigan o`z xalqaro majburiyatlarini buzishi oqibatida vujudga keladi.
Xalqaro tashkilotlar o`z organlarining nizomidagi va boshqa majburiyatlariga rioya qilmasligi va xalqaro mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari bilan keltirilgan zarar uchun javobgar bo`ladilar
10--Restitutsiya va reparatsiya davlatlarning moddiy javobgarlik shakli hisoblanadi. Restitutsiya - huquqbuzar davlat tomonidan noqonuniy ravishda egallab olingan moddiy boyliklarni zarar ko`rgan davlatga qaytarish yoki ular yo`q bo`lib ketgan taqdirda, za-rarni boshqa teng qiymatli moddiy boyliklar bilan qoplashdir. Reparatsiya - talofat ko`rgan davlatga etkazilgan moddiy zararni (shu jumladan olinmay qolingan foydani ham) pul yoki natura shaklida qoplashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |